Qon bosimini o’lchashda fizik va biofizik asoslari


Download 347.72 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi347.72 Kb.
#1791007
Bog'liq
fizika


Qon bosimini o’lchashda fizik va biofizik asoslari
Fizik parametr -qon bosimi - juda ko‘p kassalliklar diagnostikasida katta rol uynaydi.
Arteriyalarning birortasidagi sistolik va diastolik bosimlar tug‘ridan-tug‘ri manometrga ulangan igna yordamida o‘lchanishi mumkin. Lekin tibbiyotda N.S. Korotkov taklif etgan qonsiz usuldan keng miqyosda foydalaniladi. Bu usulning fizik asoslarini elka arteriyasidagi qon bosimini o‘lchash misolida ko‘rsak bo’ladi.
Elka bilan tirsak orasiga manjeta o‘raladi. Qo‘lga o‘ralgan manjetaning M, qo‘lning bir qismi R, elka suyagi P va elka arteriyasi A ning kesimlari ko‘rsatilgan. V shlang orqali manjetaga havo yuborilganda manjeta qo‘lni siqadi. So‘ngra shu shlang orqali havo sekin – asta chiqarila boshlaydi va B manometr yordamida manjetadagi bosim o‘lchanadi. SHu kismlarning o‘zidagi pozitsiyada xar bir holatga mos keluvchi elka arteriyasining bo‘ylama kesimlari ko‘rsatilgan. Boshida atmosfera bosimiga nisbatan manjetadagi havoning bosimi nolga teng, manjeta qo‘lni va arteriyani siqmaydi. Manjetaga ma’lum bir ulchovda havo damlangani sari manjeta elka arteriyasini siqa boshlaydi va qonning oqishi to‘xtaydi
Agar muskullar bo‘shashtirilgan bo‘lsa elastik devorlardan iboart bo‘lgan manjeta ichidagi bosim taxminan manjetaga tegib yumshoq to‘qimalardagi bosimga teng bo‘ladi. Bosimni qonsiz usulda o‘lchashning asosiy fizik g‘oyasi manna shundan iboratdir
Havoni asta –sekin chiqarib, manjetadagi va o‘nga tegib turgan yumshoq to‘qimalardagi bosim kamaytirib boriladi. Kachonki bosim sistolik bosimga teng bo‘lsa qon qattiq sikilgan arteriya orqali otilib chikish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bunda turbulent oqim yuzaga keladi.
Vrach bosimni o‘lchashda fonendoskopni arteriya ustiga manjetadan chetroqqa (yani yurakdan ancha o‘zoqrok joyga) qo‘yib, turbulent oqimga talluqli bo‘lgan va u bilan birgalikda yuzaga kelgan ton va shovkinlarni eshitib ko‘radi. Manjetadagi bosimni kamaytirib borib, laminar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko‘rilayotgan tonlarning birdaniga pasayib ketishidan bilish mumkin. Arteriyada laminar oqimning tiklanishiga mos keluvchi mandjetadagi bosim diastolik bosim kabi qayd etiladi. Arterial bosimni o‘lchash 14-rasmda ko‘rsatilgan asboblardan foydalaniladi: a- simobli manometri bo‘lgan sfigmomanometr, b- metall membranali manometri bo‘lgan sfigmomanometr; bu erda M – manjeta, G- manjetaga havoni haydovchi rezina nok, R- manometr
Download 347.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling