Qo’l yozma huquqida
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xususiyatlari(1)
SJQ=F / (1+R)
1 + F / (1+R) 2 + ..... + F/(1+R) n - BI S , (2) bu erda: SJQ - sof joriy qiymat; F - foyda; R - diskont stavkasi; n
- davr; BI S - boshlang’ich investitsiyalar summasi.
Hisoblangan SJQ>0 bo’lsa, investitsiyalarning foydaliligi diskont me’yoridan yuqori bo’ladi, SJQ=0 bo’lsa, investitsiyalarning foydaliligi minimal qoplash koeffitsientiga (yoki diskont me’yori) teng bo’ladi, SJQ<0 bo’lsa, unda investitsiyalarning foydaliligi minimal qoplash koeffitsientidan past bo’ladi. Shuni ta’kidlash joizki, SJQni hisoblashda, agar pul oqimlari nominal ko’rsatkichlarda berilgan bo’lsa, ya’ni inflyatsiyani hisobga olsa, u holda diskont stavkasi ham nominal bo’lishi lozim, biroq daromad rel miqdorlarda aks ettirilgan bo’lsa, ya’ni inflyatsiyani hisobga olmasa, u holda real diskont stavkasini qo’llash lozim. Loyiha bo’yicha SJQ quyidagiga teng: SJQ
8 = 60935 / (1+0,15) 1 + 52315 / (1+0,15) 2 + 62482 / (1+0,15) 3 +
4 + 82541 / (1+0,15) 5 + 83038 / (1+0,15) 6 + 83019 / (1+0,15) 7 +
8 _ 206015 = 310126,7 – 206015 = 104111,7 AQSh doll.
Xullas, loyihaga investitsiya qilishning maqbulligini SJQ mezonini qo’llash orqali hal qilish mumkin, ya’ni investitsiya qilish mumkin, agar investitsiyalardan kelgusida kutilayotgan daromadlarning keltirilgan qiymati investitsiyalash xarajatlaridan yuqori bo’lsa. Yuqoridagilardan kelib chiqib, fikrimizcha, loyiha iqtisodiy tanlovdan o’tishi uchun ikki shartga muvofiq 66
bo’lishi lozim: loyihani tatbiq qilishdan kutilayotgan foydaning SJQ salbiy bo’lmasligi, ya’ni SJQ>0 bo’lishi lozim; loyihadan kutilayotgan SJQ muqobil o’zaro ziddiyatli loyihalardan kutilayotgan SJQga teng yoki undan yuqori bo’lishi lozim. Korxonalarda loyiha qarorlarining samaradorligini baholashda investitsiyalar rentabelligi (IR) ko’rsatkichi keng qo’llaniladi. IR keltirilgan samara summasining kapital qo’yilmalar miqdoriga nisbatini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich qanday holatda korxona boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi. Biz tahlil qilayotgan kichik biznes loyihasining investitsiyalar rentabelligi 1,5 koef. teng, ya’ni IR = 310126,7 / 206015 = 1,5. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ushbu innovtsiya loyihasi aniq ma’lumotlar asosida puxta hisob-kitob va tahlillar asosida ishlab chiqilgan hamda unin amalga oshirish natijasida o’z samarasini ko’rsatgan.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling