Qobiliyat haqida tushuncha


Download 85 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi85 Kb.
#1005035
1   2   3
Bog'liq
MAXSUS QOBILIYATLARNI RIVOJLANISHI

Qobiliyatlar o`zi nima? “qobiliyatlar” psixologiyada keng va anchadan beri foydalanganligiga qaramay turli adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Agar barcha tushunchalarni birlashtirib, mo``jaz klassifikastiyani faraz qiladigan bo`lsak, “qobiliyat” tushunchasi uzoq muddatning rivojlanish jarayonida yuzaga kelganiga amin bo`lamiz.
“Qobiliyatlar-inson ruhiyatining xususiyati bo`lib, u barcha psixik jarayonlar va holatlarning yig`indisi sifatida tushuniladi”.
Ushbu tushunchaning kamchiliklari nimadan iborat? Bu tushuncha asoschisi Xristian Volf (1679-1754) hisoblanib, uning nazariyasiga ko`ra barcha psixik xodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Bunday yondashuvda muayyan qobiliyatlar tizimini aniqlash mumkin emas edi.
Qobiliyatlarni inson hayotidagi ahamiyati ham aniqlanmagandi. Shuning uchun bu tushuncha psixologiyada keng tarqalmadi.
XVIII-XIX asrlarda “qobiliyat bu umumiy va maxsus bilim, malaka va ko`nikmalar yig`indisi bo`lib, u turli faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Yangi qarashlar yuzaga keladi”.
Ushbu tushuncha to`g`rimikan? Uning kamchiligi nimada?
Amaliyotda biz ma`lum qobiliyatga ega bo`lgan, lekin etarli bilimga ega bo`lmaganligi tufayli o`zini namoyon qila olmagan kishilarni bilamiz.
Yuqorida aytilgan fikrlarimizning dalili sifatida yosh V.Surikovni (rus rassomi) Sank Peterburg rassomchilik Akademiyastga o`qishga qabul qilinmaganida, u bir yilikona chizish ustaxonasida rassomchilik ko`nikmalarini egallaydi va kelasi yilgi xuddi o`sha imtihondan yiqitgan domlalar uni Akademiyaga o`qishga qabul qiladilar.
Albert Enshteyn o`rta maktabda o`qib yurganida o`rtacha o`quvchilardan bo`lib, uning genialligini namoyon qiluvchi hech narsa bo`lmagan.
Qobiliyatlar bilimlar, ko`nikmalarda emas, balki ularni egallashdinamikasida ya`ni bilim, ko`nikmalar qanday sharoitda tez, chuqur va oson egallanishida namoyon bo`ladi. Bu tushunchadan bugungi kunda ham foydalaniladi.
Va nihoyat, yana bir tushunchani ko`rib chiqasmiz. “qobiliyat-bu bilim ko`nikma va malakalarni namoyon bo`lishi emas, balki ularni tez o`zlashtirilishi va uni amaliyotda samarali qo`llanilishidir”.
Ushbu tushunchaning yangiligi va to`laligi nimada?
Ushbu tushunchada qobiliyatlar bilim, ko`nikma va malakalarga tenglashtirilmay, ularga nisbatan insonning munosabati, bilim, malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirish engilligi, tezligi va chuqurligi, hamda ularni ma`lum bir faoliyatni engil o`zlashtirishida va shu faoliyatning muvaffaqiyatli bajarishda namoyon bo`ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.





  1. G`oziev.E. Pedagogik psixologiya asoslari T “O`qituvchi” 2000y

  2. Asadov Y.M. Ruhiy holatlar diagnostikasi va korrekstiyasi. T 2000y

  3. Graficheskie metodo` v psixologicheskoy diagnostike. E.S. Romanova., O.F. Potyomkina-M., 1992.

  4. Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar.-T., 1997.

  5. Teplov. B.M. “Sposobnost i odarennost”//xristomatiya po vozrastnoy i pedagogicheskiy. M.: 1981.-132s.

  6. Umumiy psixologiya. M.G.Davletshin., S.M.To`ychieva.-T., 2002.

  7. O`qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o`yin va mashqlar. Matmuratova. N.B. (o`quv. met. qo`l. T., 2006.)

  8. Qodirov. B.R. Sposobnosti i sklonnosti. T. “Fan”. 1990.

  9. Xoxlova. L. P. Oila kinetik rasmi, testi.

  10. Rene. Jilya. usuli.- T., 1992.-169 b.

  11. Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa T. 1-2-M.,1999g.

  12. Adizova T.M. O`quvchilarning shaxslararo munosabatlari psixologik

  13. Diagnostikasi va korrekstion ishlar.-T.,1995y

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling