2.5-rasm. Datchikda qo'llanilayotgan DXK - 0.5 A Xoll elementi
Ток kuchiga va magnit maydon induksiyasiga proporsional bo'lgan Xoll kuchlanishi +U va -U kuchlanishlar orasida aniqlanadi. Elementning boshqaruvchi tokning nominal qiymatida sezgirligi 3 mA ga, va - 280 mV/Tl ga teng. Kuchlanish va tokning yo'nalishi В magnit induksiyasi vektoriga mos tushadi. Bu yo'nalish 16-rasmda ko'rsatilgan. Bunda qoldiq chiqish kuchlanishi 7 mV dan oshmaydi. Kirish qarshiliklari (I chiqishlar orasidagi) - 1.8 ...3 kOm, chiqish qarshiligi (U chiqishlar orasidagi) esa 3 kOm dan oshmaydi. Agar sezgirligi noma'lum bo'lgan Xoll elementi bo'lsa, uni tajriba yo'li bilan aniqlash mumkin[8,9]. Buning uchun elementni uzunligi d gat eng bo'lgan havo tirqishiga joylashtiriladi. Bunday magnit o'tkazgich o'ramlar soni aniq bo'lishi lozim. O'ramlar orqali o'zgarmas elektr toki o'tkazilib, sezgirlikni quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
Datchik tokining chizmasi 2.8-rasmda keltirilgan. Bu rasmda tasvirlangan Tl transformator ham magnit o'tkazgich oralig'ida joylashtirilgan. Xoll elementi Bl ham keltirilgan. Kuchaytirgich ОУ DAI va VT2, VT3 tranzistorlaridan tuzilgan. VT1 transformatoridagi stabilizator Xoll elementi orqali o'tayotgan tokni boshqarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |