Qonun bilan mustahkamlangan jamiyat yengilmas va qudratlidir G`aniyeva Tamara Hamzayevna Xalq ta`limi a`lochisi


Download 40.34 Kb.
bet1/3
Sana13.10.2023
Hajmi40.34 Kb.
#1701434
  1   2   3
Bog'liq
Jamiyat


Qonun bilan mustahkamlangan jamiyat yengilmas va qudratlidir
G`aniyeva Tamara Hamzayevna
Xalq ta`limi a`lochisi,
Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani
308-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi
tganieva64@gmail.com Tel: +998998524472

Har bir millatning taraqqiy va taoliysishlarini o`z vaqtida nizomdan chiqarmay tartib ila yuritmoqqa bog`liqdir.


Abdulla Avloniy
Sharqning buyuk donishmandi, alloma Abu Ali ibn Sino “Nega dunyoda yovuzlik bu qadar ko`p” degan savolga “Boisi siz-u bizdadir. Bilmaslik yoki uquvsizlik sababli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida o`zimiz ham yovuzlik keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz” deya javob bergan ekan. Inson ongi, bilimi, yaratuvchanligi va qalb ko`zi bilan ulug`dir. Uning yaralishi, shakllanishi, tarbiya olib, o`sib unishi davomida yaxshini yomondan, oqni qoradan, gunohni savobdan, ulug`likni tubanlikdan farqlash, yaxshilik, ezgulik, qadr-qimmat, sabr-qanoat, umid va ishonch tuyg`ulari oiladek muqaddas dargohda ota-ona tomonidan singdiriladi. Demak, oila hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga ijobiy ta’sir ko`rsatadigan tarbiya maskani hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish kabi bir qator dolzarb jihatlarni ustuvor yonalish qilib belgiladi.
Shu jihatdan olib qaraganda farzandlarimizning haqiqiy inson bo`lib voyaga yetishlari uchun, sog`lik va barkamollik yo`lidan dadil qadam tashlab hayotda to`g`ri yo`l topishlari eng mas’uliyatli burchdir. Bolalar sog`lik va barkamollik pillapoyalaridan borliqdagi barcha narsa, hodisa, insonlarga bo`lgan munosabat, o`zaro mehr-muhabbat, bilim egallash hamda, o`z-o`zini tarbiyalash, ulug`lardan meros bo`lgan milliy tarbiyani o`zlashtirish orqali ko`tarilib boradi.
Vatanimiz O`zbekiston Respublikasi xalqi huquqiy davlat va demokratik jamiyat barpo etayotgan bugungi kunda hayotimizning barcha jihatlarini tartibga solib turuvchi qonunlarni bilish, ulardan o`rinli foydalanish, to`g`ri qo`llash har qachongidan ham muhim bo`lib qolmoqda. Chunki, bugungi shiddatli axborotlashtirish davrida o`sib kelayotgan yoshlarimiz, hatto huquqiy bilimi sust kattalar ham turli tashqi ta’sirlarga aldanib qolmoqdalar.
Tarbiya axloqni shakllantirsa, bilim tafakkurga kuch beradi. Huquqiy bilim esa insonning o`ziga ishonch, mustaqil fikrga tayanish, o`z “men”ini hurmat qilish kabi tuyg`ularni yuksaltiradi. Yapon xalqi o`z qonunlariga, udum va an’analariga qattiq bo`ysunuvchi xalqdir. Ular bolalar bog`chasida tarbiyalanuvchi bolalarni qonun chiqaruvchi hokimiyat qarshisiga olib kelib, bu yerda qonunlar qabul qilinishini, bu qonunlarning hayot uchun eng muhim, asosiy mazmun kasb etuvchi buyuk kuchga ega ekanligini tushuntirib, ta’zim qildirish orqali murg`ak qalblarda qonunga hurmat tuyg`usini paydo qilishar ekan. Bu bilan inson kelajagiga dastlabki eng asosiy, xayrli qadamni qoʻygan bo`lsalar ajab emas.
Bugungi jadal hayot yosh avlod tafakkuri va dunyoqarashi kengligida, ularning tirishqoq va zukkoligida yaqqol sezilmoqda. Fikr tezligi, axborot texnologiyalarini o`zlashtirishdagi faolligi, mantiqan fikrlashda ustunligi biz o`qituvchilardan yanada ko`proq mas’uliyat, bilim va ijodkorlikni talab qilmoqda. Har bir o`quvchining huquq va erkinligi, burchi u maktabga kelgan kunidan boshlab singdirib boriladi, ko`nikmalar beriladi. Kunlik hayotimizda, ish faoliyatimizda ularning huquqlarini himoya qilamiz, erkinligini ta’minlaymiz, har birining burchini eslatib, nazorat qilamiz, o`rgatamiz.
Shu o`rinda o`quvchining shaxs sifatida shakllanayotganligini, ularning jamiyatda to`g`ri yo`l topishlari uchun o`z huquq va burchlarini ongli anglab tushunib olishlariga erishishda O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qonun oldida teng ekanligini, har bir shaxs o`ziga berilgan huquq va erkinliklardan foydalanishda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga, davlat va jamiyatning manfaatlariga putur yetkazmasligi shart ekanligini ongli ravishda tushinish choralarini ko`rishimiz zarur. Buning uchun esa bolalar ong-tafakkuriga ta’sir etuvchi omillardan, ularni qiziqtiruvchi o`yin usullari va vositalaridan o`rinli, maqsadli foydalanish, qo`llash yaxshi natija beradi.
Inson hayoti o`tkinchidir. Lekin kecha bo`lib o`tgan voqea-hodisalar xotiramizda saqlanib qoladi. Ma’lum vaqt o`tgach unuta boshlaymiz. Bu jarayon bolalar hayotida to`liq rivojlanmagan bo`ladi. Bunday holatlarni yodda saqlovchi, xotirada tiklovchi eng yaxshi vosita bu – tasvirlardir. Har bir inson hayotidagi bo`lib o`tgan voqealarni fototasvirlar orqali xotirlaydi. Bolalar ongiga ham shu vositalar orqali ta’sir etish, ularga o`rgatilayotgan qonunlarga tegishli moddalarni tasvirlar orqali tushuntirish xotirasida saqlanib qoladi, atrofdagi voqea-hodisalarda aks etadi. Bejizga aytilmaydi-ku “Yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqshdir” deb.
Ko`p yillik ish faoliyatim va kuzatuvlarim davomida shu narsaga amin bo`ldimki, boshlang`ich sinf o`quvchilari ongi va xotirasiga tasviriy vositalar ayniqsa, rangli tasvirlar ijobiy ta’sir etadi. Nutqini o`stiradi, shakllantiradi, ifodaliligini oshiradi.
Boshlang`ich sinflarning tarbiya, o`qish, tabiatshunoslik, onatili fanlariga va tarbiyaviy soatlarga Konstitutsiyaviy ta’lim mavzulari kiritilgan. 4-sinf darsliklarida mavzular kengroq berilgan. Darslarim jarayonida bu mavzularni yillik rejaga tayanib, Konstitutsiya moddalariga mos rasmlar to`plamini hosil qildim. Ushbu to`plamlardan tegishli Konstitutsiya moddalarini izohlashda foydalanaman. O`quvchilarga hayotiy hodisa, kasbiy xizmat, joy nomlari, o`rnatilgan tarib qoidalar, mavjud tartiblarga xos bo`lgan fotosuratlarni Konstitutsiya moddalariga moslab, o`yin usullaridan foydalanib tushuntiraman va rasmli to`plamdan mustaqil fikrlab, moddalar raqamida belgilaydilar hamda modda matnini tushunganlaricha izohlaydilar.
2020-2021-o`quv yilidan o`quv fanlari qatoriga “tarbiya” fani barcha sinflarga darslik sifatida kiritildi. Qiziqishim tufayli barcha sinf darsliklariga kiritilgan mavzularni kuzatib, quyidagi mavzular Konstitutsion huquq va fuqarolik burchiga mos ekanligini, har bir sinf Tarbiya darsligida moddalar bir necha marta takror kelishi ham, moddalarni yodda saqlash, tushuncha va tasavvurlarni boyitishini angladim.
Ko`p yillik ish faoliyatim natijasining samarasini yuqori sinflardagi “Huquqshunoslik” fani bilan bog`liqligini, bolalarning fanni o`zlashtirishi, hayotiy ko`nikmalari misolida ko`rmoqdaman.
Bolalik eng beg`ubor, oppoq qog`oz singari toza. Boshlang`ich sinf bolalari ham bilimga chanqoq, o`rgatganingni odat qilib oladigan, hayotiy ko`nikmalari to`g`ri shakllanadigan beg`ubor qalb egalaridir. Ularga 1-sinfdan boshlab, mavzular misolida Konstitutsion huquq va burch tushunchasini kichik hayotiy hodisa yoki fototasvirlar orqali singdirib borish, moddalarga bog`lab, o`yin mashqlari orqali o`rgatish zarur.

Download 40.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling