Qizlarning qulog‘ini necha yoshda teshgan ma’qul?
18:13, 11/12/22
Общество
0
16 608
Mutaxassislarning fikricha, quloq teshish uchun eng maqbul yosh 6-11 yosh oralig‘i hisoblanadi.
Qizlarning qulog‘ini 6 yoshgacha teshish tavsiya qilinmaydi, ayniqsa, 3 yoshgacha bo‘lgan muddatda teshtirmagan ma’qul. Chunki quloq suprasi 6 yoshgacha to‘liq shakllanmagan bo‘ladi.
11 yoshdan keyin esa bu muolaja ko‘pincha asoratlar bilan kechadi. Bu muolajani kuz va bahor mavsumida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Shuningdek, yuqorida ta'kidlab o'tilgan yoshga yetmasdan quloq teshilsa bolada surunkali quloq kasalliklari, qon kasalliklari, allergiyaning og‘ir ko‘rinishlari, teri kasalliklari, qandli diabet kasalligi, bosh miya travmalari, nevrologik buzilishlar va revmatizm kabi og'ir kasalliklarga chalinish holatlari kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |