Qiziqtirish-motivatsiya


Download 23.52 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi23.52 Kb.
#203105

O’zining mustaqil iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga intilgan har qanday davlat avvalom bor, ta’lim sohasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Buni chuqur anglagan holda mamlakatimizda ta’lim sohasida tub islohatlar olib borilmoqda. Ta’lim –tarbiya jarayoniga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kelmoqda.

Har bir jamiyatning kelajagini uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlangani belgilab beradi. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri va samarali tashkil etish, bu borada chuqur bilimga ega salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatning kelajagi bo’lmish yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash pedagoglarning oldiga qo’yilgan eng muhim vazifasdir. Har qanday ta’lim-tarbiya jarayoni samarali bo’lishi uchun dars turidan qatiy nazar to’rt asosiy element bo’lishi lozim. Bular:

Qiziqtirish-motivatsiya

Taqdimot – prezentatsiya

Amaliyot-praktika

Natija- o’zlashtirish darajasini tekshirish

Bu asosiy elementlar dars jarayonida to’liqligicha bajarilishi o’qituvchiga dars jarayonida katta imkoniyat yaratib beradi. Darsning an’anaviy usullaridan qochib, o’quvchilarni faol harakatga undaydi. O’qituvchi va o’quvchi bevosita muloqat qilishiga yordam beradi. Dars jarayonini to’rt bosqichga bo’lib, shu ketma-ketlikda olib borish maqsadga muvofiqdir.

Qiziqtirish-motivatsiya jarayoninig maqsadi, o’quvchilarni mavzuga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni tarkib toptirishdir.

Taqdimot – prezentatsiya jarayoninig maqsadi, o’quvchilarni mavzu yuzasidan bilim va ko’nikma bilan qurollantirish.

Amaliyot-praktika jarayoninig maqsadi, o’quvchilarni mavzu yuzasidan o’rganilgan bilimlari ijtimoiy-iqtisodiy sohada ahamiyati ko’rsatiladi.

Natija- o’zlashtirish darajasini tekshirish jarayonining maqsadi, o’quvchilarni mavzu yuzasidan qay darajada bilim ko’nikma va malakaga ega bo’lganligi tekshirish, hamda qancha o’quvchi mavzuni o’zlashtirganini aniqlashdan iborat.

“Dars ma’nosiga to’g’ri kelmaydigan har qanday salbiy harakat ta’lim olishni murakkablashtiradi” deyiladi ta’lim psixologiyasida. Buni har bir o’qituvchi yadda tutishi lozim.

Ta’lim tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish va samaradorligini oshirish uchun zamonaviy ta’limda turli metodlar, interfaol usullar ishlab chiqilmoqda, hamda amaliyotga tadbiq etilib, ma’lum natijalarga erishilmoqda. Ammo, bu metodlar har doim ham har qanday o’quvchilarning bilim darajasiga, ongining rivojlanganlik darajasiga, qiziqishlariga mos kelavermaydi. Bunday holatlar ayniqsa, o’quvchilarning aniq fanlarga bo’lgan munosabatida ko’zga yaqqol tashlanadi.

Masalan, umumta’lim maktablarida matematika faniga sinf o’quvchilarining sanoqli qismigina qiziqadi, ko’pchilik o’quvchilar matematik bilimlarni o’rganishga qiziqmaydi, bunday vaziyatlarda o’qituvchidan qanday usulda bo’lsa ham o’quvchilarga bilim berishi talab etiladi. Bunda turli iterfaol usullar, metodlar, madellar va strategiyalarni qo’llash samara bermay qoladi. Bunda eng samarali usullardan biri kooperativ ta’lim berish madeli bo’lib, bunda o’quvchi va ta’lim beruvchi birgalikda ma’lum bir masala yoki muammolarni hal etish jarayonida ma’lum bir malaka va bilimga ega bo’ladilar.

Umumta’lim maktablarida barcha sinf o’quvchilari ham bir xilda emas. Buni inobatga olgan holda o’qituvchi har bir sinf bilim darajasiga mos ravishda dars rejasini tuzishi kerak. Bilim darajasi yuqori bo’lgan sinflarda dars jarayonini tashkil etish o’qituvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi. Ammo, bilim saviyasi past, o’qishni hohlamaydigan o’quvchilar bilan olib boriladigan dars jarayonini tashkil etish, ularni fanga qiziqtirish o’qituvchidan mahorat talab qiladi. Biz shunday passiv o’quvchilar bilan matematika darslari qanday tashkil etish borasida fikr yuritamiz.

Passiv matematikaga qiziqishi yo’q o’quvchilar bilan ishlashda avvalambor nima uchun matematikani o’rganish kerakligini, matematikaga har qadamda duch kelishimiz, matematikasiz jamiyatning hech bir sohasi rivojlanmasligi, o’quvchi kelajakda qanday kasb egasi bo’lmasin matematikaga murojat qilishi va shunda matematika darslarida olgan bilimlari unga foyda keltirishini chuqur uqtirib borishi kerak. Bunda quruq gap bilan emas, balki har bir mavzuni hayotga bog’lash, o’rganilayotgan bilimlarni qachon va qanday vaziyatlarda qo’l kelishini tushuntirish kerak. Yuqoridagi xulosalarni o’quvchi mustaqil tushunib yetishi lozim, shundagina u o’qituvchi o’rgatayotgan matematik bilimlarni o’zi hohlab qiziqib, o’rganishga harakat qiladi.

Fan bo’yicha olingan bilim, ko’nikma va malakani kundalik hayotda duch kelinadigan muammoni hal etish qobilyati kompitensiya deyiladi( Vazirlar mahkamasining 187-son qarori bilan tasdiqlangan DTS.dan.)

Shuning uchun ham matematika fani dasturida amaliy-tadbiqiy masalalar kompitensiyali masalalar deb yuritiladi.

Vazirlar mahkamasining 2018-yil 8-dekabr kunidagi 997-son qaroriga muvofiq O’zbekistonning o’quvchilari xalqaro PISA (Programme for International Student Assessment) baholash tadqiqotida ishtirok etishi belgilandi. PISA butun dunyoda o’tkazilib, unda 15 yoshga to’lgan o’quvchilar (9-sinf o’quvchilari) ishtirok etadi. Topshiriqlar o’qish, tabiiy ilmiy va matematik savodxonlikka oid bo’lib, ular barchasi kundalik hayotga oid kompetentsiyali masalalardan iborat. PISA test natijalariga ko’ra Shvetsariya o’quvchilari dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ularni matematika darsliklari ko’zdan kechirilganda darslikdagi barcha mavzular kompitensiyali masalalar bilan yoritilgan. Bizning umumta’lim maktab o’quvchilari bunday masalalarni hal etishda qiynaladilar. Jahon standartlari darajasiga yetish uchun ham o’qituvchilardan darslar jarayonida kompitensiyali masalalardan samarali foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Matematik savodxonlikka oid ayrim masalalarni ko’rib chiqaylik.



  • Agar siz 200000 so’mlik ko’ylakni sotib olmoqchi bo’lib, uning narxini 25% tushirgan bo’lsangiz, u holda narxni qancha kamaytirgan bo’lasiz?

  • Bozorda ikki tur tarvuz: juda yupqa po’stlog’li va qalin po’stlog’li tarvuzlar sotilyapti. Qalin po’stlog’li tarvuzning po’stlog’i qalinligi 20%ni tashkil etadi. Tarvuzlarning radiuslari bir xil bo’lib, yupqa po’stlog’li tarvuz 10000 so’m, qalin tarvuz 7000 so’m turadi. Qaysi tarvuzni harid qilgan maqul?

  • Bitta kitob javoni yasash uchun quydagilar zarur: 4 ta uzun panel, 6 ta kalta panel, 12 ta kichik mix, 2 ta uzun mix va 14 ta shurp. Ustada 25 ta uzun panel, 33 ta kalta panel, 200 ta kichik mix va 510 ta shurp bor. Eng ko’pi bilan nechta javon yasash mumkin?

  • Siz retsept bo’yicha tayyorlayotgan mahsulotni (salatni, taomni, shirinlikni)50% ko’proq tayyorlamoqchisiz. Agar retsept stakan shakar uchun yozilgan bo’lsa, siz qancha shakar solishingiz kerak?

  • Firmada 50 ta kompyuterlardan ayrimlarining juftliklari bitta sim bilan ulanmoqda. Har bir kompyuterda 8 ta sim chiqsa, jami nechta sim bor?

  • Magazindagi narsalarning narxi 15% ga arzonlashtirildi. 245000 so’mlik buyum qancha narxda sotiladi?

  • Qurilayotgan uy fundamintida to’g’ri burchakni danday hosil qilish mumkin.

  • Mr. Smit mehmonxonadan Registon maydonigacha masofa 9 km.ga teng ekanini aniqladi. U mehmonxonaga kechgi soat 2000 da kechgi ovqatga qaytishi kerak. Dam olish, selfi qilish, shoping qilish hisobi bilan uning o’rtacha tezligi taxminan 1.5 ga teng. Mr. Smit mehmonxonadan soat nechada chiqishi kerak?

  • Varrak uchirayotgan bola ipni 3 m cho’zgan. Boshqa bola, varrak tagida birinchi boladan 1.5m uzoqlikda turibdi. Varrak qancha balanhlikka uchgan?

  • Avtomabilning sovutish sistemasiga suv va antifrizning 10 litrlik aralashmasi quyildi. Aralashmaning 25%i antifrizdan iborat. Bu aralashmaning qanchasi to’kib tashlanib, toza antifriz quyilsa, yangi aralashmada 40% antifriz bo’ladi?

  • Diagonali 52 dyumli televizor ekranining o’lchovlari qanday? ( Televizor to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, eni bo’yining qisimiga teng.)

Bunday masalalarni yana ko’plab keltirish mumkin. Eng muhimi o’qituvchi ularni mavzuga moslab to’g’ri tanlashi va o’quvchilari qiziqtira olishidir.

O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdan oldin, berilgan sinf o’quvchilarini qiziqishlari va matematik bilim darajasini tekshirib olishi kerak. Masalan, birinchi darsda o’qituvchi o’quvchilar bilan tanishgach, bir varoq qog’oz olib, bo’sh vaqtlarida nima bilan shug’ullaninshlari va kelajakda qaysi kasb egasi bo’lmoqchi ekanliklarini yozib berish so’raladi. Kerakli natijalar olingach, o’qituvchi sinf o’quvchilarining qiziqishlari va bilim darajasini tahlil qiladi. Bu uning dars samaradorligini oshirish uchun shu sinfda darslarni qanday tartibda to’g’ri rejalashtirishiga, qanday kompitensiyali masalalardan foydalanishni aniqlab olishiga yordam beradi. O’tilayotgan mavzuga hayotiy misollar tanlaganda shu sinf o’quvchilarining qiziqishlariga mos ravishda tanlanadi. O’qituvchi mavzuni shunday tushuntirishi kerakki, o’quvchi kelajakda qanday kasb egasi bo’lishni istamasin “ Matematika menga nega kerak?” degan savolga o’rin qolmasin, hamda matematikani o’rganish orqali o’quvchilarni bir-birlarini va hayotni sevishni o’rgansin.



Reja:

  1. 1.Ta’lim jarayonini samarali etuvchi elementlar.

  2. Matematikaga o’quvchilarni qiziqtiruvchi metodlar.

  3. O’qituvchining darsdagi mahorati.

  4. Matematik savodxonlikka oid masalalar.

Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling