Qon fiziologiyasi va uning funksiyalari bilan tanishish


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 103.14 Kb.
bet19/39
Sana22.01.2023
Hajmi103.14 Kb.
#1109456
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Foydalanilgan adabiyotlar

  • Odam va hayvon fiziologiyasi , K.T Almatov , Toshkent “Universitet” – 2004

  • Odam va Hayvonlar fiziologiyasi , Rajamurodov Z.T , «Tib kitob» nashriyoti Toshkent - 2010 yil

  • Odam fiziologiyasi , E.Nuritdinov , Toshkent “ ALOQACHI” - 2005



16-Mavzu: Organ va to’qimalarda qon aylanishi
Reja:
1.O’pkada qon aylanishi.
2.Miyada qon aylanishi.
O'pkada qon aylanishi. O'pka har ikkala qon aylanish doirasidan qon oladi: kichik qon aylanish doirasidan o'pka arteriyasi orqali vena qonini va katta qon aylanish doirasidan bronxlar arteriyasi orqali arteriya qonini oladi. O'pka arteriyasidan keladigan venoz qon o'pkada kislorodga boyiydi, bronxlar arteriyasi esa o'pka to'qimasini arterial qon bilan ta’minlydi. Kichik qon aylanish doirasi bilan katta qon aylanish doirasi tomirlari o'pkada anastomozlar hosil qilib, bir-biriga tutashgan. Bu anastomozlardan qon faqat bir tomonga - bronxlar arteriyasining kapillyarlaridan o'pka arteriyasining kapillyarlariga qarab oqadi. O'pka arteriyasi bir muncha kalta, undagi qon bosimi ham bir muncha past. Odamlarning o'pka arteriyasida qon bosimi o'lchanganda maksimal bosim (simob ustuni bo'yicha) 25-30mm.ga teng ekanligi aniqlangan. Minimal bosim 5-10 mm. ni, puls bosimi 15-20 mm. ni tashkil qiladi. Demak, o'pka arteriyasidagi o'rtacha bosim aortadagi o'rtacha bosimdan 5-6 barobar kamroqdir. Shunday ekan otlaming o'pka arteriyasidagi qon bosimi (simob ustuni bo'yicha) 30-60 mm, qoramollarda 40-88 mm, itlarda esa sistolik bosim 40 mm, diastolik bosim 10 mm ga teng. Nafas olganda bosim pasayib, nafas chiqarganida ko'tariladi. O'pkadagi kichik arteriyalaming sig'imi katta qon aylanish doirasidagi shunday arteriyalaming sig'imidan to'rt-besh marta kengroqdir. Shu sababdan ularda qon oqimiga qarshilik kamroq. O'pka tomirlari nihoyatda elastik va sig'imi keng bo'lgani uchun zaruriyat tug'ilganda sezilarli miqdorda qon sig'dira olishi mumkin. Jigarda qon aylanishi. Jigar, jigar arteriyasidan arteriya qonini olish bilan bir vaqtda darvoza (qopqa) venasi orqali vena qonini ham oladi. Har ikkala tomirdagi qon tegishli kapillyarlar orqali jigar bo'ylab tarqaladi. Bu vaqtda me’da, ichak va taloqdan kelayotgan darvoza venasining qoni jigarda tozalanadi. Jigar arteriyasi jigar to'qimalarini arterial qon bilan ta’minlydi. Oqibatda har ikkala tomirning qoni jigar venasi orqali birgalikda chiqib ketadi. Buyraklarda qon aylanishi. Buyraklar aortaning bel qismidan ajralgan buyrak arteriyalaridan qon oladi. Arteriya buyrakka kirgandan so'ng mayda-mayda tarmoqlarga shoxlanib, har qaysi Baumen- Shumlyanskiy kapsulasiga alohida-alohida arteriola beradi. Arteriola kapsulaga kirgandan 122 so'ng kapillyarlarga tarmoqlanib kapillyarlar to'rini, Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Koptokchani hosil qilgan kapillyarlar o'zaro birikib, yana arteriola hosil qiladi, bu arteriola kapsuladan chiqib, sal nariroqda, birinchi va ikkinchi burama kanalchalarning oldida yana kapillyarlarga tarmoqlanadi va oqibatda kanalchalami qon bilan ta’minlydi. So4ngra venalarga aylanib, buyrak venasiga quyiladi. Baumen- Seimonovekoya kapsulasiga kirayotgan arteriola diametri undan chiqayotgan arteriola diametriga qaraganda kattaroq, shu sabli Malpigiy koptokchasidagi kapillyarda qon bosimi baland (90mm simob ustuni atrofida). Miyada qon aylanishi.. Miyaning nerv hujayralari,boshqa a’zolar va to'qimalaming hujayralariga nisbatan,kislorod taqchilligiga juda sezuvchan.Mushuklar miyasiga
kelayotgan qonni 20 s davomida tuxtatish, ularning bosh miya yarim sharlari pustlog'idagi elektr potensiallarini ritmik o'zgarishini deyarlik to'liq yo'qolishini chaqiradi.Miyaga 5 daqiqa davomida qon kelishini to'xtatilishi nerv hujayralarini o'limga olib keladi. Miya to'qimalari villiziyev doirasi arteriyalaridan qon tushuvchi, miyaning yumshoq pustlog4idan radial holda chiquvchi arteriyalardan oladi. Miyaning arteriya va venalarida anastomozlar u o4 q, barcha kapillyarlar doimo ochiq.Miyadan chiqib ketuvchi qon,miyaning qattiq pardasida sinuslar hosil qiluvchi venalarga qo'yiladi. Shu sababdan uning tomirlari bo4ylab qon doimo bir me’yorda oqib turadi. Miyaga haddan tashqari ko'p qon kelishi uchun sharoit yo4q. Chunki u kalla suyagini ichida joylashgan boiib, o4zining hajmini deyarli o4zgartira olmaydi. Yurakda qon aylanishi. Yurak muskulaturasi qonni aortadan chiqadigan ikkita toj-koronar tomirlardan oladi. Bu tomirlar yurak muskulaturasida kichikroq arteriyalarga, ular esa kapillyarlarga tamioqlanadi. Kapillyarlar yurakda behisob anostomozlar hosil qilgan. Qon toj tomirlarga, boshqa tomirlardagiga qarshi o4laroq, yurak ishining diastola bosqichida o4tadi. Organizm tinch turganda yurak muskulaturasi chap qorincha sistolik hajmining 5-10% qonini oladi. Jismoniy ish paytida bu miqdor keskin ko'payadi. Yurak muskulaturasiga o4tadigan qonning 90% yaqin qismi chap toj tomirlar bo'ylab chap qorincha muskulaturasiga oqadi. Oqib chiqadigan venoz qonning taxminan 75-90% vaqin qismi o'ng bo'lmaga quyiluvchi toj sinusga o'tadi. Bo4lmalararo to'siq va o4ng bo4lma miokardidan keluvchi venoz qonning asosiy qismi Tebeziy tomirlari orqali o4ng qorinchaga quyiladi. Yurakning toj tomirlari simpatik nerv va adrenalin ta’sirida kengayib adashgan nerv7, gistamin, atsetilxolin ta’sirida torayadi. Qon aylanishida taloqning ishtiroki. Taloq qon aylanishida muhim vazifalarni bajaradi. Taloq pulpasiga kelgan arteriyalar kapillyarlarga tarmoqlanmaydi, ularning uchi xaltasimon kengayib tugaydi. Qon arteriyaning ana shu kengaygan uchlaridagi teshikchalar orqali pulpaga chiqariladi va u yerdan vena sinuslariga, sinuslardan esa venalarga o'tkaziladi. Sinus bilan vena o'rtasida sfmkter bor, bu sfmkter qisqarganida qon sinusda qamalib qoladi. Taloq shu tariqa o'ziga xos tuzilganligi sababli, organizmdagi qonning sezilarli (16% gacha) miqdorini o'ziga sig'diradi. Demak, u organizmning eng muhim qon saqlovchi zahiralardan rezervuarlaridan biridir. Taloqning yaxshi rivojlangan silliq muskulaturasi bor, u qisqarganda, qon taloqdan umumiy qon aylanish tizimiga, tomirlarga chiqariladi, simpatik nerv qo'zg'alishi va adrenalin ta’siri taloqning qisqarishiga sabab boiadi. Taloq muskulaturasining qisqarishini bosh miya yarim sharlarining po'stlogi nazorat qilib turishi K.M.Bikov laboratoriyasida isbotlangan.

Download 103.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling