Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizikaviy qonunlari, qon tomirlarida qonning harakati va bosimi


Download 297.68 Kb.
bet3/12
Sana06.05.2023
Hajmi297.68 Kb.
#1435527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 ma\'ruza OHF G.Mardanova 2022yil (1)

Arterial puls deb arteriyalardagi bosimning sistolada ko'tarilishiga bog’liq bo'lgan arteriya devorining ritmik tebranishiga aytiladi. Puls to'lqini, ya'ni bosimning ko'tarilish to'lqini aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so'nadi. Puls to'lqinining tarqalish tezligi qon oqish tezligiga bog’liq emas. Arteriyalarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmaydi. Yosh va o'rta yoshli odamlarda puls to'lqinninig tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/s ga, periferik arteriyalarda esa – 6-9,5 m/s ga etadi.
Aorta va yirik arteriyalarga puls egri chiziqida (sfigmogrammada) ikkita asosiy qism: ko'tarilish - anakrota va tushish – katakrota tafovut qilinadi. Katakrota qismida intsizura (chuqurcha) va diokrit ko'tarilishni ko'rish mumkin. Intsizura va diokrotik ko'tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oysimon qopqoqlarni yopib, orqaga qaytishiga bog’liq.
Pulsni paypaslab tekshirish juda keng qo'llaniladi. Bunga uning bir qancha xususiyatlariga: chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmga ahamiyat berish kerak.
Venalarda qon aylanishning o’ziga xos hususiyatlari bor. Bu hususiyatlar avvalo venalar devorining tuzilishiga bog’liq. Venalarning devori arteriyalarning devoriga nisbatan juda yupqa bo’ladi va bo’sh bo’lib salgina qisiladi, ular salgina bosilganda ham puchayadi. Venalardagi qon bosimi juda past simob ustuni xisobi bilan 10-20 mm qorin bo’shlig’ining yirik venalardagi bosim esa hatto manfiy bo’ladi. Yirik venalarda bosimning manfiy bo’lishi nimalarga bog’liq Yirik venalardagi bosim nafas olish fazasiga qarab o’zgaradi. Ichga havo yutilganda ko’krak qafasi kengayib, o’pka shu ko’krak bo’shlig’idagi boshqa kovak organlari ham kengayadi. Ko’krak qafasidan keyin venalar ham kengayadi.
Ayni vaqtda venalarning ham devorlari cho’zilib, teshigi kengayadi, ularni bosim pasayib, manfiy bo’lib qoladi. Qon bosimini shu tariqa pasayishi venalarda qonning harakatlanishi uchun katta ahamiyatga egadir, yirik va mayda venalardagi qon bosimi ancha farq qiladi, bu esa qonning mayda venalardagi qon bosimi yirikroq venalarga o’tishiga ya’ni qonning yurakka qarab harakatlanishidan nishona beradi. Venalarda qonning harakatiga yordam beradigan muhim faktor muskullarning qisqarishidir. Muskullar qisqarishining bunday ahamiyati venalar devorining tuzilishidagi hususiyatlarga bog’liq. Venalarning devori juda yupqa va bo’sh bo’ladi, shu sababli venalarni qisib ichidagi qonni so’rib chiqarish uchun ularni salgina bosish kifoya.
Venalarning tuzilishidagi ikkinchi bir hususiyat ularda klapanlar borligidir. Yirik venalarning bosimdan oxirigacha yarim oy klapanlar bor, bular bir-biriga yaqin joylashgan bo’lib, yurak tomonga ochiladi. Klapanlarni bunday tuzilishi qonlarning yurakka qarab harakatlanishiga to’sqinlik qilmaydi. Ammo qonlarni teskari oqishiga yo’l bermaydi.
Chunki klapanlar qon bilan to’lib, venalar teshigini yopib qo’yadi. Venalar-ning shu ikki hususiyati devorlarining yupqa va bo’sh bo’lishi klapanlarning borligi, muskullarning qisqarishi bilan birga venalarda qonning oqib tushishiga yordam beradigan juda muhim faktordir. Muskullar qisqarar ekan, hamisha venalarning devorini bosadi, natijada venadagi qon qisilib chiqadi va yurakka qarab oqadi, chunki klapanlar qonning teskari oqishiga yo’l qo’ymaydi. Shu sababdan ertalabki jismoniy mashqlar ishlaganda muskullarning qisqarishi va shunga o’xshashlar venalarda qon aylanishini yaxshilaydi.

Download 297.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling