Anemiyalarning kelib chiqish sabablariga ko’ra quyidagicha tasniflashimiz mumkin: Postgemoragik anemiya - Postgemoragik anemiya qon ketishi natijasida bo’ladigan anemiyalar hisoblanadi. Postgemoragik anemiya o’z navbatida yana ikkiga bo’linadi: o’tkir postgemoragik anemiya va surunkali postgemoragik anemiyalardir.
O’tkir postgemoragik anemiya tashqi va ichki qon ketish orqali yuzaga chiqadi. Qon ketishning tashqi sabablari: jarohatlar tufayli bo’lsa, ichki qon ketish turli a’zolarning har xil ichki kasalliklarning salbiy oqibati tufayli hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |