3-bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
20. 0‘quv yili davomida mazkur ichki taitib va odob-axloq qoidalariga todiq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:
ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga tashakkumoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
“Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
“Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasini berish;
o‘quvchilaming uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yighniga tashakkumoma yuborish.
21. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari qo’llaniladi.
O‘quvchilarga nisbatan:
o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;
boshqa sinfga ohkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish;
ota-onasi(ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)nimaktabga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish.
22. Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar boshlang’ich tashkilotlari va maktabning kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
4-bob. Yakuniy qoidalar
23. Mazkur qoidalar har yangi o‘quv yili boshlanishida har bir o‘quvchiga, ularning ota-onalari (yoki ulaming o'rnini bosuvchi shaxslar)gahamda o‘qituvchilarga tushuntiriladi.
24. Mazkur qoidalar ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye) qismiga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi.
25. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
26. Mazkur qoidalar talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |