Qon olish texnikasi
Download 19.53 Kb.
|
Qon olish texnikasi • qonni maxsus rezinkali qo‘lqoplarda, aseptika qoidalarga rioya qilib olish kerak; • qon chap qo‘lning 4-barmoq oxirgi falangasidan olinadi (ayrim xollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizikli bolalarda quloq yumshog‘idan yoki tovondan olish); • igna bilan teshishidan oldin o‘sha soxa 70° spirtda xo‘llangan paxtali tampon bilan artiladi; teri qurishi kerak. Bo‘lmasa qon yoyilib ketishi mumkin; • terini teshish uchun bir martalik steril igna-skarifikatordan foydalaniladi; • barmoqni yon yuzasidan, 2-3 mm chuqurlikda teshish kerak, chunki yon yuzada kapillyar to‘r ko‘p joylashgan; barmoqning daktiloskopik chiziqlariga ko‘ndalang teshilsa, qon oson va ko‘p miqdorda keladi; • birinchi qon tomchisi artib tashlanadi, chunki unda katta miqdorda to‘qima suyuqligi bor; qon xar safar olinganidan so‘ng qoldiqlar artib tashlanadi, keyingi qon yangi tomchidan olinadi. • qon olib bo‘lgandan so‘ng jaroxatlangan joyga, 70° li spirt bilan xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi; Gemoglobin (haemoglobinum) erkaklardar- 130-160 g/1 ayollarda- 120-140 g/1 Gemoglobinni tekshirish eng muxim va asosiy laborator tekshiruvlardan biri xisoblanadi. Eritrotsitlar soni bilan birga aniqlanganda, anemik xolatlarni baxolashda muxim laborator qo‘rsatkich xisoblanadi. Gemoglobin - xromoproteidlarga kirib, qonning asosiy nafas oqsili xisoblanadi. Oqsilli (globin) va oqsilsiz (gem) qismlardan tashkil topgan. To'rttalik oqsil bo‘lib, to‘rtta subbirlikdan tashkil topgan, ularning xar biri gem bilan bog‘langan polipeptid zanjimi xosil qiladi. Polipeptid zanjirlar juftli bir xil: 4 molekula gem bilan bog‘langan, 2 ta a globin tipli zanjir va 2 ta boshqa tipli (P, у i 6) zanjir. Gem - temir atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi. Xar bir gemoglobin tetrameri 4 tagacha kislorod molekulasini qayta bog‘lashi va transportirovka qilishi mumkin. 65 % gemoglobin, eritrotsitning yadro saqlovchi yetilish bosqichida, 35 % esa — retikulotsit bosqichida xosil boiadi. yetilgan normotsit bosqichida gemoglobin sintezi to‘xtaydi. Xozirgi kunda gemoglobinning 3 ta asosiy turi ma'lum: Hb A, Hb F va Hb A2. Asosiy turi A bo‘lib, normada umumiy gemoglabinning 96-98 % ini tashkil etadi, Hb A2 esa atigi 2 - 3 %ni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda asosiy o‘rinni egallovchi fetal gemoglobin (Hb F), katta odam qonida 1—1,5 %ni tashkil etadi. Gemoglobinni miqdoriy aniqlash Gemoglobinni miqdoriy aniqlashni 3 ta asosiy guruxi mavjud: • kalorimetrik; • gazometrik; • gemoglobin molekulasida temir saqlashiga qarab. Ilgari Sali usuli bilan tanish, kalorimetrik gematinli usul keng qo‘llangan, bu juda yengil va qulay, lekin noaniq usul xisoblanadi. Xozirda asosan siangemoglobin usul keng qo‘llaniladi, bu usul aniq va texnik jixatdan oson usul. Gazometrik usul va temimi aniqlashga asoslangan usullar aniq, lekin ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun xozirda kam qo‘llaniladi. Qonda gemoglobinni siangemoglobin usul bilan aniqlash. Klinik labaratoriyalarda keng qo‘llaniladigan, gemoglabinni universal aniqlash usuli. 1. Usul prinsip lari. Gemoglobin temirsinerodit kaliy bilan ta'sirlashib, metgemoglobinga oksidlanadi, xosil bo‘lgani atsetonsiangidrin bilan, gemoglobinsianidga bo‘yaladi, bo‘yalish intensivligi gemoglabin tarkibiga proporsional. 2.Reaktivlar: a) atsetonsiangidrin saqlovchi transformirlovchi eritma (0,5ml), kaliy temirsinerodit (200 mg), natriy bikarbonat (1 g), distillirlangan suv ( 1000 ml gacha). Loyqalanish paydo bo‘lsa, eritma ishlatishga yaroqli emas; b) gemoglobinsianidning standart eritmasi - 5 ml. Gemoglobinsianid konsentratsiyasi - 150 g/1. 3.Transformirlovchi eritmani tayyorlash. 0 ‘lchovli kolbaga 1000 ml ga, taxminan 500 ml distillangan suv qo‘shish, reaktiv aralashmalar va 1 ampula atsetonsiangidrin qo‘shiladi, aralashtiriladi va belgigicha distillangan suv quyiladi, aralashtiriladi va saqlash uchun boshqa idishga quyib qo‘yiladi. Salqin, qorong'i joyda saqlaniladi. 4. Aniqlash у о ‘llarL 20 mkl qon 5 ml transformirlovchi eritmaga quyiladi, yaxshilab aralashtiriladi, 20 minutga qoldirilib, so‘ngra fotoelektrokolorimetrda 500-560 nm (yashil yorug‘filtr) to‘lqin uzunligida, 1 sm qalinlikdagi transformirlovchi eritmaga yoki distillirlangan suvga qarshi kyuvetda o‘lchanadi. Natijalar g/1 da ifodalanad Download 19.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling