Qon bosimi oshishi (gipertoniya) — sabablari, belgilari, tasnifi, davolash


Download 66.05 Kb.
bet5/5
Sana17.01.2023
Hajmi66.05 Kb.
#1098054
1   2   3   4   5
Bog'liq
QON BOSIMI OSHISHI (GIPERTONIYA)

Tiazid diuretiklar — bu dorilar organizmda suyuqlik darajasini kamaytiradi va natijada qon bosimi pasayadi;

  • Sartanlar (angiotenzin II retseptorlari blokatori) — 1990-yillardan buyon ishlatiladi. Zamonaviy dorilar qatoriga kiradi, bir martalik qabuldan keyin 24 soat davoimda qon bosimini me’yorda ushlaydi;

  • Kalsiy antagonistlari — yurak anomaliyalari, aritmiyalar, stenokardiya va miya aterosklerozi kuzatilganda tayinlanadi;

  • Beta-adrenoblokatorlar — yurak ritmini normallashtiradi;

  • Alfa-adrenoretseptor blokatorlari — qon tomirlarni juda ehtiyotkorlik bilan kengaytiradi.

    Davolash paytida bemorlar har qanday stress yoki hissiy zo’riqishdan yiroq bo’lganlari ma’qul. Bemorlar ochiq havoda: hovuz atrofida, bog’da, o’rmonda sayr qilishlari tavsiya etiadi. To’g’ri ovqatlanish gipertoniyani muvaffaqiyatli davolashda muhim hisoblanadi.

    OVQATLANISH TARTIBI


    Avvalo, kundalik ratsiondan «yomon» xolesterin va ko’p miqdorda tuz saqlagan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Ularga:

    • Yog’li go’sht;

    • Charvi;

    • Qovurilgan ovqatlar;

    • Dudlangan mahsulotlar;

    • Tuzlamalar kiradi.

    Tandirdan uzilgan yangi non o’rniga bir-ikki kun turgan nonni iste’mol qilish foydalidir. 
    Kundalik ratsionga servitamin, minerallarga boy bo’lgan va kasallikka qarshi kurashishga yordam beruvchi mahsulotlardan ko’proq kiritish kerak. Ularga:

    • Sabzavotlar;

    • Mevalar;

    • Rezavorlar;

    • Ko’katlar;

    • Sut mahsulotlari;

    • Parhezbop go’sht;

    • Loviya;

    • Guruch, grechka kabilar.

    Download 66.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling