Qonuni loyihasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to


Download 63.45 Kb.

Sana08.07.2018
Hajmi63.45 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  

QONUNI LOYIHASI 

 

DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV ORGANLARI  

FAOLIYATINING OCHIQLIGI TO‘G‘RISIDA 

 

    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari 



Ushbu  Qonun  maqsadi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining 

ochiqligini 

ta'minlash 

sohasidagi 

munosabatlarni 

tartibga 

solish 

hisoblanadi. 



Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilar: 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  qabul  qilinadigan  qarorlar  uchun 

javobgarligini oshirish; 

  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining 

faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan keng foydalana olishlarini ta'minlash; 

  fuqarolarning  axborot  uchun  konstitusiyaviy  huquqini  amalga  oshirish  shakllarini 

kengaytirish; 

  jamoatchilikni  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  faoliyati  to‘g‘risida 

xabardor qilish protseduralarini belgilash. 

 

2-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligi 



to‘g‘risidagi qonun hujjati 

Davlat  hokimiyati  va boshqaruv organlari  faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun 

hujjati ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 

Ushbu Qonunning amal qilishi quyidagilarga taalluqli emas: 

  ishlov  berilishi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  amalga 

oshiriladigan  shaxsiy  ma'lumotlardan  foydalana  olishni  ta'minlash  bilan  bog‘liq 

munosabatlar; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  fuqarolar  murojaatlarini  ko‘rib 

chiqish tartibi; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  tomonidan  boshqa  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv organlariga ularning o‘z vakolatlarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq o‘z 

faoliyati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibi; 

  taqdim etish xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan davlat hokimiyati 

va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotning ayrim turlari. 

Agar  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligi  to‘g‘risidagi  O‘zbekiston  Respublikasining 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilganidan  boshqacha  qoidalar  belgilangan  bo‘lsa,  xalqaro 

shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 



 

3-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  faoliyati  ochiqligini 

ta'minlashning asosiy prinsiplari 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligini  ta'minlashning 

asosiy prinsiplari quyidagilar: 


  ularning  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotning  ochiqligi,  oshkoraligi,  foydalana  olish 

mumkinligi va ishonchliligi; 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni qidirish, 

olish, uzatish va tarqatish erkinligi; 

  fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligi, ularning or-nomusi va ish yuzasidan obro‘sini 

himoya  qilishga  bo‘lgan  huquqlariga,  yuridik  shaxslarning  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv  organlarining  faoliyati  to‘g‘risida  axborot  taqdim  etilganda  ularning  ish 

yuzasidan obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya qilish. 



 

4-modda.  Foydalana  olish  cheklangan  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 

organining faoliyati to‘g‘risidagi axborot 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotdan 

foydalana  olish,  agar  ko‘rsatilgan  axborot  qonunda  belgilangan  tartibda  davlat  siri  yoki 

qonun  bilan  himoyalanadigan  boshqa  sirdan  iborat  ma'lumotlarga  kiritilgan  bo‘lgan 

hollarda cheklanadi. 

Foydalana  olish  cheklangan  axborotga  tegishli  ma'lumotlar  ro‘yxati,  shuningdek 

ko‘rsatilgan  ma'lumotlarni  foydalana  olish  cheklangan  axborotga  kiritish  tartibi  qonun 

hujjatlari bilan belgilanadi. 

 

5-modda. Axborotdan foydalanuvchi va uning huquqlari 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborot 

qidiruvini  amalga  oshiruvchi  jismoniy  yoki  yuridik  shaxs  axborotdan  foydalanuvchi 

hisoblanadi. 

Axborotdan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega: 

   davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risida haqqoniy axborotni 

olish; 

    davlat  hokimiyati  va boshqaruv organlarining  faoliyati to‘g‘risida axborotni olishdan 



bosh tortish; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotdan 

foydalana  olish  huquqini  va  uni  amalga  oshirishning  belgilangan  tartibini  buzuvchi 

davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  hujjatlari  va  (yoki)  ular  mansabdor 

shaxslarining xatti-harakatlari (harakat qilmasliklari) ustidan belgilangan tartibda, shu 

jumladan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilish. 



 

6-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi 

axborot manbalari 

Davlat  hokimiyati  va boshqaruv organining  faoliyati to‘g‘risidagi axborot  manbalari 

quyidagilar hisoblanadi: 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  vakolatlangan  mansabdor  shaxslarining 

chiqishlari va bayonotlari; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  axborot  xizmati  yoki  boshqa  vakolatli 

tarkibiy bo‘linmalarining xabarlari; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  rasmiy  veb-sayti  materiallari; 

ommaviy axborot vositalari materiallari; 


  qonun hujjatlari taqiqlamagan boshqa manbalar. 

 

7-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organining axborot xizmati 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organining axborot xizmati (bundan keyin - axborot 

xizmati)  axborotni  tayyorlash  va  tarqatish  funksiyalarini  bajaruvchi,  ommaviy  axborot 

vositalari  va  jamoatchilik  bilan  o‘zaro  ishlashni  ta'minlovchi  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv  organining  tarkibiy  bo‘linmasi  yoki  zimmasiga  ushbu  funksiyalarni  bajarish 

yuklangan shaxs hisoblanadi. 

Axborot xizmati turli jamoat tadbirlari (intervyu, matbuot konferensiyalari, brifinglar 

va h.)ni tashkil etish, axborot xabarlari (press-relizlar, bulletenlar va h.k.)ni tarqatish yo‘li 

bilan ommaviy axborot vositalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organining faoliyatini 

yoritish bo‘yicha choralarni ko‘radi. 

Axborot  xizmati  rasmiy  axborot  va  qonun  hujjatlariga  zid  bo‘lmagan  ma'lumotlarni 

tarqatishning boshqa shakllaridan ham foydalanishi mumkin. 

Axborot  xizmati  faoliyatini  tashkil  qilish  tartibi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 

organi tomonidan belgilanadi. 

 

8-modda.  Ommaviy  axborot  vositalari  vakillarining  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotdan  foydalana  olishlarini 

ta'minlash 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  o‘z  faoliyatlarining  ochiqligini  ta'minlash 

maqsadida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  qoshida  ommaviy  axborot  vositalari 

vakillarining akkreditatsiya qilinishini amalga oshirishlari mumkin. 

Davlat  hokimiyati  va boshqaruv organlari  o‘tkaziladigan  muhim  tadbirlar  to‘g‘risida 

ommaviy  axborot  vositalarining  akkreditatsiya  qilingan  vakillariga  oldindan  xabar 

qiladilar, o‘z kasbga doir majburiyatlarini bajarishda ularga yordam ko‘rsatadilar. 

 

9-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligini 

ta'minlash usullari 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligini  ta'minlashning 

asosiy usullari quyidagilar: 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotni  oshkora 

qilish (e'lon qilish); 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni rasmiy veb-

saytda joylashtirish va yangilash; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotni  hamma 

erkin foydalanishi mumkin bo‘ladigan xonalarda va joylarda joylashtirish; 

  davlat hokimiyati  va boshqaruv organlarining  faoliyati  to‘g‘risidagi axborotni axborot-

kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish; 

  axborotdan  foydalanuvchilar,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  vakillarining  davlat 

hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  kollegial  kengashlarida  ishtirok  etishlarini 

ta'minlash; 

  axborotdan  foydalanuvchilarning  so‘rovlari  asosida  og‘zaki  va  yozma  shakllardagi 

axborotni taqdim etish. 



Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  faoliyatining  ochiqligini  ta'minlash  qonun 

hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 



 

10-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi 

axborotni oshkor qilish (e'lon qilish) 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotni  oshkor 

qilish  (e'lon  qilish)  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ommaviy  axborot  vositalari,  davlat 

hokimiyati va boshqaruv organining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. 

 

11-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organining rasmiy veb-sayti 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organining rasmiy veb-sayti (bundan keyin - rasmiy 

veb-sayt)  bu  organga  tegishli  va  uning  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotni  o‘z  ichiga  olgan 

Internet  butunjahon  axborot  tarmog‘idagi  hamma  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  resurs 

hisoblanadi. 

Rasmiy veb-saytda, odatda, quyidagilar joylashtiriladi:  

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  strukturasi,  funksiyalari,  vazifalari, 

huquqlari,  majburiyatlari,  rekvizitlari,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining 

rahbariyati to‘g‘risidagi axborot; 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organining ish tartibi, shu jumladan fuqarolarni qabul 

qilish tartibi; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  tomonidan  qabul  kilingan  normativ-huquqiy 

hujjatlar to‘g‘risidagi axborot va ularning matnlari; 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati 

va ularni ko‘rsatish tartibi; 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organi ixtiyorida bo‘lgan axborot tizimlari va axborot 

resurslari ro‘yxati (ma'lumotlar banki, reestrlar, registrlar); 

  rasmiy  tadbirlar  (kengashlar,  uchrashuvlar,  brifinglar,  hay'atlar  va  b.),  shuningdek 

davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  rahbarlarining  tashriflari  to‘g‘risidagi 

ma'lumotlar; 

davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  tahliliy  ma'ruzalar, 

axborot xarakteridagi sharhlar; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  vakolatiga  tegishli  bo‘lgan  davlat  va 

boshqa  dasturlarning  amalga  oshirilishi,  shuningdek  hisobot  davri  davomidagi 

faoliyatning shaxsiy rejalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  tomonidan  o‘tkaziladigan  ochiq  konkurslar, 

kim oshdi savdolari va boshqa tadbirlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar; 

  fuqarolarning  murojaatlari  va  foydalanuvchilarning so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartibi, 

shuningdek tegishli so‘rovni rasmiylashtirishning taxminiy namunasi; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organiga  kelib  tushgan  murojaatlar  va  so‘rovlarni 

ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborot. 

Rasmiy  veb-saytda  qonun  hujjatlariga  muvofiq  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 

organining  faoliyati  to‘g‘risidagi  boshqa  axborot  ham  joylashtirilishi  mumkin. 

Rasmiy  veb-saytdagi  axborot  davlat  tilida  taqdim  etilishi  kerak.  Rasmiy  veb-sayt  boshqa 

tillardagi versiyalarga ega bo‘lishi mumkin. 


Rasmiy 

veb-saytda 

davlat 

hokimiyati 



va 

boshqaruv 

organi 

tomonidan 



joylashtiriladigan  axborotga  sana  qo‘yilishi  va  u  muntazam  yangilanib  turilishi  kerak. 

Axborotni yangilash tezligi davlat hokimiyati va boshqaruv organi tomonidan belgilanadi, 

ammo haftasiga kamida bir martadan kam bo‘lmasligi kerak. 

Davlat 


hokimiyati 

va  boshqaruv  organining  rahbari  rasmiy 

veb-saytda 

joylashtiriladigan axborotning haqqoniyligi uchun javobgar bo‘ladi. 



 

12-modda. Davlat  hokimiyati  va boshqaruv  organlarining faoliyati  to‘g‘risidagi 

axborotni  hamma  erkin  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  xonalar  va  joylarda 

joylashtirish 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  egallab  turgan  xonalarda  yoki  shu 

maqsadlar  uchun  ajratilgan  boshqa  joylarda  tegishli  organ  faoliyati  to‘g‘risidagi  joriy 

axborot  bilan  foydalanuvchilarni  tanishtirish  uchun  axborot  stendlari  va  (yoki)  shunga 

o‘xshash 

vazifadagi 

boshqa 

texnik 


vositalarni 

joylashtirishlari 

mumkin. 

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatilgan  axborot  quyidagilardan  iborat  bo‘lishi 

kerak: 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organining ish tartibi, shu jumladan fuqarolarni qabul 



qilish tartibi; 

  fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi; 

  davlat hokimiyati va boshqaruv organi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati 

va ularni ko‘rsatish tartibi; 

  qonun  hujjatlariga  muvofiq  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati 

to‘g‘risidagi boshqa axborot. 

 

13-modda. Davlat  hokimiyati  va boshqaruv  organlarining faoliyati  to‘g‘risidagi 

axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari davlat hokimiyati va boshqaruv organining 

faoliyati to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona 

va arxiv fondlari orqali taqdim etadilar. 

 

14-modda.  Axborotdan  foydalanuvchilar,  shuningdek  nodavlat  notijorat 

tashkilotlar  vakillarining  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  kollegial 

kengashlarida ishtirok etishlarini ta'minlash 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining kollegial kengashlari ochiq o‘tkaziladi, 

qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  ochiq  kengashlarda  axborotdan 

foydalanuvchilarning,  shuningdek  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  vakillarining  ishtirok 

etishlari  imkoniyatini  ta'minlaydilar.  Ishtirok  etish  tartibi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 

organlarining tegishli reglamentlari bilan belgilanadi. 

 

15-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi 



axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov 

Axborotdan foydalanuvchi bevosita hamda vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan 

tartibda rasmiylashtiriladigan o‘z vakili orqali davlat hokimiyati va boshqaruv organining 

faoliyati  to‘g‘risidagi  og‘zaki  yoki  yozma  shakldagi  (shu  jumladan  elektron  shakldagi) 



so‘rov  bilan  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organiga  murojaat  qilish  huquqiga  ega.  

Axborotdan  foydalanuvchining  so‘rovi,  agar  boshqasi  qonun  hujjatlarida  ko‘zda 

tutilmagan  bo‘lsa,  ro‘yxatga  olingan  kundan  boshlab  o‘n  besh  kundan  kechiktirilmagan 

muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. 

Ommaviy  axborot  vositasining  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati 

to‘g‘risidagi  axborotni  olish,  shuningdek  mansabdor  shaxslarning  intervyu  berishlarini 

tashkil  qilish  to‘g‘risidagi  so‘rovi  yetti  kundan  oshmaydigan  muddatda  ko‘rib  chiqiladi. 

Agar  so‘rov  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  vakolatiga  kirmasa,  bu  so‘rov 

ro‘yxatga olingan kundan boshlab uch kun davomida so‘ralayotgan axborotni taqdim etish 

vakolatiga  ega  o‘sha  organga  yuboriladi  va  bu  haqda  foydalanuvchiga  xabar  qilinadi. 

Agar  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organi  olingan  so‘rov  bo‘yicha  boshqa  davlat 

hokimiyati  va boshqaruv organining  vakolati to‘g‘risidagi  ma'lumotlarga ega bo‘lmasa, u 

holda  so‘rov  ro‘yxatga  olingan  kundan  boshlab  uch  kun  davomida  foydalanuvchiga 

tegishli javob yuboriladi. 

Foydalanuvchining davlat hokimiyati va boshqaruv organining faoliyati to‘g‘risidagi 

axborotni  taqdim  etish  to‘g‘risidagi  so‘rovi  rad  etilgan  holda  foydalanuvchiga  sabablari 

asoslangan tegishli rad etish javobi yuboriladi. 

 

16-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organining  faoliyati  to‘g‘risidagi 



so‘rovga taqdim etiladigan talablar 

Jismoniy  shaxsning  so‘rovida  fuqaroning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  turar  joyi 

to‘g‘risidagi  ma'lumotlar  ko‘rsatilishi,  so‘rovning  mohiyati  bayon  etilgan  bo‘lishi  kerak. 

Yuridik  shaxsning  so‘rovida  ushbu  so‘rovni  amalga  oshirayotgan  tashkilotning  nomi, 

yuridik  manzili,  ushbu  tashkilot  mansabdor  shaxsining  familiyasi  va  ism-sharifi 

ko‘rsatilishi, so‘rov mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. 

Axborotdan  foydalanuvchini  identifikatsiya  qilish  imkonini  beradigan  ko‘rsatilgan 

ma'lumotlarga  ega  bo‘lmagan  so‘rov  anonim  hisoblanadi  va  ko‘rib  chiqilmaydi. 

So‘rov  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organiga  yoki  vakolatiga  so‘rovda  qo‘yilgan 

masalalar  bo‘yicha  axborotni  taqdim  etish  kiradigan  mansabdor  shaxsga  yuboriladi. 

Belgilangan tartibda berilgan so‘rov ko‘rib chiqilishi shart. 

 

17-modda. Davlat  hokimiyati  va boshqaruv  organlarining faoliyati  to‘g‘risidagi 



axborotdan foydalana olishni ta'minlashda ushbu organlarning majburiyatlari 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari quyidagilarni ta'minlashga majbur: 

  axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining 

faoliyati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish muddatlari va tartibiga rioya qilish; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  faoliyati  to‘g‘risida  taqdim  etilayotgan 

axborotning haqqoniyligi; 

  o‘z 

vakolatlari 



doirasida 

taqdim 


etilayotgan 

axborotning 

to‘liqligi. 

Vakolatli  hokimiyat  organlari  (Oliy  Majlis  Palatalari,  Xalq  deputatlari  kengashlari), 

ular  qo‘mitalari,  komissiyalari  o‘zlarining  faoliyatlari  to‘g‘risidagi  axborotning,  shu 

jumladan  rejalashtirilayotgan  kengashlar  va  tadbirlar,  ko‘rib  chiqilishi  ko‘zda 

tutilayotgan  masalalar,  muhokama  qilinayotgan  masalalar  bo‘yicha  ovoz  berish 

natijalari  va  qabul  qilingan  qarorlar  to‘g‘risidagi  oldindan  beriladigan  axborot  va 

sh.k.ning o‘z vaqtida oshkor etilishi (e'lon qilinishi)ni ta'minlashga majburlar. 


Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 

majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 

 

18-modda. Nizolarni hal etish 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligi  sohasidagi  nizolar 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 

 

19-modda.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatining  ochiqligi 

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 

Davlat  hokimiyati  va boshqaruv organlari  faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 

 

20-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonun bilan muvofiq holatga keltirish 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 

Hukumat 


qarorlarini 

ushbu 


Qonun 

bilan 


muvofiq 

holatga 


keltirsin; 

davlat  boshqaruv  organlari  tomonidan  ushbu  Qonunga  zid  keladigan  ularning  normativ-

huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilinishini ta'minlasin. 

 

21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi 

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin kuchga kiradi. 

  

 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling