Qo’l to’pi o’yinida tayyorgarlik turlarining o’rni va ahamiyati reja
O’yinchilarni taktik tayyorgarliklarini oshirish
Download 51 Kb.
|
QO'l topi
4. O’yinchilarni taktik tayyorgarliklarini oshirish.
Taktik tayyorgarlik. – Jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonida mashg’ulotning juda muhim va murakkab qismi hisoblanadi. Raqib jamoasi ustidan g’alaba qozonishda jismoniy texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda o’z imkoniyatlaridan to’g’ri va ustalik bilan foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Gandbolchilarning taktik ko’nikmalarini takomillashtirishda o’zlashtirilgan va o’rganilgan mashqlarni ko’p marta takrorlash taktikadagi ta’lim va mashg’ulotning asosiy uslubi (metodi) hisoblanadi. Ruhiy tayyorgarlik, gandbolchilarning ruhiy tayyorgarligi umumiy ruhiy tayyorgarlikni va oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikni o’z ichiga oladi. Aqliy – irodaviy xislatlarni tarbiyalash umumiy ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifasidir. G’alaba qilishga intilishni o’yinchiga doimiy ravishda uqtirish lozim bo’ladi. Bunday intilishning eng ta’sirchan usuli ijtimoiy burch va jamoa oldida javobgarlikni his etish hisoblanadi. Ayrim o’yinchilarga, guruhlarga va butun jamoaga maxsus topshiriqlar berish katta ahamiyat kasb etadi. O’yin natijasini ahamiyatini, g’alaba qilish zarurligini hadeb eslataverish ham hamisha yaxshi natija bermaydi. Har bir sportchi o’yinchida irodaviy sifatlar yuqori darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Dadillik, qat’iyatlik, bosiqlik va esankiramaslik, tashabbuskorlik, intizomlilik asosiy irodaviy hislatlardir. Bu hislatlar o’quv mashg’ulotlari jarayonida tarbiyalanadi. Belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarlik, gandbolchi organizmining imkoniyatlarini hamda undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Bunday imkoniyatlarning darajasi ularning tayanch muskul tizimining ishchanligida aniq namoyon bo’ladi. Mashg’ulotlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlar mustahkam bo’lishi uchun o’yinchi uzoq vaqt davomida o’ziga xos maxsus ishni bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Gandbolda harakat faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun mashg’ulotni turli tezlikda bajariladigan mashqlarni qisqa vaqt, ancha uzoq vaqt, sust va faol dam olishni almashlab olib borish mumkin. O’yin harakatlarining tavsifi to’xtab-to’xtab o’tladigan bo’lgani uchun, u nafas olish jarayonining eng ko’p miqdorda kuchaytirilishi talab qilinadi. Gandbolchilarning vazifalarni bajarish tayyorgarligini oshirishda maxsus vositalardan foydalaniladi. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling