Plazmodiy (plasmodium) – bir hujayralil parazit organizmlar avlodi. Ba’zi bir turlari bezgak kasalligini keltirib chiqaradi. 200 ga yaqin turi fanga ma’lum bo’lib, ulardan 5turi odam tansida parazitlik qiladi. Qolgan turlari esa boshqa umurtqali hayvonlar -- primatlar, kemiruvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilarda parazitlik qiladi. Plazmodiylarning hayot sikli 2 ta xo’jayinda: umurtqalilar va chivinlarda o’tadi.
Plazmodiylar organizmga tushgandan so’ng, o’zidan chivinlarni jalb qiluvchi modda ishlab chiqaradi. Bu borada sichqonlarda bir necha bor tajribalar o’tkazilgan. Olib borilgan tajribada parazitlar sichqonlar hidini o’zgartirgan, ayniqsa, bu jalb qiluvchi hid parazitlar hayot sikli davomida tarqalib turgan.
Plazmodiylarning barcha o’rganilgan turlarida 14 ta xromasoma, bitta mitixondriya va rudiment holdagi plastida mavjud. Har bir xromasoma uzunligi 500 kilobaz dan 3.5 megabazgacha. Genomining umumiy hajmi 25 megabaz atrofida, genom 5300 ga yaqin genni o’zida saqlaydi.
Plazmodiylarning sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar bo’lib, tuzilishi koksidiyalar sporozoitiga o’xshaydi. Lekin konoidlari bo’lmasligi blan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |