Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi Qon plazmasi Qon aylanishi Homilada qon aylanish xususiyatlari


Download 273.53 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi273.53 Kb.
#1615046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon va qon aylanish tizimining yoshga xos xususiyatlari von Gulsanam Oripova

Qon aylanishi


Qon o’zining hayotiy zarur funksiyalarini doimiy harakatda bo’lgandagina bajara oladi. Qonning organizmdagi harakati, uning tinimsiz aylanishi qon aylanishining mohiyatini tashkil etadi.
Organizmni ichki muhitini doimiyligini qon aylanishi tizimi organlari ta’min etadi. Qon aylanishi tufayli barcha organlarga va to’qimalarga kislorod, to’yimli moddalar, tuzlar, gormonlar, suv olib boriladi va organizmdan almashinuv mahsulotlari chiqariladi. To’qimalarni issiqlikni juda past o’tkazganligi sababli, issiqlikni odam tanasidagi organlardan teriga va tashqi muhitga o’tkazilishi asosan qon aylanishi hisobiga bajariladi. Organizmni va uning barcha organlarini faoliyati qon aylanish organlari funksiyasi bilan chambarchas bog’liqdir.



Qon aylanish tizimi.
a-katta va kichik qon aynalish doiralari. 1-katta doiraning kapillyar to’ri; 2-o’pka doirasining kapillyar to’ri; 3-aorta; 4-chap bo’lma; 5-chap qorincha; 6-katta doiraning kapillyar to’ri; 7-katta doiraning kapillyar to’ri; 8-o’ng qorincha; 9-o’ng bo’lim; b-odam qon aylanishining umumiy tasviri; s-arteriya, vena va kapillyarlarning alohida tasviri: 1-arteriya; 2-kapillyar; 3-vena; D-kapillyarlarning tuzilishi.

Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita: katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat.


Katta qon aylanishi doirasi yurakning chap qorinchasidan, qonni aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi. Arterial qonning yo’li arteriyalar bo’ylab davom etadi, ya’ni yurakdan uzoqlashishiga qarab tarmoqlanadi va ulardan eng maydalari kapillyarlarga shoxlanadi, ya’ni ularning qalin turi butun organizmni qamrab oladi. Kapillyarlarning nozik-yupqa devorlari orqali to’yimli moddalarni va kislorodni to’qimalararo suyuqliklarga beradi. Hujayralarning hayot faoliyati mahsulotlari bu paytda to’qimalararo suyuqliklardan qonga tushadi, kapillyarlardan qon mayda venalarga tushadi va ular qo’shilib ancha yirik venalar hosil qiladi va yuqorigi hamda pastki kovak venalarga qo’yiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar vena qonini, katta qon aylanish doirasi tugaydigan o’ng bo’lmachaga olib keladi.
Yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanadi. O’pka arteriyasi orqali vena qoni o’pka kapillyarlariga olib boriladi. O’pkada kapillyarlar bilan o’pka alveolalari havosi orasida gazlar almashinuvi kechadi. O’pkadan to’rtta o’pka venalari orqali arterial qon chap bo’lmachaga qaytariladi. Chap bo’lmachada qon aylanishining kichik doirasi tugaydi. Chap bo’lmachadan qon chap qorinchaga tushadi va qaysiki u yerdan katta qon aylanish doirasi boshlanadi.
Yurak ikkita bo’lmacha va ikkita qorincha: to’rtta kameradan iborat kovak organdir. Yurakning o’ng va chap qismlari bir-biridan uzluksiz to’siq bilan bo’lingan. Bo’lmachalardan qorinchalarga, qon to’siqlardan bo’lmacha va qorinchalar orasidagi teshiklardan o’tadi. Teshiklar klapanlar bilan jihozlangan bo’lib, ular faqat qorinchalar tomonga ochiladi. Klapanlar tutashuvchi tabaqalardan hosil bo’ladi va shuning uchun ham tabaqali klapanlar deb ataladi. Yurakning chap qismidagi klapanlar ikki tabaqali bo’lsa, o’ng tomondagisi uch tabaqalidir.




Download 273.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling