Qog'ozrez qog’oz quyuvchi lavvoh lavha chizuvchi sahhof
Download 14.75 Kb.
|
gloss
1) qog'ozrez - qog’oz quyuvchi. 2) lavvoh - lavha chizuvchi. 3) sahhof - muqovalovchi. 4) qog'ozi nim katoniy - O‘rta Osiyoda tayyorlangan ikkinchi qog‘oz navi. Bu termin ham forsiy izofada yasalgan bo‘lib, uning ikkinchi komponenti forscha nim (yarim) va katon (kanop) > katoniy (kanopdan tayyorlangan) so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Bu qog‘oz turini tayyorlashda ipak va kanop tolasi (katon)dan teng nisbatda foydalanilgan. 5) qalamqati - qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka. 6) xatti nabatiy - Miloddan oldingi 3- 2 asrlarda Oromiy yozuv bir necha shoxada-yahudiy yozuvining murabba xili, palmir va nabatiy yozuvlarida bo‘lindi. 7) "qalam" - 8) matn tarixi - Bunda matndagi davr ruhi izlari, maqsadli ravishda yoki tasodifiy kiritilgan o‘zgarishlar ham, keyingi davrlarda yuz bergan nashriy saktaliklar ham nazardan qochirilmaydi. Shu jarayonda matnshunoslik tarixiy-adabiy, siyosiy-jo‘g‘rofiy va maishiy xarakterdagi turli masalalarni ham o‘rganadi. Shundan kelib chiqib, matnshunoslik barcha ilmiy sohalar ob’yektiga daxldor deyish mumkin. Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi. 9) paleografik o'qish - matnni yozuv xarakteriga qarab, harflari aniqlanib, so‘zlar chegarasi belgilab olinadi. Yozuv o‘chgan, o‘chirilgan joylarini e’tiborga olib (qayd etib) o‘qib chiqiladi. O‘qilishining iloji yo‘q o‘rinlar (dog‘, o‘chgan, o‘chirilgan, qayta tuzatilgan va h.k.lar) fotoanaliz qilinishi mumkin. Buning uchun rivojlangan mamlakatlarda hozir lyuminissent fotografiyasi, radiografiyasi, rentgenoskopiya kabi usullar qo‘llaniladi. 10) tekstologik o'qish - matn sintaksisiga kirib boriladi va uning mazmuni tiklanadi. Matnni to‘g‘ri o‘qiy olishning asosiy sharti—davr tilini yaxshi bilishdir. Buning uchun davrning fonetik, morfologik va sintaktik mezonlaridan xabardor bo‘lishimiz kerak bo‘ladi. O‘qish jarayonida davr adabiy uslubi, tarixiy atamalari va h.k.larga ehtiyoj seziladi. Download 14.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling