Qog`oz va elektron kitoblar


Download 51.37 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi51.37 Kb.
#1619918
  1   2   3
Bog'liq
Esse-1


1-ESSE
Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar va savdo xodimlari tomonidan yo`l qo`yilgan kamchiliklarni tasvirga olib, dyhxx.ejarima.uz hamda soliq.uz saytlariga jo`natish holatlariga bot-bot ko`zimiz tushadi. Aslida-chi? Aslida bunday xatti-harakatlarni qanday baholash mumkin? Keling, bu jarayonlarni ijobiy tomondan baholashga urinib ko`raylik. Birinchidan, bilib-bilmay qilgan xatosi uchun jarima to`lagan kishi qaytib buni takrorlamaydi. Ikkinchidan, ushbu kamchilikkka yo`l qo`moqchi bo`lganlar uchun ham o`rnak bo`ladi. Uchinchidan, davlat xazinasiga kelib tushgan bunday mablag`lar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining ehtiyojlarini qoplashga yo`naltiriladi. dyhxx.ejarima.uz saytidagi ma’lumotlarga qaraganda, jarimalar miqdori 186, 25 (mlrd so`m) ni tashkil etadi. To`rtinchidan, tasvirga olgan shaxsning qo`shimcha daromad manbalaridan biri bo`lib qoladi. Beshinchidan, jamiyatda erkinlik, oshkoralik prinsiplarining rivojlanishiga olib keladi. Shu o`rinda masalaning salbiy jihatlarini ham baholashga harakat qilib ko`ramiz. Kimningdir bilib-bilmay qilgan kamchiligi evaziga tekin, mo`may daromad topish insofdan emas. Qolaversa, o`sha haydovchi yoki savdo xodimining jarima to`lsh uchun imkoniyati bo`lmasligi mumkin. Birovni xatosi uchun butun dunyo ahli oldida o`bro`sini to`kish ham to`g`ri emas. Jamiyat a’zolarining bu kabi xatti-harakatlari mehr-oqibat, ezgulik kabi tuyg`ularning yemirilishiga olib keladi. Unib-o`sib kelayotgan yosh avlod vakillarining ham tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Xulosa o`rnida aytmoqchi bo`lganimiz shuki, hech bir xato yoki jinoyat jazosiz qolmasligi muqarrar. Biroq uning ortidan moddiy manfaat topaman deb kimningdir obro`yi, sha’ni, qadr-qimmatini oyoqosti qilish ham insofdan emas. O`ylab ko`ring.


2-ESSE
Qog`oz va elektron kitoblar
Dunyoda “sakkizinchi mo’jiza” deb nom olgan, axborot, g`oya va bilmlarni saqlash va tarqatish, turli qarashlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi, ajdodlar va avlodlar orasida ma’naviy ko`prik vazifasini bajaruvchi bir vosita borki, u ham bo`lsa, kitobdir. Mashhur qozoq adibi Abayning “Nasihatlar” kitobida insonning ikki odat bilan tug`ilishi haqida so`z borib, uning ikkinchisi “ko`rsam, bilsam demoqdir” . Demak, insonda kitobga ehtiyoj tug`ilishi bilan paydo bo`ladi. Hozirgi kunda yaratilayotgan elektron yoki audio kitoblar bu darajaga yetguncha uzoq taraqqiyot bosqichini o`tgan. Ajdodlarimiz tosh, daraxt barglari, sopol, hayvon terisi, pargament kabilardan kitob sifatida foydalanishgan. Yevropoda XIII asr, Movarounnaharda esa X-XII asrlarda qog`oz asosiy yozuv materialiga aylanib ulgurgan. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida esa qog`oz kitoblar o`rnini tobora elektron kitoblar egallab bormoqda. Shu nuqtada haqli savol tug`ilishi tabiiy: ularning qay biri afzal? O`n asr davomida insoniyatga hamrohlik qilgan qog`oz kitobni qo`lga olganda ruhiy yaqinlikni his qilish, varaqlaganda yaqin do`stlikni tuyish mumkin. Qolaversa, javonda saqlangan kitob odam hayotining bir qismiga aylanib qoladi. Biroq katta hajmli kitoblarni doimo olib yurish, undan istalgan paytda foydalanish biroz noqulaylik tug`dirishi tabiiy hol. Qolaversa, kimgadir berib, undan qaytib olomaslik yoki yo`qotib qo`yish xavfi ham yo`q emas. Kishi sevgan kitobini do`konlardan aylanib qidirib topishi vaqtni ham olib qo`yadi. Elektron kitoblarni turli texnik qurilmalarda olib yurish, tarqatish, istagan paytda ochib o`qish juda qulay. Faqat unda qog`oz kitobdagi kabi bevosita aloqa mavjud emas. Kitobxon va kitob o`rtasida yo kompyuter, yo smartfon, yo planshet turadi. Elektron kitoblardan k`op foydalanish inson salomatligiga ham zarar yetkazadi. Dunyoda 20 ta insondan bittasi nurlanishning qurboniga aylanmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, uzoq asrlik tarixni bosib o`tgan kitoblar qanday formatda bo`lmasin, insoniyatning bilim olishi, ma’naviy dunyosini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. Har birining inson hayotida o`z o`rni bor. Faqat ulardan oqilona foydalanish joiz.

Ovqatlanish


Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish

Download 51.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling