Qobiliyatlar tuzilishi turlari. Qobiliyatlar tuzilishi turlari

muloqotda, odamlar bilan o‘zaro aloqada ifodalanadigan qobiliyatlar

Download 341.92 Kb.
bet10/15
Sana16.01.2023
Hajmi341.92 Kb.
#1096019
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BEGIMOVA SOXIBA 2

Inson umumiy qobiliyatlari sirasiga muloqotda, odamlar bilan o‘zaro aloqada ifodalanadigan qobiliyatlarni ham kiritish zarur. Bu qobiliyatlar ijtimoiy belgilangan bo‘lib, insonning jamiyatdagi hayoti jarayonida shakllanadilar. Xuddi shunday, nutqni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirmasdan, insonlar jamiyatiga moslashish malakasiga ega bo‘lmasdan turib, ya’ni, odamlar harakatini to‘g‘ri idrok qilish va baholash, ular bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish va turli ijtimoiy vaziyatlarda yaxshi aloqalarni o‘rnatish, insonning normal hayoti va psixik rivojlanishining imkoniyati bo‘lmas edi.[1]

Nazariy va  amaliy qobiliyatlar bir-biridan birinchisining insondagi abstrakt-nazariy fikrlashga, ikkinchisining esa – aniq amaliy faoliyatga moyilligini belgilab beradilar.

Qobiliyatlar, shuningdek, o‘quv va ijodkorlik qobiliyatlariga bo‘linadi. Ular bir-biridan, birinchisining o‘qitish samarasini, inson tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishini belgilashi bilan, boshqalarining kashfiyotlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi shakllarini yaratish imkoniyatini belgilashi bilan farq qiladi.

Qobiliyatlar rivojlanishi uchun sharoitlarning mavjudligi yoki mavjud emasligiga ko‘ra, ular yashirin va dolzarb bo‘lishi mumkin.

YAshirin qobiliyatlar sifatida ma’lum faoliyat turida joriy qilinmaydigan, lekin ijtimoiy sharoitlarning o‘zgarishida dolzarb qobiliyatga aylana oladigan qobiliyatlar tushuniladi. Dolzarb qobiliyatlarga ayni damda zarur bo‘lgan va aniq faoliyat turida joriy qilinadigan qobiliyatlar kiritiladi. YAshirin va dolzarb qobiliyatlar inson qobiliyatlari rivojlanadigan ijtimoiy sharoitlar xarakterining bilvosita ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan ijtimoiy sharoitlar xarakteri yashirin qobiliyatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va imkoniyat yaratadi, ularning dolzarb qobiliyatlarga aylanishini ta’minlaydi yoki ta’min etmaydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling