Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifla r № Mavjud muammolar va kamchiliklar
Download 58.94 Kb.
|
1 2
Bog'liqtaklif. tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taklif amaliyotga kiritilgan taqdirda kutilayotgan natija 1 2 3 4
- 4-ilovasi; Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida
Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha T A K L I F L A R №
(fakt va argumentlar, statistik koʼrsatkichlar hamda boshqalar) Taklif (qonunchilikka oʼzgartirish va qoʼshimchalar yoki yangi tahrirdagi normativ-huquqiy hujjat) Taklifni asoslantirish va xalqaro tajriba Taklif amaliyotga kiritilgan taqdirda kutilayotgan natija 1 2 3 4 Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sulaymonov Ulug‘bek Akramkon o‘g‘li O ‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”gi qonun 3. Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bilan tasdiqlangan nizomning (4-ilovasi; Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida) 10-bandida ota-onalar farzandlarining uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi ariza bilan maktab direktori nomiga murojaat qilishi va arizaga o‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasini, o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli (ta’lim olgan bo‘lsa) va tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi ilova qilinishi, 11-bandiga muvofiq, maktab direktori arizani qabul qilib olgach, uch kun ichida o‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish haqida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga ota-onalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma murojaat qilishi, 12-bandida, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri hujjatlarni qabul qilib olgach, uch kun ichida o‘qitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni ko‘rsatgan holda o‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qilishi va uning nusxasini maktabga yuborishi, 14-bandida esa maktab direktori tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining tegishli buyrug‘ini olgach, uch kun ichida o‘quvchiga uyda yakka tartibda ta’lim beruvchi o‘qituvchilarni biriktirish to‘g‘risidagi buyruqni chiqarishi zarur. Mazkur nizomdagi birinchi muammo, nizomning 12-bandi bilan bog‘liq. Negaki, xalq ta’limi bo‘limi mudiri maktab direktoridan uyda yakka tartibda ta’lim olish ehtiyoji bor o‘quvchi to‘g‘risida ma‘lumotlarni qabul qilib olgach, uch kun ichida o‘qitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni ko‘rsatgan holda o‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini maktabga yuboradi deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga 3-ilovasiga ko‘ra Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari(keying o‘rinlarda YXKM) tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari va davlat tashkilotlarining ro‘yxati berilgan bo‘lib, bu ro‘yxat orasida tuman(shahar) xalq ta‘limi bo‘limlari ham mavjud. Demak, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari 2021-yil 1-oktabrdan buyon tuman(shahar) shahar xalq ta’limi bo‘limlariga ham xizmat ko‘rsatadi. PQ-5168-son qarori nilan tasdiqlangan nizom(qarorning 4-ilovasi)ning 22-bandida, davlat organi va tashkilotidan kelib tushgan yuridik tusdagi hujjatlar YXKM tomonidan ko‘pi bilan uch ish kunida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Yuqoridagi normativlardan kelib chiqqan holda bizda bir savol tug‘iladi. Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bilan tasdiqlangan nizomning (4-ilovasi; Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida) 12-bandida, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri direktordan hujjatlarni qabul qilib olgach, uch kun ichida o‘qitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni ko‘rsatgan holda o‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini maktabga yuborishi belgilangan.Tabiiyki, Xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i PQ-5168-son qaroriga ko‘ra YXKM ning xulosasini olish zarur. Vaholanki. markazga kelib tushgan hujjatlar esa uzog‘i bilan uch ish kunida ko‘rib chiqiladi. Bundan kelib chiqadiki, xalq ta’limi bo‘limi mudiri 3 kun ichida buyruq loyihasini tayyorlashi va YXKMning xulosasini olib ulgurishi zarur. Ammo, har doim ham buning uddasidan chiqib bo‘lmaydi. Chunki, xalq ta’limi bo‘limi YXKM ga haftaning juma kuni buyruqni kiritsa, YXKM esa xulosa berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ko‘pligi yoki boshqa sabablar tufayli seshanba kuni ya’ni uchinchi ish kuni xulosani bersa (YXKM PQ 5168 talabi bo‘yicha muddatni buzgani yo‘q) xalq ta’limi bo‘limi VMQ-638-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizom talablarini buzgan hisoblanadi, ya’ni buyruq nusxasini maktab direktoriga beshinchi kuni yetkazib beradi. Bunda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlarining shanba dam olish kuni hisoblanishi xalq ta’limi bo‘limlarida esa shanba ish kuni ekangligi hisobga olinsa masala yana ham oydinlashadi. Mazkur vaziyat bo‘yicha bizda ikta variant mavjud. Download 58.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling