Qo’llanmalarni o’rganish va ular o’rtasidagi uzviylikni tahlil etish
Download 11,69 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish mavzulari met
Mustaqil ish mavzulari 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus ta’lim muassasalari uchun biologiyadan tuzilgan DTS, o’quv dasturi, darsliklar va metodik Qo’llanmalarni o’rganish va ular o’rtasidagi uzviylikni tahlil etish; 2. Institut portali va tarqatma materiallar asosida muayyan nazariy masalalami mustaqil o’rganish va ma’ruza tayyorlash; 3. Biologiyadan yaratilgan elektron darsliklami o’rganish va biologiya darslarida foydalanish bo’yicha dars ishlanmalarini loyihalash; 4. Biologiya darslarida foydalaniladigan slaydlar tayyorlash; 5. Biologiya o’qitish metodikasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan anjumanlar uchun ma’ruza va taqdimot materiallari tayyorlash; 6. Biologiya o’qitish metodikasining xususiy masalalarini metodik qo’llanmalar orqali o’rganish va ma’ruzalar tayyorlash; 7. Botanika o’qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, “Gul”, “Meva va urug’lar” mavzusini o’rganish metodikasini ishlab chiqish; 8. Zoologiya o’qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, Yassi, yumaloq, halqali chuvalchanglar tipini o’rganish metodikasi. 9.Odam va uning salomatligi o’qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, “Tayanch-harakatlanish sistemasi” mavzusini o’rganish metodikasi. Darslar tizimi. 10. Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari) o’qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, “Sitologiya asoslari” mavzusini o’rganishda laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish usuli. 11. Biologiya (Evolyutsiya va ekologiya asoslari) o’qitish metodikasi xususiy masalalari jumladan “Ekologiya asoslari” mavzusini o’rganish metodikasi. Darslar tizimi. 12. Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli-taqvim reja tuzishning ahamiyati. Biologiyadan oʻquv ishlarini tashkil etish, yillik-takvim reja tuzish. 13.Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarning maqsadi, vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan oʻrni. 14. Oʻqitish vositalari. 15. Biologiyadan darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va oʻtkazish. Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma Referat Adabiyotlar sharhi Glossariy Test savollari Taqdimot 10-15betdan adabiyotlar keltiriladi. (kamida 5 ta) atamalar izohi kamida 10 ta Izoh! Har bir talaba ro’yxatdagi barcha mavzularni o’zlashtirib chiqqan holda ixtiyoriy mustaqil ta’lim mavzusini tanlaydi va yuqoridagi talablarga binoan javob taqdim etadi. Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar listga yoziladi hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Download 11,69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling