Qon olish texnikasi


Download 19.53 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi19.53 Kb.
#1092914

Qon olish texnikasi
• qonni maxsus rezinkali qo‘lqoplarda, aseptika qoidalarga rioya
qilib olish kerak;
• qon chap qo‘lning 4-barmoq oxirgi falangasidan olinadi (ayrim
xollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizikli bolalarda quloq
yumshog‘idan yoki tovondan olish);
• igna bilan teshishidan oldin o‘sha soxa 70° spirtda xo‘llangan
paxtali tampon bilan artiladi; teri qurishi kerak. Bo‘lmasa qon yoyilib
ketishi mumkin;
• terini teshish uchun bir martalik steril igna-skarifikatordan
foydalaniladi;
barmoqni yon yuzasidan, 2-3 mm chuqurlikda teshish kerak,
chunki yon yuzada kapillyar to‘r ko‘p joylashgan; barmoqning
daktiloskopik chiziqlariga ko‘ndalang teshilsa, qon oson va ko‘p
miqdorda keladi;
• birinchi qon tomchisi artib tashlanadi, chunki unda katta
miqdorda to‘qima suyuqligi bor; qon xar safar olinganidan so‘ng
qoldiqlar artib tashlanadi, keyingi qon yangi tomchidan olinadi.
• qon olib bo‘lgandan so‘ng jaroxatlangan joyga, 70° li spirt bilan
xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi;
Gemoglobin (haemoglobinum)
erkaklardar- 130-160 g/1
ayollarda- 120-140 g/1
Gemoglobinni tekshirish eng muxim va asosiy laborator
tekshiruvlardan biri xisoblanadi. Eritrotsitlar soni bilan birga
aniqlanganda, anemik xolatlarni baxolashda muxim laborator
qo‘rsatkich xisoblanadi.
Gemoglobin - xromoproteidlarga kirib, qonning asosiy nafas
oqsili xisoblanadi. Oqsilli (globin) va oqsilsiz (gem) qismlardan tashkil
topgan. To'rttalik oqsil bo‘lib, to‘rtta subbirlikdan tashkil topgan,
ularning xar biri gem bilan bog‘langan polipeptid zanjimi xosil qiladi.
Polipeptid zanjirlar juftli bir xil: 4 molekula gem bilan bog‘langan, 2 ta
a globin tipli zanjir va 2 ta boshqa tipli (P, у i 6) zanjir. Gem - temir
atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi. Xar bir
gemoglobin tetrameri 4 tagacha kislorod molekulasini qayta bog‘lashi va
transportirovka qilishi mumkin. 65 % gemoglobin, eritrotsitning yadro
saqlovchi yetilish bosqichida, 35 % esa — retikulotsit bosqichida xosil
boiadi. yetilgan normotsit bosqichida gemoglobin sintezi to‘xtaydi.
Xozirgi kunda gemoglobinning 3 ta asosiy turi ma'lum: Hb A, Hb
F va Hb A2. Asosiy turi A bo‘lib, normada umumiy gemoglabinning
96-98 % ini tashkil etadi, Hb A2 esa atigi 2 - 3 %ni tashkil etadi. Yangi
tug‘ilgan chaqaloqda asosiy o‘rinni egallovchi fetal gemoglobin (Hb F),
katta odam qonida 1—1,5 %ni tashkil etadi.
Gemoglobinni miqdoriy aniqlash
Gemoglobinni miqdoriy aniqlashni 3 ta asosiy guruxi mavjud:
kalorimetrik;
• gazometrik;
• gemoglobin molekulasida temir saqlashiga qarab.
Ilgari Sali usuli bilan tanish, kalorimetrik gematinli usul keng
qo‘llangan, bu juda yengil va qulay, lekin noaniq usul xisoblanadi.
Xozirda asosan siangemoglobin usul keng qo‘llaniladi, bu usul
aniq va texnik jixatdan oson usul.
Gazometrik usul va temimi aniqlashga asoslangan usullar aniq,
lekin ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun xozirda kam qo‘llaniladi.
Qonda gemoglobinni siangemoglobin usul bilan aniqlash. Klinik
labaratoriyalarda keng qo‘llaniladigan, gemoglabinni universal aniqlash
usuli.
1. Usul prinsip lari.
Gemoglobin temirsinerodit kaliy bilan ta'sirlashib,
metgemoglobinga oksidlanadi, xosil bo‘lgani atsetonsiangidrin bilan,
gemoglobinsianidga bo‘yaladi, bo‘yalish intensivligi gemoglabin
tarkibiga proporsional.
2.Reaktivlar:
a) atsetonsiangidrin saqlovchi transformirlovchi eritma (0,5ml),
kaliy temirsinerodit (200 mg), natriy bikarbonat (1 g), distillirlangan suv
( 1000 ml gacha). Loyqalanish paydo bo‘lsa, eritma ishlatishga yaroqli
emas; b) gemoglobinsianidning standart eritmasi - 5 ml.
Gemoglobinsianid konsentratsiyasi - 150 g/1.
3.Transformirlovchi eritmani tayyorlash.
0 ‘lchovli kolbaga 1000 ml ga, taxminan 500 ml distillangan suv
qo‘shish, reaktiv aralashmalar va 1 ampula atsetonsiangidrin qo‘shiladi,
aralashtiriladi va belgigicha distillangan suv quyiladi, aralashtiriladi va
saqlash uchun boshqa idishga quyib qo‘yiladi. Salqin, qorong'i joyda
saqlaniladi.
4. Aniqlash у о ‘llarL
20 mkl qon 5 ml transformirlovchi eritmaga quyiladi, yaxshilab
aralashtiriladi, 20 minutga qoldirilib, so‘ngra fotoelektrokolorimetrda
500-560 nm (yashil yorug‘filtr) to‘lqin uzunligida, 1 sm qalinlikdagi
transformirlovchi eritmaga yoki distillirlangan suvga qarshi kyuvetda
o‘lchanadi. Natijalar g/1 da ifodalanad
Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling