Qog'ozning paydo bo'lish tarixi
Download 0.57 Mb.
|
qog\'ozzzzzz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qogozning paydo bolish tarixi
- Qogoz va kartonning tasnifi.
- Gazeta qogozi
- Yozuv qogozi
Reja: .Qog'ozning paydo bo'lish tarixi va turlari .Qog‘oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret, shablon va muhr tayyorlash texnikasi. . Texnika xavfsizlik qoidalari va amaliyot uchun kerakli ish qurollari Mavzu:Qog’oz va karton turlari. Qog'ozga turli bo'yash usullaridan foydalanib rang berish Qog'ozning paydo bo'lish tarixi.Odamlar asrlar davomida o'z xotiralarini suyakka, toshga, hayvon terisiga bitib kelishgan. Fikrlarning ilk shakli muayyan shartli belgilar bilan ifodalangandir. Dastlabki kitoblar — qoyalar bo'lib, ibtidoiy odamlar unga ovchilik qurol-yarog'lari, o'rmon va sahroda yashovchi hayvonlarning rasmlarini o'yib ishlaganlar. Yozuvning ilk sistemasi piktografiya deyiladi.«Piktos» grekcha so'z bo'lib, “rasm” demakdir.Biroq ayni bir rasmning o'zi turli hodisalarni bayon qilishi mumkin. Keyinchalik odamlar yozuvni amalda qo'llashga harakat qilganlar. Qog'oz va kartonning tasnifi. Qog'oz va kartondan faqat poligrafiya sanoatidagina emas, balki xalq xo'jaligining hamma tarmoqiarida keng foydalaniladi. Sellyuloza qog'oz sanoati qog'oz va kartonning ikki yuzga yaqin turini ishlab chiqaradi. Yuqorida aytib o'tilganidek texnikada qog'ozning telegraf va magnitlangan magnitofon lentalari, foto sezgir qog'ozlar, elektr o'tkazmaydigan qog'ozlar, nam o'tkazmaydigan fibra va shu kabi xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Qog'ozdan qurilishda ham keng foydalaniladi.Masalan, qog'ozdan g'isht, to'siqlar uchun plitalar tayyorlanadi.Qog'ozga kitoblar, gazetalar bosilishini, unga ruchka, qalam bilan yozilishini barcha yaxshi biladi.Shuning uchun mehnat ta'limi o'qituvchisi bolalarning e'tiborini ko'proq qog'ozning turmushda tez-tez uchratadigan yoki qo'l mehnati darslarida foydalanadigan turlariga jalb qilishi lozim. Gazeta qog'ozi— eng arzon va ko'p tarqalgan qog'oz turidir. Sifatiga ko'ra, unchalik pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Bu qog'oz qisqa vaqt foydalaniladigan ko'rgazmalar uchun moslangan. U oqlanmagan sellyuloza (25%) va yog'och massasi (75%) dan tayyorlanadi, og'irligi — 15 gr. Yozuv qog'ozi— sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq singdiradi.Narsalarni konstruksiyalash, muqovaiash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling