Reja: - 1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqiligini ta`minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.
- 2. Odil sudlovni samaradorligi va sifatini oshirish, fuqarolarining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta`minlash, ma`muriy jinoyat, fuqarolik va xo`jalik qonunchiligini takomillashtirish.
- 3. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi takomillashtirish. Yuridik yordam va xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish.
- 4.Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorlini oshirish (kafolatlangan xavfsizlik) adolat qo`rgoni, o`z bolanagni o`zing asra tshunchalarini mazmuni va amalda qo`llanilishi.
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqiligini ta`minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish. - Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 21 oktyabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonni imzoladi. O’zA tomonidan tarqatilgan mazkur hujjatga rasmiy sharhda qayd etilganidek, ushbu farmon mazkur sohadagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga o’tganligini anglatadi.
- Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish.
- Farmonda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning quyidagi eng muhim vazifalari belgilangan:
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo’ysunishi va sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo’yicha faoliyatiga aralashganlik uchun muqarrar javobgarlik tamoyili to’g’risidagi me’yorlarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;
- fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuzkorlik holatlari bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish tartibidagi sansalorliklarga va qonun buzilishlariga yo’l qo’ymaslik;
- jamoatchilik e’tiboriga taalluqli axborotni o’z vaqtida yetkazish orqali faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan o’zaro hamkorlik samaradorligini oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |