«Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash» metodi
Download 13.01 Kb.
|
Qizil va yashil kartochkalar
«Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash» metodi Tahsil oluvchilar bilan ommaviy va guruh shaklida ishlashda ushbu metodni qo‘llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg‘ulotlar so‘ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savoljavobni tashkil etishda foydalanish mumkin. Metod quyidagi harakatlarni tashkil etish asosida qo‘llaniladi: – o‘qituvchi tomonidan sinf tahsil oluvchilarining soniga ko‘ra har bir tahsil oluvchi uchun qizil va yashil rangli kartochkalar hamda mavzuga oid savolnoma tayyorlanadi; – savolnomadan «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish mumkin bo‘lgan savollarning o‘rin olishiga ahamiyat qaratiladi; – har bir tahsil oluvchiga qizil va yashil kartochkalar tarqatiladi; – tahsil oluvchilarga qizil rangli kartochkalarning «tasdiq», yashil rangli kartochkalarning «inkor» ma’nosini anglatishi uqtirib o‘tiladi; – tahsil oluvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga «tasdiq» yoki «inkor» ma’nolarini anglatuvchi kartochkalarni ko‘rsatish asosida javob qaytaradilar Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VIII sinfida «Iqtisodiy bilim asoslari» fani bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida «Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash» metodini qo‘llashda tahsil oluvchilarga quyidagi savollarni berish mumkin: Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (resurslar) zarur bo‘ladimi? Havo, suv, quyosh nuri va issiqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni inson kuchi bilan hosil qilish mumkinmi? Inson mehnati, u tomonidan tashkil etilayotgan iqtisodiy faoliyatning mahsuli mahsulot deb ataladimi? Mahsulotlar faqatgina moddiy ne’matlardangina iboratmi? Xizmat ko‘rsatishning muayyan ko‘rinishi mahsulot bo‘la oladimi? Download 13.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling