Qobiliyat haqida tushuncha


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana14.05.2023
Hajmi286.42 Kb.
#1462007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qobiliyatlar o`zi nima? “qobiliyatlar” psixologiyada keng va anchadan 
beri foydalanganligiga qaramay turli adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Agar 
barcha tushunchalarni birlashtirib, mo``jaz klassifikastiyani faraz qiladigan 
bo`lsak, “qobiliyat” tushunchasi uzoq muddatning rivojlanish jarayonida yuzaga 
kelganiga amin bo`lamiz. 
“Qobiliyatlar-inson ruhiyatining xususiyati bo`lib, u barcha psixik 
jarayonlar va holatlarning yig`indisi sifatida tushuniladi”. 
Ushbu tushunchaning kamchiliklari nimadan iborat? Bu tushuncha 
asoschisi Xristian Volf (1679-1754) hisoblanib, uning nazariyasiga ko`ra barcha 
psixik xodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Bunday yondashuvda 
muayyan qobiliyatlar tizimini aniqlash mumkin emas edi. 
Qobiliyatlarni inson hayotidagi ahamiyati ham aniqlanmagandi. Shuning 
uchun bu tushuncha psixologiyada keng tarqalmadi. 
XVIII-XIX asrlarda “qobiliyat bu umumiy va maxsus bilim, malaka va 
ko`nikmalar yig`indisi bo`lib, u turli faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Yangi 
qarashlar yuzaga keladi”. 
Ushbu tushuncha to`g`rimikan? Uning kamchiligi nimada? 
Amaliyotda biz ma`lum qobiliyatga ega bo`lgan, lekin etarli bilimga ega 
bo`lmaganligi tufayli o`zini namoyon qila olmagan kishilarni bilamiz. 
Yuqorida aytilgan fikrlarimizning dalili sifatida yosh V.Surikovni (rus 
rassomi) 
Sank 
Peterburg 
rassomchilik 
Akademiyastga 
o`qishga 
qabul 
qilinmaganida, u bir yilikona chizish ustaxonasida rassomchilik ko`nikmalarini 
egallaydi va kelasi yilgi xuddi o`sha imtihondan yiqitgan domlalar uni 
Akademiyaga o`qishga qabul qiladilar. 
Albert Enshteyn o`rta maktabda o`qib yurganida o`rtacha o`quvchilardan 
bo`lib, uning genialligini namoyon qiluvchi hech narsa bo`lmagan. 
Qobiliyatlar 
bilimlar, 
ko`nikmalarda 
emas, 
balki 
ularni 
egallashdinamikasida ya`ni bilim, ko`nikmalar qanday sharoitda tez, chuqur va 
oson egallanishida namoyon bo`ladi. Bu tushunchadan bugungi kunda ham 
foydalaniladi. 


Va nihoyat, yana bir tushunchani ko`rib chiqasmiz. “qobiliyat-bu bilim 
ko`nikma va malakalarni namoyon bo`lishi emas, balki ularni tez o`zlashtirilishi va 
uni amaliyotda samarali qo`llanilishidir”. 
Ushbu tushunchaning yangiligi va to`laligi nimada? 
Ushbu tushunchada qobiliyatlar bilim, ko`nikma va malakalarga 
tenglashtirilmay, ularga nisbatan insonning munosabati, bilim, malaka va 
ko`nikmalarni o`zlashtirish engilligi, tezligi va chuqurligi, hamda ularni ma`lum 
bir faoliyatni engil o`zlashtirishida va shu faoliyatning muvaffaqiyatli bajarishda 
namoyon bo`ladi. 
Shunday qilib, qarama-qarshiliklarni engish hamda haqiqatni izlash 
oqibatida olimlar quyidagi xulosaga keldilar. “qobiliyatlar shaxsning individual 
psixologik xususiyati bo`lib, unga bilimlar, ko`nikmalar va malakalarni 
o`zlashtirilishining to`liqligi, tezligi, engilligi, chuqurligi hamda turli faoliyatni 
o`zlashtirish va uni muvafaqqiyatli bajarishga bog`liqdir”. Bu tushunchani 
psixologiyasiga yirik Rossiya olimi B.M.Teplov (1896-1965) kiritgan bo`lib, u 
bugungi kunda keng tarqalgandir. 
Yuqorida aytib o`tilganidek, B.M.Teplov qobiliyatlarining umumiy 
nazariyasini ishlab chiqishga o`z xissasini qo`shgan B.M.Teplovning fikricha 
“qobiliyatlar” tushunchasi o`z ichiga 3 g`oyani qamrab oldi. 
“Birinchidan. qobiliyatlar deganda-bir odamni boshqasidan ajratib 
turadigan individual psixologik xususiyatlar tushuniladi...”. 
“Ikkinchidan qobiliyat deganda, har qanday individual psixologik 
xususiyatni emas, biror bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta`minlovchi 
xususiyat tushuniladi”. 
“Uchinchidan-“qobiliyatlar 
odamning bilimlari, ko`nikmalari va 
malakalariga tenglashtirilmasligi lozim”. 
B.M.Teplovning fikricha qobiliyatlar doiiy rivojlanishdagina mavjud 
bo`lishi mumkin. 
Rivojlanmagan, amaliyotda qo`llanilmaydigan qobiliyat vaqt o`tishi bilan 
yo`qoladi. 
Endi zamonaviy psixologiyada qobiliyatlarning klassifikastiyasini ko`rib 
chiqamiz. Psixologiyada tabiiy va maxsus insoniy qobiliyatlar ajratiladi. 

Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling