Qobiliyat haqida tushuncha
Download 94.44 Kb.
|
QOBILIYAT VA UNING RIVOJLANISHI
Avtoritar qobiliyat o`qituvchining rostgo`yligi, irodaviy uddaburonligi, o`zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy xislarga, shu bilan birga o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasida javobgarlikni xis etishi, uning e`tiqodi, o`quvchilarga ma`naviy va ma`rifiy e`tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlariga ham bog`liqdir.
O`quvchilar (ayniqsa o`g`il bolalar, o`spirinlar, buni alohida ta`kidlab o`tish kerak) talab qilishni biladigan, o`quvchilarni majbur qilmagan va do`q-po`pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo`l qo`ymagan holda o`z aytganini qildira oladigan o`qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat bilan o`quvchilarning o`qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz. “Uning ajoyib hislati bor–u hech qanday zo`rlash va baqiriq-qichqiriqsiz ishlay oladi”; “Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi ko`ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning talabi shu qadar ta`sirchanki, unga quloq solmaslik mumkmin emas”; “Bizning matematika o`qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o`zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta`sir eta oladi”; “Hamma o`qituvchimizning obro`sini e`tibor etmay ko`rginchi, u har qanday sharoitda ham o`z aytganiga erishadi”; “Nigmat aka bizga ustalik bilan ta`sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi, agar talab qiladigan bo`lsalar undan bo`yin tovlab bo`lmaydi”, yoki o`quvchilarning o`z o`qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: “Polvon akani maktabimizdan ketganiga biz xursand bo`ldik. U bizni do`q-po`pisa, baqiriq qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo`lga olaman deb o`ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos”. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta`limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to`g`risida juda achinib aytgan ftkrlarini keltirish o`rinli bo`lur edi: “Mabodo biror bir o`quvchiga e`tiroz bildirilsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi”. Maktablardagi jarayonda o`qituvchi hukmron. U boladan faqat o`zi tushuntirayotgan narsani tushuni bolishni talab qiladi. Prinstip ham tayyor: “mening aytganim-aytgan, deganim-degan”. Shu bilan bir qatorda o`quvchilar o`qituvchining bo`shligi, landavurligi, soddalarga ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha rioyagarchiligi, irodasizligi kabi hislatlarini baralla qoralaydilar: “Tushunib bo`lmaydi: birda juda qattiqqo`l, talabchan, ba`zan hech qanday talab degan narsa yo`q”; “Juda bo`shang, lanj: uni ko`rishing bilan uyqing keladi”... Download 94.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling