Qonun ustivorligi ta`minlash sud huquq tizimini yanada isloh qilishning ustivor yo`nalishlari


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1318728
  1   2   3
Bog'liq
SUD HOKIMIYATLARI ISLOHOTI

SUD HOKIMIYATLARI ISLOHOTI

Reja:

  • 1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqiligini ta`minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.
  • 2. Odil sudlovni samaradorligi va sifatini oshirish, fuqarolarining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta`minlash, ma`muriy jinoyat, fuqarolik va xo`jalik qonunchiligini takomillashtirish.
  • 3. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi takomillashtirish. Yuridik yordam va xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish.
  • 4.Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorlini oshirish (kafolatlangan xavfsizlik) adolat qo`rgoni, o`z bolanagni o`zing asra tshunchalarini mazmuni va amalda qo`llanilishi.

1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqiligini ta`minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.

  • Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 21 oktyabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonni imzoladi. O’zA tomonidan tarqatilgan mazkur hujjatga rasmiy sharhda qayd etilganidek, ushbu farmon mazkur sohadagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga o’tganligini anglatadi.
  • Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish.
  • Farmonda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning quyidagi eng muhim vazifalari belgilangan:
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo’ysunishi va sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo’yicha faoliyatiga aralashganlik uchun muqarrar javobgarlik tamoyili to’g’risidagi me’yorlarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;
  • fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuzkorlik holatlari bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish tartibidagi sansalorliklarga va qonun buzilishlariga yo’l qo’ymaslik;
  • jamoatchilik e’tiboriga taalluqli axborotni o’z vaqtida yetkazish orqali faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan o’zaro hamkorlik samaradorligini oshirish;

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling