Qiziqarli hayvonot olami


Download 107 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi107 Kb.
#1137753
  1   2   3
Bog'liq
Qiziqarli biologiya00000000000000




Qiziqarli hayvonot olami

Qo’llanmada hayvonot olami haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plangan Hayvonlarning tuzilishidagi yashash tarzidagi o’ziga xos qiziqarli ma’lumotlar jamlangan.O’quvchilar bu qo’llanmani o’qiganlaridan so’ng hayvonot olami ajoyibotlarini, hayvonlarning biologik xilma-xilligini, rangi, yashash sharoitiga moslanish xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.Inson va hayvonlar orasida doimo bog’liqlik borligini hisobga olgan kitobxon hayvonot olamini muhofaza qilishga o’z hissasini qo’shadi degan umiddamiz.


Tuzuvchi: Farg’ona viloyati Dang’ara tumani
39- maktabning biologiya fani
o’qituvchisi Haydaraliyeva Nafisaxon.


  • Dengiz yulduzi oshqozonini tashqariga chiqarishi mumkin.



  • Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.


  • Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi. –



  • Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.




  • Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.




  • Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo'ladi.




  • Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo'ladi.




  • Sherlar galasida o'ljaning 90%ini urg'ochi sherlar topib keladi.




  • Yalqov (hayvon) umrining 75%ini uyquda o'tkazadi.






  • Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g'alati hayvon nima?" deb so'rashgan, ular esa "Kenguru" deya javob berishgan. Bu so'z "Tushunmaymiz", degan ma'noni anglatadi.




  • O'txo'r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo'li: yirtqichlarda ko'zlar o'z qurbonini ko'rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo'ladi, o'txo'rlarda esa yuzining ikki chetida - o'z dushmanlarini ko'rish uchun.




  • Ko'rshapalak - ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonzot




  • Yerda yashagan barcha xayvonlarning 99%i qirilib ketgan.




  • Asalari 1 kilogramm asal yig'ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo'nishi kerak.




  • So'nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.




  • Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.




  • Shimpanzelar o'zini ko'zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.




  • Afrikadagi ba'zi qabilalarning tilida "orangutang" so'zi "junglidan kelgan odam" ma'nosini beradi.




  • Odam va fillar - boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.




  • Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho'ng'ish uchun og'ir toshlarni yutib yuboradi.




  • Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi




  • Urg'ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o'rgatishda ko'rgazmali qurol sifatida foydalanadi.




  • Urg'ochi fillar yangi tug'ilgan "chaqaloq"ni 2 yil ko'tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o'z suti bilan boqadi.




  • Jirafa tug'ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti - 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.




  • Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.


  • Yaxshi boqilgan 60 ta sigir kuniga o’rtacha bir tonna sut berarkan.




  • Dunyo bo’yicha eng ko’p iste’mol qilinadigan baliq turi selddir.




  • Tuyaqushning tuxumi tovuq tuxumiga nisbagan 36 marta ogirroq.




  • Ilonlarda quloq yo’q. Ular tili yordamida «eshitadi».




  • Chivinlarning ham tishi bo’lar ekan. Mikroskop ostida bu zararkunandaning og’zida 22 ta tish borligini ko’rish mumkin.




  • Shilliq qurt 1 km.lik masofani 10 kunda bosib o’ta ola­di.

  • Amеrika kur’asida XIX asrning 60-yillarigacha chumchuq, bo’lmagan. Ularni kapalak qurti bilan kurashish uchun Angliyadan olib kеlishgan.




  • Qutosning kallasi sigirniki, dumi otniki, suyaklari bizonniki, juni echkiniki, shoxlari esa molnikidеk bo’la turib, chuchqaga o’xshab «xur-xur»laydi.


  • Pashsha bir soniyada 330 marta qanot qoqadi, kapalak esa bor-yo’g’i 2 marta.




  • Qiqroyoqning ayrim turlarida 270 tagacha oyoq bo’ladi.




  • Kеchasi mushukning ko’zlari insonnikiga nisbagan to’rt marta yaxshiroq, kunduzi esa bеsh marta yomonroq ko’radi.




  • Jayraning tanasida taxminan 30000 ta nayza bor.


  • Bog’dagi bir gеktar tuproq, ostida 100 mingga yaqin yomgir chuvalchangi yashaydi. Sutkasiga 24 soat tinmay ishlaydigan bu jonivor yеrni yumshatishda, aralashtirishda va xosildorligini oshirishda juda katta ko’mak bеradi. Olimlarning ma’lumotiga ko’ra, 10 mingga yomgir chuvalchangi bir soatda yaxshi ot­dan ko’ra ko’proq yеrni «qayta ishlashga» qodir ekan. 100 mingtasi esa yiliga 30 tonna tuproqqa ishlov bеradi.




  • Avstraliyada daraxtda yashaydigan kеngurular bor. Butun umri davomida ular biror marta ham yеrga qadam bosmaydi.


  • Braziliya bozorlarida bo’gma ilon sotilayotganini ko’rib qolsangiz, hayron bo’lmang. Bu maxsus o’rgatilgan ilon bo’lib, sichqonlarni ovlashda xizmat qiladi.




  • Afrika kobrasi zaxrini 3,5 mеtr masofaga «tuflay» oladi.


  • Pingvin kuniga 160 km.lik maso­faga suzsa ham umuman charchamaydi.




  • Jirafaning nafaqat bo’yni, bal­ki tili ham uzungina: Salkam 60 sm.


  • Parrandalar orasida eng katta in burgutniki.




  • Qushlar 4500 mеtr, o’rgimchaklar esa xatto, 7500 mеtr balandlikda ham kun kеchira oladi.




  • Chumchuqning patlari - 2500 ta, to’rg’ayniki 4500 ta, g’ozniki esa 1,5 mln. ta bo’lar ekan.


  • Qaysi jonivor qancha yashay-di?

Ko’pgina mayda hasharotlar - 1 kun; amyoba - 2 kun; it, sigir, qurbaqa, zuluklar- 10-30 yil; tuyaqush, ilon (anakonda va kobra), ot -30-50 yil; burgut, kit, laqqa baliq, ilon baliq - 50-80 yil; fil, to’tiqush, yovvoyi g’oz, qarg’a - 100 yil; cho’rtan baliq, timsoh va toshbaqa kabi jonivorlar esa - 200-300 yil yashar ekan.



  • Hasharotlar soniyasiga nеcha marotaba qanot qoqishini bilasizmi?

Agar biz g’o’ng’illashni eshitsak, dеmak, 18 tadan kam emas. U qancha ko’p qanot qoqsa, tovushi ham shuncha yuqori bo’ladi. Xullas, ari bir soniyada 350 marta, qovoq ari 180-240 marta, pashsha 330 marta, chivin esa 594 marta qanot qoqadi.



  • Нinachi soatiga- 30 km, qovoq ari – 14km, asalari va tilla qo’ngiz -11km, kapalak – 10km, pashsha esa bor-yo’g’i 4-6 km tеzlik bilan ucha oladi.




  • Hasharotlarning eshitish a’zolari biroz g’alatiroq joylashgan bo’ladi. Chigirtkaning «quloqlari» orqa oyog’ida. Pashsha va chivinlar esa mo’ylov-antennalari yordamida tovushlarni ilg’aydi. Mo’ylovcha mayda tuk bilan qoplangan bo’lib, juda past tovushda xam tеbrana boshlaydi.




  • Pashshaning ko’zi 4 mingta sеg­mеntdan, tilla qo’ngizning ko’zi esa 25 mingta sеgmеntdan iborat.


  • O’rgimchak qancha ovqat yеyishi mumkin?

Olmon olimlari bu borada ajoyib tajriba o’tkazishdi. Ular o’rgimchakning vaznini o’lchab ko’rib, qutiga qulflab qo’yishdi. So’ngra har gal hasharotni ovqatlantirganlaridan kеyin yana tarozida tortib ko’rishardi. Ma’lum bo’lishicha,
O’rgimchak ertalab o’z vaznidan to’rt baravar, tushlikda to’qqiz baravar, kеchki ovqat paytida esa o’n uch baravar ko’p ovqat yеr ekan. Agar odam ham shunday miqdorda ovqatlanganida edi, u ertalabki nonushtaga ho’kiz, tushlikka ho’kiz bilan yana oltita qo’y, kеchki ovqatga esa ikkita ho’kiz, sakkizta qo’y va ikki cho’chqa yeyishiga to’g’ri kеlardi.



  • Baliqlar qachon uxlashini bilasizmi?

Karp, cho’rtan va chavaq baliqlar kunduzi yеmish izlab, kеchasi dеngizning biror tinch burchagiga kirib uxlaydi. Laqqa baliq, nalim, toshbosh va ilon baliqlar esa aksincha, kеchasi «ovga» chiqib, kunduzi dam oladi. Bеjiz ularni «qora baliqlar» dеb atashmaydi-da!



  • Gumloy balig’i chuchuk suvda suzish bo’yicha baliqlar orasida chеmpion. U bir soat ichida 33 km. lik masofani suzib o’tadi. Laqqa baliq esa xuddi shunday vaqtda taxminan 23 km. ni bosib o’tadi.




  • Dеngiz yulduzchasining ko’zlari uning qirralarida joylashgan. Bu ko’zlar insonnikidan ham o’tkirroq.


  • Akulaning skеlеti kеmirchak(tog’ay)lardan iborat. Qirg’oqqa olib chiqilgan akula darhol yalpayib, pachoqlangandеk bo’lib qoladi.




  • Amazonkada uchraydigan elеktr ilonbaliq 650 volltlik quvvatga ega.


  • Qilich-baliq tеzlikni oshirishga shunchalik mohirki, natijada uning qilichsimon ustki jag’i hayot uchun xavfli qurolga aylanishi mumkin. Britaniya muzеylaridan birida qilich-baliq tеshib o’tgan eni 35 sm.lik eman ustunni uchratish mumkin.




  • Yеr yuzida yashovchi barcha hayvonlar orasida faqat Avstraliya dеngizlarida uchraydigan mеduzasifat baliqlarning qoni ko’k rangda bo’ladi.


  • Ilk hayvonot bog’i qadimgi Xitoyda paydo bo’lgan. Faqat nеgadir uning nomi «Bilimlar bog’i» bo’lgan ekan. Ovro’pa mamlakatlarida esa bunday bog’lar 300 yil muqaddam qurila boshlagan.


  • Jirafani birinchi marta ko’rgan evropaliklar sirtlon bilan tuyaning chatishishidan kelib chiqqan jonivor deb o’ylashgan.



  • Shoqollarning xromosomalari itlar va bo’rilarnikidan bir juft ko’p.





  • Sarg’an balig’ining suyaklari yashil.



  • Sakkizoyoqning ko’z gavxari to’rtburchak bo’ladi.



  • Otlarning suyaklari odamnikidan 18 ta ko’proq.



  • Jirafaning tili qora va uning uzunligi 45 sm.gacha yetadi.



  • Antarktidadagi baliqlarning qon harorati – 1,7 darajagacha pasaya oladi.



  • Kitning yuragi bir daqiqada 9 martagina uradi.



  • Tovuq uzog’i bilan 13 sekund ucha oladi.



  • Pingvin suza oladigan, ammo ucha olmaydigan yagona qush. Yana u tik yura oladigan yagona qushdir.



  • Folklend orollari aholisining har biriga 350 tadan qo’y to’gri keladi. Yangi Zelandiyada esa 20 tadan.



  • Fil miyasining umumiy og’irligi tanasi og’irligining 0,27 foizini tashkil etadi.



  • Mushukning jag’lari yon tarafga qimirlamaydi.



  • Teterevyatnik kalxatlar Yevropaning fakat bir mamlakat – Islandiyada mavjud.



  • Buqalamun bir vaqtning o’zida boshini qimirlatmasdan boshqa-boshqa tomonlarga qaray oladi.




  • Voyaga yetgan kit 2 sekundda 2400 litr xavo yutadi.



  • Agar ko’rshapalak o’zining qichqiriganini eshitganida kar bo’lib qolgan bo’lardi.



  • Dunyoda kolibri qushlarining 321 turi mavjud.



  • Iguana 28 daqiqagacha suv ostida tura oladi.



  • Zebra qora chiziqli oq jonivor hisoblanadi.



  • Dunyo buyicha taxminan 500 ta zoopark mavjud.



  • Beliz yaguarlar qonun bilan himoya qilinadigan yagona davlatdir.



  • Kalamush tuyadan ko’proq vaqt mobaynida suv ichmay yashashi mumkin.



  • Qadimgi Misrda dalalarning asosiy zararkunandalari chigirtka yoki qungizlar emas, begemotlar hisoblangan.



  • O‘ljasiga xujum qilayotgan akulalar ko’zlarini yumib olishadi. Bu bilan ular ko’zlarini lat yeyishdan asrashga harakat qilishadi.



  • Yo’lbarsning old panjalari beshta, orqa panjalari esa to’rta barmoqdan iborat. Yo’lbarsning tirnoqlari 8-10 sm.gacha bo’ladi.



  • Urg’ochi maymunlarning sochlari erkak maymunlarniki bilan bir xil to’kiladi.



  • “Lunckie columbiae” deb nomlanuvchi dengiz yulduzlarining tanasini bir santimetrdan qilib bo’lib tashlasangiz ham qayta tiklanib olaveradi.



  • Yer sharida qurbaqalarning 4000 turi mavjud.



  • Yo’lbarslarning qorong’ulikda ko’rish qobiliyati odamnikidan olti marta kuchli.



  • Gippopotamlar fillardan keyingi orinda turadigan eng katta sut emizuvchilardir. Ularning ogirligi 4 tonnagacha yetadi.



  • Xitoyda ilonlarni taom tayyorlash maqsadida ovlanadi. Xindistonda terisi, Birmada esa zaxarga qarshi zardob tayyorlash uchun ovlanadi.





  • Burga bir sakrashda 33 santimetr balandlikka sakrashi mumkin. Agar uning tanasi odamniki bilan teng bo’lganida, u 213 metrga sakray olgan bo’lardi.



  • Kalamushlar Yer yuzida odamlardan 45 million yil avval paydo bo’lishgan.



  • Yer yuzida xonaki itlarning 400 turi mavjud.



  • Har bir delfinning o‘z ismi bo‘ladi. Shuningdek, ularning har biri takrorlanmas ovozga egadir.



  • Delfinlar bir ko’zini ochib uxlaydi.



  • Olmaxonlar yemishini qayerga berkitganini unutib qo‘yganlari sabab, har kuni yuzlab daraxtlar o‘sa boshlaydi.




  • Flamingolarning pushti rangini saqlab qolish uchun zooparklarda ularni sabzi bilan boqishadi.



  • Dengiz otchalari bir umrga juftlashadilar. Ular doimo bir-birlarining dumlarini ushlab yurishadi.




  • Filsimon yerqazarlarning eng yaqin qarindoshi yerqazar emas, balki fillardir.



  • Echkilarning ham xuddi insonlar kabi ovozlari har xil bo‘ladi.



  • Oddiy mushuklardan sal katta bo‘ladigan panda bolasining dumi 45 santimetrga teng bo‘ladi.



  • Sigirlar orasida ham do‘stlik bo‘ladi. Ikki do‘st bir-biridan uzoqda bo‘lsa, ma'yus bo‘lisharkan.



  • Pingvinlar juftligi ham umr bo‘yi bir-biridan ajralmaydi.



  • Norvegiyada bir pingvinga ritsarlik unvonini berishgan.



  • Qunduzlar oqim turli tomonlarga oqizib ketmasligi uchun bir-birlarining qo‘llaridan ushlab uxlaydilar.



  • Agar dengiz cho‘chqachasining mo‘ylarini qirib qo‘yilsa, u kichkina begemotga o‘xshab qoladi.





  • Eng uzoq umr ko’rgan ot:

1919 yilda Markaziy Fransiyalik fermerga tegishli poni zotli ot 54 yoshgacha yashagan.



  • Eng og’ir kurka:

Buyuk Britaniyaning Piterboro shahrida joylashgan Likroft Terkiz fermer ho’jaligida etishtirilgan Taason laqabli kurka 39,09 kg tosh bosgan.

  • Eng uzoq umr ko’rgan qo’y:

Buyuk Britaniyaning Dolketvir Xoll shahridagi «Griffit va Devis» fermasiga tegishli ko’y 1988 yili 28 yoshida qo’zilagan. Bungacha u 40 marotabaga yaqin qo’zilagan va 29 yoshgacha yashagan.



  • Tuxumdagi eng ko’p sarig’lik:

Lshping No’o York shtatiping Maucht Morris. shahridagi Xeynsvort parrandachilik fabrikasidagi tovuq tuxumida 9 ta sarig’ bo’lgan”.



  • Eng ko’p tuxum qo’ygan tovuq:

Ok, leggorn zotli №2988 raqamli tovuq, 364 kunda 371 dona tuxum qo’ygan. Ushbu rasmiy SHest 1978-79 yillarda AQSHdagi qishloq, ho’jaligi texnikumida o’tkazilgan va 1979 yilning 29 avgustida yakunlangan.



  • Eng og’ir sigir:

Goltshin-durx.am zotli Maupt Katadii laqabli sigir 1906 yildan 1910 yilcha bo’lgan muddatda og’irligi 2270 kg.gacha etgan. Sigirning bo’yi 1,88 m, belining aylanasi 3,96 m bo’lgan.



  • Eng ko’p sut bergan sigir:

Butun umri davomida eng ko’p sut bergan sigir AQSHning “M. J. Meyshel va o’g’li” kompaniyasiga tegishli №289 sigir bo’lgan. Ushbu sigir butun umri davomida 211025 litr sut bergan.



  • Eng yirik otlar:

AQSHning Kolambiya shahrilik Gerbert L. Myullerga tegishli Apollo va Anak laqabli otlar eng yirik otlar hisoblanadi.
Apollo bo’yi 1,96 m, og’irligi — 998 kg. Anak bo’yi m, og’irligi 952,2 kg.



  • Eng kichik ot

Hujjatlarga asosan, dunyodagi eng kichik ot AQSHning Janubiy Karolina shtatidagi Inman shaharchasida istiqomat qiluvchi Jon Uilyamsning Litl Pampkin laqabli oti bo’gan. 1975 yilning 30 noyabr, kunidagi o’lchovlarga asosan otning bo’yi 35.5 santimetr, og’irligi 9 kilogramm bo’lgan.

  • Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir. Uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi.



  • Dunyodagi eng katta quruqlikdagi hayvon fildir. Xartumlilar turkumiga kiruvchi bu hayvon 4-5 tonna yuk bosadi.


  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling