Qo’l yozma huquqida
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari(1)
Korxona
Resurslarni jamlash, g’oyalar hosil qilish
Innovatsiya salohiyati
Innovatsion xatar
Innovatsion faollik
Innovatsiya faoliyatidan daromad olinishi va taqsimlanishi Rivojlanish
Mahsulotning raqobatbardoshligi darajasini oshirish, korxonaning iqtisodiy o’sishi
Yangi tovarning innovatsion yaratilishi, bozorga chiqarilishi
23
- bozor strategiyasini ishlab chiqarish; korxona rivoji uchun asosiy maqsadlarni aniqlash; - mos keluvchi byudjetni shakllantirish. Biroq, klassik
investitsiya loyihasi bilan innovatsiya loyihasini solishtirganda quyidagi xususiyatlar bilan farqlanadi: - ko’pchilik hollarda innovatsiya loyihasi unda hamkor korxonalar ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKIni o’tkazuvchi yoki innovatsiyalarni tadbiq etishda ishtirok etuvchilar)ni ko’zlagani sababli asosiy korxonaga to’g’ri keluvchi xarajat va natijalarni umumiy oqimdan ajratib olish muammosi vujudga keladi. Ushbu innovatsiya loyihasida qatnashuvchi innovatsiya faoliyati sub’ektlari soni ortib boradi. Innovatsiya loyihalari ko’pincha o’zining asosida yangi texnik echimlardan foydalanish bilan bog’liq. Bu esa, intellektual mulk ob’ektlariga xuquqiy portfeli shakllanishida, o’z nomoddiy aktivlar hisobiga yoki litsenzion kelishuvlar asosida olingan xuquqlar hisobiga muammo yuzaga keladi; innovatsiya loyihasi loyihaning ham texnik, ham tijoriy ko’rsatkichlar bo’yicha yuqori darajali noaniqlik bilan ajralib turadi. Bu esa, dastlabki moliyaviy iqtisodiy baholashning ishonchliligini pasayishiga olib keladi va qo’shimcha baholash mezonlarini qo’llash mo’ljallanadi; - innovatsiya loyihasini amalga oshirishda asosiy e’tiborni ITTKI bosqichiga qaratilishi lozim. Bu bosqich natijasi asosida loyihani amalga oshirishni davom ettirish yoki to’xtatish xaqida tezkor qaror qabul qiladi; - innovatsiya loyihasi yangi texnik echimlarni yaratishga nisbatan tijoriy ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni olish uchun yuqori ehtimollik bilan ajralib turadi. Innovatsiya loyihalari biznes-rejasini ishlab chiqishda uning alohida bosqichlarini ajratish muhim. Chunki har bir bosqich o’zida davrni namoyon etib, uni amalga oshirish bo’yicha ko’zlangan tadbirlar jarayonida o’tkaziladi. Har bir bosqichning maqsadi keyingi bosqichga o’tish to’g’risidagi qarorni qabul qilishni hisobga oluvchi texnik informatsiya yig’ish hisoblanadi. Innovatsiya loyihalari g’oyalar, fikrlar va texnik echimlarning ilmiy-texnik
24
ahamiyati darajasi bo’yicha quyidagi tarzda tasniflanadi: - modernizatsion loyihalar, bunda namuna konstruktsiyasi yoki asosiy texnologiya tub o’zgarmaydi; - novator loyihalar, bunda yangi buyum konstruktsiyasi turiga va elementlari xossalariga qarab oldingisidan jiddiy farq qiladi (yangi xossalarni qo’shish, masalan, ushbu turdagi buyumlarda ilgari qo’llanilmagan avtomatlashtirish vositalarini, lekin boshqa turdagi buyumlarda qo’llangankiritish); - ilgarilab boruvchi, bunda konstruktsiya ilgarilab boruvchi echimlarga asoslanadi; - oldingi va hattoki, yangi funktsiyalarni bajaradigan konstruktsiyalar va texnologiyalar. Loyihaning ahamiyat darajasi uning murakkabligi, davomiyligi, ijrochilar tarkibi, ko’lami, natijalarni ilgari surish xususiyati bilan belgilanadi, bu loyihani boshqarish mazmuniga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy innovatsiya loyihalari, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo’lavermasligini hisobga olish zarur. Shuning uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo’ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo’yicha to’lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda investor o’ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi. Ushbu ko’rsatkichlarning hammasini investorlarni kapital ajratishga ishontirish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirish kerak.
Innovatsiya loyihasi etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo’lajak investor loyiha bilan tanishganda mo’ljallanayotgan dastur haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim. Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlarini quyidagi 3-rasm orqali ifodalash mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling