Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan
-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish
Download 164.72 Kb.
|
O‘RQ-595 16.12.2019
8-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya] 45-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan bolalarga qarab turish qisman yoki to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi. Ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari; 2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari] 46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy bo‘linmalari va maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi. (46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari; 2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv] 47-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; maqbul o‘quv yuklamasini belgilash; sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, shakllantirish va o‘rgatish; sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish; kun tartibiga rioya etish; sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish; jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yoki tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sog‘liqni saqlash organlari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy ko‘rigini, ularning sog‘lig‘i holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) ta’minlaydi. (47-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiy xodimlari sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davolash-profilaktika chora-tadbirlari o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom (14.05.2018-y., ro‘yxat raqami 3012). Download 164.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling