Qoidalari o'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 11 oktyabrdagi 51- son buyrug'i bilan tasdiqlangan


Download 164.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.07.2017
Hajmi164.9 Kb.
#11410
1   2

3-§. Hujjatlarni rasmiylashtirish 

32. Barcha hujjatlar shu tarzda rasmiylashtirilishi lozimki, zarur bo'lgan hollarda ulardan istalgan 

miqdorda nusxa olishning iloji bo'lsin. 

Har bir varaqdan, faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel 

joylashtirilgan holda foydalaniladi. 

33. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, silliq, yaltiramaydigan qog'ozda bajariladi. 

34. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar, hoshiyalarining 

o'lchami (mm): 

yuqorisi - 20; 

o'ng va pastdagi - 20; 

chapdagi - 25; 

bo'lgan 210 x 297 mm formatga ega. 



35. Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan 

raqamlab chiqiladi. 

36. Hujjatlar qora rangli shriftlarda bosib chiqariladi. Matn 1,5 interval bilan, bosh harflarining 

balandligi 2,1 mm dan kam bo'lmagan holda bosmadan chiqariladi. 



4-§. Talabnomani topshirish 

37. Qonunning 4-moddasi 2-qismi va 8-moddasi 1-qismiga muvofiq tovar belgisiga talabnoma 

topshirish huquqiga yuridik shaxs va shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy 

shaxs ya'ni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tovarlar ishlab chiqarishdan, xizmat 

ko'rsatadigan yoki vositachilik yoxud boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan shaxs egadir (matnda 

bundan keyin talabnoma beruvchi). 

38. Talabnoma Patent idorasiga bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. 

39. Talabnomani talabnoma beruvchi tomonidan yoki Patent idorasida ro'yxatdan o'tgan patent 

vakili orqali topshirilishi mumkin. Chet el yuridik shaxslari yoki O'zbekiston Respublikasi hududidan 

tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar yoki ularning patent vakillari tovar belgisini 

ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq ishlarni faqat patent idorasida ro'yxatdan o'tgan patent vakili orqali 

olib boradilar. 



II bob. Patent idorasi bilan tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnoma bo'yicha 

ishlarni olib borish 

5-§. Vakil tayinlash 

40. Talabnoma topshirilgandan keyin tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ishlarni olib 

borish va talabnomani ko'rib chiqish davomida o'z manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma 

beruvchi ushbu qoidalarning 9-bandida ko'zda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma berib 

vakil tayinlash mumkin. 

41. Vakilning ishonchnomasi talabnomani topshirish vaqtida yoki ish yuritish davomida taqdim 

etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qo'shib qo'yiladi. 


42. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb 

hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari 

doirasidagi har bir harakati yoki Patent idorasining unga nisbatan har bir harakati talabnoma 

beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat kabi oqibatlarga olib keladi. 

43. Vakillik ishonchnomada ko'rsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugaguncha 

amal qiladi. Ishochnoma ko'rsatilgan vakillarni muddatidan avval to'xtatish talabnoma beruvchi yoki 

uning huquqiy vorisi tomonidan Patent idorasiga tegishli ariza (ishonchnomani chaqirib olish) berish 

yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. 



6-§. Patent idorasi bilan yozishmalar olib borish 

44. Yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning shu ishga tayinlangan vakili tomonidan har bir 

talabnoma uchun alohida olib boriladi. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materialda 

talabnoma raqami ko'rsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo'lishi shart. 

Talabnoma raqami ko'rsatilgan materiallar, agar talabnoma raqami aniqlanmasa, ko'rib chiqilmasdan 

qaytarib yuboriladi. 

45. Patent idorasi bilan yozishmalar o'zbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi 

tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning o'zbek yoki rus tillarida tarjimon imzosi bilan 

tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi mumkin. 

46. Yillarda ifodalangan istalgan muddat tegishli keyingi keladigan yilda, xuddi shu nomli oyda 

va muddatni hisoblash boshlanadigan voqea sodir bo'lgan oy va kun raqami nechanchi bo'lsa, o'sha 

kunda tugaydi; ammo agar tegishli oy o'sha raqamli kunga ega bo'lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi 

kuni tugaydi. 

47. Oylarda ifodalangan istalgan muddat tegishli keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash 

boshlanadigan voqea sodir bo'lgan kun raqami nechanchi bo'lsa, o'sha kunda tugaydi; ammo agar 

tegishli oy o'sha raqamli kunga ega bo'lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi. 



7-§. Muddatlar 

48. Kunlarda ifodalangan muddat ko'rsatilgan voqea ro'y bergan kundan keyingi kundan 

hisoblanib so'nggi kunning oxirida tugaydi. 


49. Agar xat yoki patent boji Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo'lgan muddatning oxirgi kuni 

Patent idorasining dam olish kuniga to'g'ri kelsa, ushbu muddat keyingi ish kunigacha uzaytiriladi. 



8-§. Talabnoma hujjatlariga qo'shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish 

50. Qonunning 13-moddasi 2-abzasiga muvofiq talabnoma beruvchi o'z tashabbusiga ko'ra 

talabnoma materialini tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilingunga qadar 

talabnomada ko'rsatilgan belgi tasvirini o'zgartirmagan holda tuzatishi, aniqlashtirishi va qo'shimchalar 

kiritishi mumkin. 

51. Quyidagi o'zgartirishlarni kiritishi mumkin: 

a) talabnoma beruvchining, patent vakilining nomini nomlanishini o'zgartirishi; 

b) talabnoma beruvchining, patent vakilining manzilgohini, yozishmalar olib boriladigan manzilni 

o'zgartirishi; 

v) talabnoma beruvchini o'zgartirishi; 

g) kelishuvga o'zgartirish kiritish; 

d) xatolarni tuzatish; 

e) tovarlar ro'yxatini qisqartirishi; 

52. Talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlik va qo'shimchalar kiritish talabnoma beruvchi 

tomonidan tegishli yozma ariza topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Arizalarning shakli ushbu 

Qoidalarga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan. Ariza Patent idorasiga kelib tushganligi va uni ko'rib chiqish 

natijalari to'g'risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Arizaga talabnoma materiallariga 

o'zgartirishlar kiritishi uchun patent boji to'langanligi to'g'risidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji 

to'langanligi to'g'risidagi hujjat ilova qilinmasa yoki to'langan patent bojining miqdori belgilangan 

miqdordan kam bo'lsa, qo'shimcha materiallar ko'rib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda 

talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

53. Patent idorasi talabnoma hujjatlaridagi xatolarni tuzatish haqidagi arizani qabul qiladi. 

Arizada talabnoma raqami va tuzatilishi lozim bo'lgan xato ko'rsatilgan bo'lib talabnoma 

beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan imzolangan bo'lishi kerak. Arizaning shakli ushbu 

Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan. 

54. Talabnoma beruvchi - huquqiy shaxs nomlanishi yoki talabnoma beruvchi jismoniy 

shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o'zgarganda, ushbu o'zgartirishni tasdiqlaydigan hujjat 

taqdim etiladi. 



55. Talabnoma beruvchi talabnomaga bo'lgan huquqini o'zga shaxsga o'tkazsa Patent idorasiga 

talabnoma beruvchi o'zgarganligi to'g'risidagi qaydni kiritish haqida ariza topshiriladi. Arizaning shakli 

ushbu Qoidalarga 4-ilovada keltirilgan. 

Arizada huquq o'zga shaxs ya'ni huquqiy vorisga o'tkazilishining ko'rsatilishi ushbu 

Qoidalarning15, 16, 19-bandlarida ko'zda tutilgan shaxs haqidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak. 

Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 31-bandida ko'zda tutilgan 

tartibda imzolanadi. 

Agar ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan bo'lsa, arizaga talabnoma beruvchi 

va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq o'tkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova 

qilinadi. Arizaning shakli ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan. 

Belgilangan talablarga rioya qilingan bo'lsa, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga 

talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining o'zgartirilganligi to'g'risida qayd kiritilganligi haqida 

xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi. 

Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma materiallariga o'zgartirish kiritilganligi 

to'g'risidagi bildirishnoma yuborilgan sana huquq o'tgan sana deb hisoblanadi. Belgilangan talablarga 

rioya qilinmagan holda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga 

aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining 

o'zgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi to'g'risida, tegishli sabablar ko'rsatilgan holda 

bildirishnoma yuboriladi. 

56. Tovarlar va xizmatlar ro'yxatida bir necha tovar va xizmatlar keltirilgan talabnomani 

talabnoma beruvchining iltimosiga ko'ra birinchi talabnomadagi tovarlar va xizmatlarni bo'lish yo'li 

bilan bir necha talabnomaga ajratish mumkin (matnda bundan keyin ajratilgan talabnoma deb 

yuritiladi). Bu holda ajratilgan talabnomadagi tovar va xizmatlar birinchi talabnomada qolayotgan tovar 

va xizmatlar bilan bir xil bo'lmasligi kerak. Ushbu iltimos talabnoma beruvchi tomonidan tegishli ariza 

topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Arizaning shakli ushbu Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan. Birinchi 

talabnoma bo'yicha qaror qabul qilingunga qadar talabnomani ajratish mumkin. 

Ajratilgan talabnoma birinchi talabnoma topshirilgan sanasi va tovar belgisi sifatida ro'yxatdan 

o'tkazishga so'ralayotgan belgi ustuvorligi saqlab qolinadi. Birinchi talabnoma bo'yicha ertaroq 

ustuvorlik huquqi mavjud bo'lgan holda esa ushbu ustuvorlik sanasi bo'yicha saqlanadi. 

Iltimosnoma bilan birgalikda mazkur Qoidalarning 6-13-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan 

hujjatlar va talabnomani ajratish uchun belgilangan miqdorda boj to'langanligini tasdiqlaydigan hujjat 

topshiriladi. 

57. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo'shimcha materiallar mazkur Qoidalarning 

119, 120-bandlariga muvofiq ko'rib chiqiladi. 



9-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish 

58. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan 

oldindan kuni va soatini kelishib bevosita Patent idorasida yoki talabnoma hujjatlarining yohud 

ularning biror qismining nusxasini so'rash yo'li bilan tanishishi mumkin. So'ralgan hujjatlarning 

nusxalari tarif bo'yicha xizmatlarga tegishli xaq to'langan taqdirda talabnoma beruvchiga yuboriladi. 


59. Huquqni saqlash organlari faqat tergov zaruriyati bo'lgan hollardagina talabnoma 

materiallari bilan bepul tanishadilar. 



10-§. Talabnomani ko'rib chiqish jarayonida ekspertiza tomonidan ko'rsatilgan materiallar 

bilan tanishish 

60. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida ko'rsatilgan materiallar bilan tanishish huquqiga 

ega. 

61. Materiallarning so'ralgan nusxalari tegishli xizmatga tarif bo'yicha haq to'langanidagina 



talabnoma beruvchiga jo'natiladi. 

11-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish 

62. Talabnoma bilan bog'liq savollarni talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida ko'rib 

chiqish odatda, ekspertiza talabnoma berilgan belgi, tovarlar va xizmatlar ro'yxati bo'yicha qo'shimcha 

tushuntirishlar olish zaruriyati paydo bo'lgan holda va belgining ro'yxatdan o'tkazish shartlariga 

muvofiqligi to'g'risida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozisiyasini aniqlash uchun o'tkaziladi. 

Ikkala tomon shu savollar bilan tanishib chiqqandan so'ng Patent idorasining taklifiga yoki talabnoma 

beruvchining iltimosiga ko'ra talabnoma beruvchi ishtirokida ko'rib chiqish o'tkazilishi mumkin. 

Ekspertizaning savollari ekspert muhokamasini o'tkazish maqsadga muvofiqligi to'g'risida bildirilgan 

so'rovnomasida bayon qilinishi mumkin. 

So'rovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko'rib chiqishda qatnashish 

niyatidan qa'iy nazar so'rovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim. 

63. Ekspert muhokamasini o'tkazish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Agar biror tomon 

muhokamada belgilangan vaqtda qatnasha olmasa darhol ikkinchi tomonni xabardor qiladi. Patent 

idorasi yoki talabnoma beruvchi agar talabnomani birga ko'rib chiqishga vaqtli yoki maqsadga muvofiq 

emas deb hisoblasa Patent idorasining taklifi yoki talabnoma beruvchining iltimosi rad etilishi mumkin. 

Ushbu qoidalarning 40-43-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert muhokamasida talabnoma 

beruvchining vakili qatnashishi mumkin. 

12-§. So'ralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish 


64. Qonunning 13-moddasi 4-qismiga muvofiq talabnoma beruvchining yozma iltimosiga ko'ra 

so'ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilish mumkin. Iltimos bilan birgalikda muddatni 

uzaytirish uchun belgilangan miqdorda boj to'langanligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi. 

65. Muddatni uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga so'rovnoma yuborilgan 

sanadan uch oy o'tmagan muddatda topshiriladi. 

66. Talabnoma beruvchiga so'ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi to'g'risida 

bildirishnoma yuboriladi. 

67. Agar iltimosnoma belgilangan muddat o'tgandan so'ng berilgan bo'lsa patent boji 

to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo'lsa yoki to'langan boj summasi belgilangan 

miqdorga to'g'ri kelmasi so'ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda 

talabnoma beruvchiga uning iltimosini rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi. 

13-§. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash 

68. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan 

ekspertiza so'rovi bo'yicha qo'shimcha materiallarni taqdim etishning o'tkazib yuborilgan muddatlari 

tiklanishi mumkin. 

69. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risidagi rasmiy iltimosnoma talabnoma beruvchi 

tomonidan muddat o'tib ketgan kundan boshlab ikki oy ichida muddatni o'tkazib yuborishga uzrli 

sabablarni ko'rsatgan holda topshiriladi. 

70. Rasmiy iltimosnoma bilan birgalikda tegishli patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat 

taqdim etiladi. Agar shunday hujjat taqdim etilmagan bo'lsa rasmiy iltimosnoma topshirilmagan deb 

hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi. 

71. O'tkazib yuborilgan muddat tiklanganligi to'g'risida talabnoma beruvchiga bildirishnoma 

yuboriladi. 

72. 69-bandda ko'rsatilgan talablar bajarilmagan holda rasmiy iltimosnoma qondirilmaydi va bu 

haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi. 



14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish 

73. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga 

ega. 


Talabnomani chaqirib olish to'g'risidagi ariza, talabnomani ko'rib chiqishning istalgan bosqichida, 

lekin tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga 

chaqirib olish to'g'risidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 

talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. 

74. Jamoaviy tovar belgisiga talabnoma ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan 

barcha huquqiy va jismoniy shaxslarning roziligi bo'lgan holda chaqirib olinishi mumkin. 

75. Chaqirib olingan talabnoma bo'yicha huquqiy ahamiyatga molik amallar (bunday talabnoma 

ekspertizasi o'tkazilmaydi, tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazilmaydi). Boshqa talabnomalarning 

ekspertizasini o'tkazishda chaqirib olingan talabnoma e'tiborga olinmaydi. 

III bob. Talabnomani ko'rib chiqish 

15-§. Kelib tushgan talabnomani ro'yxatga olish 

76. Agar Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma eng kamida o'zbek yoki rus tilida tovar 

belgisini ro'yxatdan o'tkazishga ariza va talabnomani topshirish uchun patent boji to'langanligini 

tasdiqlovchi hujjat bo'lsa talabnoma kelib tushish sanasi ko'rsatilgan holda ro'yxatga olinadi. 

O'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma ro'yxatga olinmaydi va topshirgan 

shaxsga qaytarib yuboriladi. 

77. Talabnomaga uchta harfli va sakkiz xonali raqamli kod beriladi. Unda birinchi harf (T) sanoat 

mulki ob'ekti turi - tovar belgisini, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjati turi - tovar belgisini 

ro'yxatdan o'tkazishga guvohnomani bildiradi, sonlar (katta razryaddagi 4 ta son) esa talabnoma 

topshirilgan yilni va (kichik razryadli 4 ta son) shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini 

bildiradi. 

78. Ro'yxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi. 

79. Patent idorasiga kelib tushgandan boshlab chop etilgunga qadar talabnoma to'g'risidagi 

ma'lumotlar konfidensial hisoblanadi va noqonuniy oshkor qilinishi mumkin emas. 



16-§. Rasmiy ekspertiza 

80. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibini, zarur hujjatlar mavjudligini 

va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish. Rasmiy ekspertiza natijalari bo'yicha 

talabnoma beruvchiga Patent idorasining talabnoma ko'rib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul 

qilinmaganligi haqidagi qarori yuboriladi. 

81. Rasmiy ekspertiza muddati talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab 30 

kunni tashkil qiladi. Talabnoma beruvchiga so'rovnoma yuborilgan holda bu muddat mos ravishda 

uzaytiriladi. 

82. Rasmiy ekspertiza o'tkazishda materiallar ichida quyidagi hujjatlar mavjudligi va ularning 

belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi: 

a) belgini tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazishga ariza; 

b) talabnoma beruvchining nomi yoki nomlanishi, manzilgohning ko'rsatilganligi; 

v) patent vakilining ismi-sharifi, agar mavjud bo'lsa; 

g) talabnomada ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan belgining tasviri; 

d) ro'yxatga o'tkazish so'ralayotgan tovarlar va xizmatlar ro'yxati; 

e) konvensiya ustuvorligi so'ralgan bo'lsa birinchi talabnoma nusxasi; 

j) ko'rgazma ustuvorligini so'rash qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjat; 

z) tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnomani topshirish uchun patent boji to'langanligi 

to'g'risidagi hujjat; 

i) talabnoma jamoaviy belgiga oid bo'lsa, kelishuv; 

k) patent vakiliga berilgan ishonchnoma; 

l) o'zbek yoki rus tilidagi boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi. 

83. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnomani topshirish sanasi ushbu Qoidalarning 82-

bandining a), b), v), g), d),z), bandchalarida sanab o'tilgan hujjatlar va ma'lumotlar talabnoma bilan 

birga topshirilgan bo'lsa yoki ulardan eng oxirgisi kelib tushgan sanadan belgilanadi. 

84. O'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnomaning tarjimasi taqdim 

etilmaguncha hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi. 

85. Talabnoma materiallarida 82-bandning v), e), j), i) bandchalarida ko'rsatilgan 

ma'lumotlarning yoki hujjatlarning mavjud emasligi yoki ularning ushbu Qoidalardagi talablarga 

muvofiq emasligi talabnomani ko'rib chiqishga qabul qilinganligi haqida qaror chiqarish va talabnoma 

kelib tushgan sanani belgilash uchun to'siq bo'la olmaydi. 


86. Ro'yxatga olinmagan talabnomada talabnomani topshirish uchun patent boji to'langanligini 

tasdiqlovchi hujjat mavjudligi tekshiriladi. Agar taqdim etilgan hujjatda talabnoma topshirish uchun 

patent boji TXXKning bitta sinfi uchun belgilangan miqdorda to'langan bo'lib, talabnomada ko'rsatilgan 

sinflar soniga mos kelmasa talabnoma beruvchiga tegishli bildirishnoma yuborilgan sanadan e'tiboran 

uch oy ichida zarur bo'lgan patent bojining yetishmagan qismini to'lash yoki sinflar sonini 

muvofiqlashtirish taklif qilinadi. Uch oylik muddat ichida patent bojining belgilangan miqdorga 

yetishmagan qismini to'langanligi tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa, ko'rib chiqish talabnomada 

birinchi bo'lib ko'rsatilgan TXXK sinfiga nisbatan olib boriladi. 

87. Agar rasmiy ekspertiza o'tkazish jarayonida talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda 

belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga 

so'rovnoma yuboriladi, so'rovnomada aniqlangan kamchiliklarni ko'rsatilgan va ushbu so'rovnoma 

jo'natilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan ma'lumotlar yoki hujjatlarni 

taqdim etish taklif qilinadi. 

88. So'rovnoma yuborish uchun xususan quyidagilar asos bo'ladi: 

a) talabnoma materiallarida ushbu Qoidalarning 82-bandi a), b), g), d), z), bandchalarida 

ko'rsatilgan ma'lumotlar va/yoki hujjatlar mavjud emasligi

b) to'langan patent bojining summasi belgilangan miqdorga muvofiq emasligi. 

Ushbu qoidalarning 82 - bandi v), e), j), i), bandchalaridagi ma'lumotlar yoki hujjatlarning faqat 

birortasi yetishmasa talabnoma rasmiy ekspertiza bosqichida so'rovnoma yuborilmaydi. 

89. Agar talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda so'ralgan barcha ma'lumotlar va/yoki 

hujjatlar bo'lmasa yana qayta so'rovnoma yuboriladi. 

90. Rasmiy ekspertiza so'roviga javob olinmasa, javob berish uchun belgilangan muddat 

buzilgan bo'lsa va bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma yuborilmasa, talabnoma 

beruvchiga talabnoma ko'rib chiqishga qabul qilinishini rad etish to'g'risida qaror yuboriladi. 

91. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq bo'lgan, shuningdek so'ralgan 

ma'lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan o'z vaqtida taqdim etilgan holda talabnoma topshirilgan 

sana belgilanadi va talabnoma ko'rib chiqishga qabul qilinganligi to'g'risidagi qaror talabnoma 

beruvchiga yuboriladi. 

92. Agar talabnoma beruvchi tomonidan so'rovnomasiga rasmiy ekspertizaning taqdim etilgan 

javobda so'ralgan ma'lumotlar va/yoki hujjatlar bo'lmasa, talabnomani ko'rib chiqishga qabul qilishni 

rad etish to'g'risidagi qaror chiqariladi. 

Talabnomani ko'rib chiqishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi qarorda bunday qaror chiqarish 

uchun asoslar ko'rsatiladi. 


17-§. Talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasi 

93. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnoma ko'rsatilgan belgi ekspertizasining vazifasi 

tovarlarning belgisi ustuvorligini belgilash va talabnoma berilgan belgining Qonunning 3 va 10-moddasi 

qoidalariga muvofiqligini tekshirishdir. 

94. Talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasi natijalari bo'yicha tovar belgisini ro'yxatdan 

o'tkazish to'g'risida qaror yoki talabnomada keltirilgan belgini tovar belgisi sifatida ro'yxatdan 

o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror tayyorlanadi. 

95. Talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasi bo'yicha qaror chiqarilgunga qadar talabnoma 

beruvchiga ushbu belgining Qonunning 15-moddasi 2-qismi va ushbu Qoidalarning 97-bandiga 

muvofiqligini tekshirish natijalari bo'yicha so'rovnoma yuborilishi mumkin. So'rovnomada keltirilgan 

sabablarga asoslangan javob berish taklif etiladi. 

96. So'rovnomada talabnomada ko'rsatilgan belgini tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazishni 

rad etish uchun Qonun va ushbu Qoidalarga asoslangan sabablar keltiriladi. So'rovnoma javob 

yuborilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida so'rovnomaga javob yoki javob muddatini uzaytirish 

haqidagi iltimosnoma taqdim etilishi kerak. Talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasi so'roviga 

javoban olinmagan yoki talabnoma beruvchi javob berish muddatini buzgan va shu muddatni 

uzaytirish haqida iltimosnoma bermagan holda talabnoma bo'yicha tovar belgisi sifatida ro'yxatdan 

o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi. 

97. Talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasi davomida quyidagilar amalga oshiriladi: 

a) talabnoma materiallarining va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Qoidalarning 5-31-

bandlarida ko'zda tutilgan talabnoma tarkibi va rasmiylashtirishga bo'lgan talablarga muvofiqligini 

qayta tekshirish; 

b) tovarlar va xizmatlar ro'yxatini va ularning TXXK sinflari bo'yicha guruhlanishi to'g'riligini 

tekshirish; 

v) Qonunning 12-moddasiga ko'ra tovar belgisi ustivorligini belgilash; 

g) talabnomada ko'rsatilgan belgining Qonunning 3, 10-moddalariga va ushbu Qoidalarning 4-

bandiga muvofiqligini tekshirish; 

98. Tovarlar va xizmatlar ro'yxatini tekshirish davomida quyidagilar aniqlanadi: 

a) talabnoma beruvchi tomonidan tovar va xizmatlarni belgilash uchun foydalanilgan 

atamalarning TXXKning biron bir sinfidagi aniq tovar yoki xizmat bilan ushbu Qoidalarning 27-bandi 3-

qismi talablariga muvofiq bir xil identifikasiya qilish imkoniyati; 

b) talabnoma beruvchi tomonidan tovar va xizmatlarning TXXK sinflari bo'yicha to'g'ri 

guruhlanganligi. 

Talabnomada ko'rsatilgan tovarlar va xizmatlar ro'yxatini tuzatish zaruriyati tug'ilsa, ekspertiza 

talabnoma beruvchidan tegishli aniqliklar kiritishni so'rashga haqlidir. Agar TXXKning talabnoma 

beruvchi tomonidan sanab o'tilgan tovarlarga mos sinflari soni talabnomani topshirish uchun patent 



boji to'langan sinflar sonidan ortiq bo'lsa, talabnoma beruvchiga bojning yetishmagan qismini to'lash 

yoki huquq hajmini cheklash (talabnomada keltirilgan belgini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan TXXK 

sinflari sonini qisqartirish) to'g'risida bildirishnoma yuboriladi. 

Talabnoma beruvchi tomonidan patent bojining yetishmagan qismini to'lashdan yoki huquq 

hajmini kamaytirishdan bosh tortsa belgi ekspertizasi TXXKning bo'lib keltirilgan sinflariga nisbatan 

o'tkaziladi. 



18-§. Tovar belgisi ustuvorligini belgilash 

99. Tovar belgisining ustuvorligi Patent idorasiga tarkibida talabnoma beruvchi va uning 

joylashgan manzili yoki yashash joyi, talabnomada keltirilgan belgi, uning tavsifi va tovar belgisini 

ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovar va xizmatlar ro'yxati keltirilgan ariza bo'lgan talabnoma 

topshirilgan sana bo'yicha belgilanadi. Agar talabnomada dastlab yuqorida sanab o'tilgan ma'lumotlar 

va/yoki hujjatlardan biri bo'lmagan bo'lsa, tovar belgisining ustuvorlik sanasi deb, yetishmagan 

ustuvorlikni belgilash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlrni o'z ichiga olgan hujjatlarning eng oxirgisi kelib 

tushgan sana hisoblanadi. 

Tovar belgisining ustuvorligi shuningdek Parij konvensiyasiga a'zo davlatda berilgan birinchi 

talabnoma sanasi bo'yicha yoki Parij konvensiyasiga a'zo davlatlardan birining hududida tashkil 

qilingan rasmiy yoki rasmiy tan olingan xalqaro ko'rgazmada ushbu belgi bilan belgilangan 

eksponatlarning ochiq namoyish qilingan sanasi bo'yicha belgilanishi mumkin, agar Qonunning 12-

moddasi 2-, 3- va 4-qismida ko'zda tutilgan talablarga rioya qilingan bo'lib, talabnoma beruvchi 

tomonidan so'ralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar taqdim etilgan bo'lsa. 

100. Qonunning 12-moddasi ikkinchi va to'rtinchi qismiga muvofiq konvensiya ustuvorlik 

so'ralgan holda quyidagilar tekshiriladi: 

a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a'zo davlatda topshirilgan birinchi 

talabnomaning nusxasi mavjudligi; 

Agar ko'rsatilgan nusxa talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan keyin taqdim etilsa, 

talabnoma nusxasi taqdim etilishi lozim bo'lgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi; 

b) birinchi talabnoma topshirilgan sanadan xisoblanadigan konvensiya ustuvorligi so'ralgan 

talabnoma topshirilishi lozim bo'lgan olti oylik muddatga talabnoma beruvchi tomonidan rioya 

qilinganligi; 

v) konvensiya ustuvorligining belgilash haqidagi iltimosnoma Patent idorasiga talabnoma 

topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida berilganligi; 

g) talabnomada ko'rsatilgan belgini tovar va xizmatlr ro'yxatining birinchi talabnomadagi belgi 

va tovar va xizmatlar ro'yxatiga muvofiqligi. 

101. Ko'rgazma ustivorligi so'ralgan holda Qonunning uchinchi, to'rtinchi qismiga muvofiq 

quyidagilar tekshiriladi: 

a) ko'rgazma ustuvorligini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi ushbu Qoidalarning 11-bandida 

ko'zda tutilgan talablarga muvofiqligi; 


b) ko'rgazma ustuvorligi so'ralgan talabnoma Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo'lgan 

eksponat ko'rgazmasida ochiq ko'rsatib boshlangan sanadan boshlanadigan olti oylik muddatga rioya 

qilinganligi; 

v) ko'rgazma ustuvorligini belgilash to'g'risidagi iltimosni Patent idorasiga talabnoma kelib 

tushgan sanadan ikki oydan oshmagan muddatda taqdim etilishi; 

g) ko'rgazma ustivorligini belgilash so'ralgan belgi bilan belgilangan tovar ko'rgazmada 

namoyish qilingan bo'lsa, talabnomada ko'rsatilgan belgi namoyish etilgan tovarlardagi belgilarga 

muvofiqligi. 

102. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 100- va 101-bandida ko'rsatilgan 

talablarda birortasi bajarilmasa, tovar belgisining ustuvorligi ushbu Qoidalarning 99-bandining birinchi, 

ikkinchi qismiga muvofiq belgilanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi. 

19-§. Talabnomada ko'rsatilgan belgining muhofazaga layoqatliligini tekshirish 

103. Talabnomada ko'rsatilgan belgining Qonunning 3- va 10-moddalarida va ushbu 

Qoidalarning 4-bandida belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. 

Agar talabnomada ko'rsatilgan belgi elementlari sifatida ushbu Qoidalarning 4-bandi (i-m) 

bandchalarida ko'rsatilgan belgilardan birini o'z ichiga olsa yoki faqat ushbu qoidalarning 4-bandi (a-z) 

bandchalarida ko'rsatilgan belgilardan iborat bo'lsa shu belgini tovar belgisi sifatida ro'yxatga olish 

mumkin emasligi haqida xulosaga kelinadi. Agar talabnomada ko'rsatilgan belgi faqat ushbu 

Qoidalaning 4-bandi (a-z) bandchasida ko'zda tutilgan muhofazaga layoqatli bo'lmagan belgilardan 

iborat bo'lmasa lekin ulardan birini o'z ichiga olgan bo'lsa: 

a) ushbu Qoidalarning 4-bandi (a-g) bandchalarida ko'rsatilgan belgilar mavjud bo'lgan holda 

tegishli vakolatli organ yoki ularning egalarining roziligi tasdiqlangan hujjat mavjudligi tekshiriladi. 

Bunday roziliksiz tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi; 

b) ushbu qoidalarning 4-bandi (d, e, j, z,) bandchalarida ko'rsatilgan belgilar mavjud bo'lgan 

holda ular tovar belgisida ustun mavqeiga egaligi tekshiriladi. 

104. Barcha elementlarda belgi boshqa belgi bilan mos tushsa aynan bir xil deb hisoblanadi. 

Agar belgi belgiga umuman olganda o'xshash bo'lsa, alohida farqlariga qaramasdan boshqa belgi bilan 

aralashtirib yuborish darajasida o'xshash deb hisoblanadi. Aynan bir xillik va o'xshashlikni tekshirishda 

quyidagi amallar bajariladi: 

a) aynan bir xil va o'xshash belgilar qidiruvi o'tkaziladi; 

b) talabnomada ko'rsatilgan va qidiruvda topilgan belgilarning o'xshashlik darajasi aniqlanadi; 

v) talabnomada ko'rsatilgan tovarlarning (belgilar) ro'yxatga olingan (talabnoma berilgan) tovar 

belgilari bilan bir xilligi aniqlanadi. 

105. Qonunning 10-moddasi 13-bandiga ko'ra aynan bir xillik va aralashtirib yuborish darajasida 

o'xshashlikka qidiruv quyidagi belgilar orasida o'tkaziladi: 



a) ekspertiza o'tkazilayotgan tovar belgisi ustuvorligidan avval bir xil tovarlarga O'zbekiston 

Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilgan yoki boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma 

berilgan, nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan tovar belgilari; 

b) Parij konvensiyasining 6-bis moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida umum e'tirof 

etilgan tovar belgilari; 

v) O'zbekiston Respublikasida belgilarni xalqaro ro'yxatdan o'tkazish haqidagi Madrid bitimiga 

muvofiq xalqaro ro'yxatdan o'tkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgilari; 

g) ushbu Qoidalarning 4-bandi (i) - (z) bandchalaridagi shartlarni hisobga olgan holda tovar 

kelib chiqqan joy nomlari; 

d) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish 

darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar. 

106. So'zli belgilarning o'xshashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslanadi:  

a) so'zli belgilar bilan;  

b) tarkibiga so'zli belgilar kirgan jamlama belgilar bilan;  

So'zli belgilar o'xshashligi tovushli (fonetik), grafik (ko'z bilan ko'radigan) va mazmunan 

(semantik) bo'lishi mumkin. 

107. Tovushli o'xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:  

a) taqqoslanayotgan belgilarda yaqin va mos tushadigan tovushlar mavjudligi;  

b) belgilarni tashkil qiluvchi tovushlarning yaqinligi;  

v) yaqin tovushlar va tovush birikmalarining bir-biriga nisbatan joylashishi;  

g) mos bo'g'inlar mavjudligi va ularning joylashishi;  

d) belgilardagi bo'g'inlar soni;  

e) mos tovush birikmalarining belgi takibidagi o'rni;  

j) unli tovushlar tarkibining yaqinligi;  

z) undosh tovushlar tarkibining yaqinligi;  

i) belgilari bir-biriga mos qismlarining xarakteri;  

k) bir belgining ikkinchisiga kirishi;  

l) urg'u.  

108. Grafik o'xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:  

a) umumiy ko'rish taassuroti;  

b) shrift turi;  


v) harflar xarakterini hisobga olgan holda grafik yozilishi (bosma yoki yozma, bosh yoki kichik 

harf); 


g) harflarning bir-biriga nisbatan joylashishi; 

d) so'z harflari yozilgan alifbo; 

еe) rang yoki ranglar uyg'unligi; 

109. Mazmunan o'xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi: 

a) belgilarda ifodalangan tushunchalar, g'oyalarning o'xshashligi xususan, belgi mazmunining 

turli tillarda mos kelishi; 

b) belgining mantiqiy urg'u berilgan va mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan birorta elementning 

mos tushishi; 

v) belgida ifodalangan tushuncha, g'oyalarda qarama-qarshiligi; 

110. Ushbu Qoidalarning 107-109- bandlarida sanab o'tilgan alomatlar har biri alohida va turli 

birliklarda hisobga olinishi mumkin. 

111. Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning o'xshashligini aniqlash uchun ularni 

quyidagilar bilan taqqoslanadi: 

a) tasviriy belgilar bilan; 

b) hajmli belgilar bilan;  

v) tarkibiga tasviriy va hajmli elementlar kirgan jamlama belgilar bilan.  

112. Tasviriy va muayan shakldagi hajmli belgilarning o'xshashligi quyidagi alomatlar asosida 

aniqlanadi: 

a) tashqi shakli; 

b) simmetriya mavjudligi va mavjud emasligi; 

v) mazmuni; 

g) tasvir ko'rinishi va xarakteri (tabiiy, o'ziga xosligi, hajviy) va h.k.); 

d) rang uyg'unligi;  

Sanab o'tilgan alomatlar har biri alohida va turli birikmalarda hisobga olinishi mumkin.  

113. Jamlama belgining o'xshashligini aniqlash uchun quyidagilar bilan taqqoslanadi:  

a) jamlama belgilar bilan;  

b) tekshirilayotgan jamlama belgi tarkibiga uning elementi sifatida kiradigan belgilar turi bilan.  


Jamlama belgilarning o'xshashligini aniqlashda ushbu Qoidalarning 106-112-bandlarida 

keltirilgan alomatlardan foydalaniladi va aynan o'xshash yoki o'xshash elementning talabnomada 

ko'rsatilgan belgidagi holatning ahamiyati tekshiriladi. 

114. Tovarlarning bir xil jinsliligini belgilashda iste'molchida shu tovarlar bitta ishlab 

chiqaruvchiga qarashli degan tasavvur paydo bo'lish ehtimoli aniqlanadi. Tovarlarning bir jinsliligini 

belgilashda tovarlarning turi vazifasi, ular tayyorlangan material turi, tovarlarni sotish sharti iste'molsi 

doirasi va boshqa alomatlar. 

20-§. Qo'shimcha materiallarni so'rash 

115. Agar qo'shimcha materiallarsiz talabnomada ko'rsatilgan belgining ekspertizasini o'tkazish 

mumkin bo'lmasa Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga so'rovnoma 

yuboriladi. 

So'rovnoma yuborish uchun quyidagi shartlar asos bo'lishi mumkin: 

a) ushbu Qoidalarning 7-11- va 28-30-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi; 

b) tovar va xizmatlar ro'yxati va tasnifni aniqlashtirish zarurligi; 

v) talabnomada ko'rsatilgan tovar va xizmatlar ro'yxati tasnifini aniqlashtirish natijasida 

to'langan patent boji TXXK sinflari soniga to'g'ri kelmasligi aniqlansa, bojning yetishmagan qismini 

to'lash zarurligi. Bu xolda talabnoma beruvchiga agar patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat 

taqdim etilmagan yoki o'z huquqlar hajmini kamaytirish rad etilgan taqdirda talabnomada ko'rsatilagan 

belgi ekspertizasi talabnomada birinchi ko'rsatilgan sinflarga nisbatan o'tkaziladi; 

g) talabnomada ko'rsatilgan belgi tasviriga aniqlik kiritish zarurligi; 

d) barcha tovarlar va xizmatlar yoki ularning bir qismi uchun ro'yxatdan o'tkazishga avvalroq 

topshirilgan o'xshash tovar belgilari yoki belgilar aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan savollarni hal 

qilish zarurligi. 

Yuqorida keltirilgan asoslar bo'yicha tuzilgan so'rovnomaga talabnomani ko'rib chiqishda kelib 

chiqqan boshqa xarakterdagi savollar va shuningdek, ustuvorlikni belgilash bilan bog'liq savollar 

kiritilishi mumkin. 

116. Taqdim etilgan hujjat yoki ma'lumotlar istalgan birorta xaqiqiyligi (ishonchli) bo'yicha 

ekspertizada asosli shubha tug'ilsa ekspertiza talabnoma beruvchidan tasdiqlovchi isbot ma'lumotlarini 

so'rashga haqli. 

117. Ekspertizaning so'rovnomada keltirilgan fikri xususan Qonun moddalariga, ushbu Qoida va 

boshqa me'yoriy hujjatlarga izoh berilgan holda asoslangan bo'lishi kerak. 

118. Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza so'rovnomasi bo'yicha taqdim etilgan 

qo'shimcha materiallar ushbu Qoidalarning 119- va 120-bandlariga muvofiq ko'rib chiqiladi. 



21-§. Qo'shimcha materiallarni tekshirish 

119. Patent idorasining so'rovnomasi bo'yicha talabnoma beruvchi tomonidan qo'shimcha 

material taqdim etilgan holda ularning taqdim etishga belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi 

tekshiriladi. 

120. Talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasining so'rovnomasi bo'yicha yoki o'z 

tashabbusiga ko'ra qo'shimcha materiallar kelib tushgan va ko'rib chiqishga qabul qilingan holda, ular 

talabnoma mohiyatini o'zgartirmasligi tekshiriladi. Qo'shimcha materiallar talabnoma mohiyatini 

o'zgartiradi deb e'tirof etiladi, agar: 

a) ular talabnomada ko'rsatilgan belgi o'zgartirish kiritsa; 

b) ular tovar va xizmatlar ro'yxatiga talabnomada ko'rsatilmagan tovarlar va xizmatlarni qo'shsa. 



22-§. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi qaror 

121. Talabnomada ko'rsatilgan belgi talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan tovarlar va 

xizmatlar ro'yxatidagi barcha tovar va xizmatlar uchun Qonunning 3- va 10-moddalarida belgilangan 

talablarga javob berishi aniqlansa, shu ro'yxatda berilgan tovar va xizmatlar uchun tovar belgisini 

ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinadi. 

122. Agar talabnomada ko'rsatilgan belgi ushbu Qoidalarning 121-bandida ko'rsatilgan 

talablarga tovarlar va xizmatlarning bir qismi uchun javob bersa, tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazish 

to'g'risidagi qaror tovarlar va xizmat shu qismiga nisbatan qabul qilinadi. 

123. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish o'g'risidagi qarorda tovar belgisida muhofaza 

qilinmaydigan elementlar ko'rsatiladi. Agar ro'yxatdan o'tkazishga belgi rangli tasvirda berilsa tovar 

belgisini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi qarorda belgidagi rang yoki ranglar uyg'unligi ko'rsatiladi. 

124. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi qarori ro'yxatdan o'tkazish sanasiga qadar 

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xususan Sanoat mulki muhofazasi bo'yicha Parij 

konvensiyasi va Belgilarni xalqaro ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi Madrid bitimi asosida avvalroq 

ustuvorlikka ega bo'lgan aynan o'xshash yoki aralashtirib yuborish darajasida o'xshash tovar belgisiga 

talabnoma kelib tushish munosabati bilan qayta ko'rib chiqishi mumkin. 



23-§. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror 

125. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o'tkazilgan 

talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasini o'tkazish natijasida belgi tovar va xizmatlar ro'yxatining 

hammasi uchun ushbu qoidalarning 4-bandida keltirilgan talablarga muvofiq kelmasa, talabnoma 

beruvchiga tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror yuboriladi. 



Document Outline

  • Qisqartirishlar ro'yxati
  • I bob. Tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnomatuzish va topshirish.Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar
    • 1-§. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnoma
    • 2-§. Talabnomaning tarkibi
    • 3-§. Hujjatlarni rasmiylashtirish
    • 4-§. Talabnomani topshirish
  • II bob. Patent idorasi bilan tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnoma bo'yichaishlarni olib borish
    • 5-§. Vakil tayinlash
    • 6-§. Patent idorasi bilan yozishmalar olib borish
    • 7-§. Muddatlar
    • 8-§. Talabnoma hujjatlariga qo'shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish
    • 9-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish
    • 10-§. Talabnomani ko'rib chiqish jarayonida ekspertiza tomonidan ko'rsatilgan materiallarbilan tanishish
    • 11-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish
    • 12-§. So'ralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish
    • 13-§. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash
    • 14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish
  • III bob. Talabnomani ko'rib chiqish
    • 15-§. Kelib tushgan talabnomani ro'yxatga olish
    • 16-§. Rasmiy ekspertiza
    • 17-§. Talabnomada ko'rsatilgan belgi ekspertizasi
    • 18-§. Tovar belgisi ustuvorligini belgilash
    • 19-§. Talabnomada ko'rsatilgan belgining muhofazaga layoqatliligini tekshirish
    • 20-§. Qo'shimcha materiallarni so'rash
    • 21-§. Qo'shimcha materiallarni tekshirish
    • 22-§. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi qaror
    • 23-§. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror

Download 164.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling