Qopqoq detaliga ishlov berishda sovitish-moylash suyuqligini optimal tarkibini tanlash


Download 1.68 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1469794
Bog'liq
Fozilova Gulchexraxon Azamjon qizi


QOPQOQ DETALIGA ISHLOV BERISHDA SOVITISH-MOYLASH SUYUQLIGINI OPTIMAL TARKIBINI TANLASH.


Fozilova Gulchexraxon Azamjon qizi, Andijon mashinasozlik instituti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “Mashinasozlik tehnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”
yo’nalishi 2-kurs talabasi

Mashinasozlik xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri deb hisoblanadi. Uning mahsulotlaridan foydalangan holda qolgan tarmoqlar rivojlanadi. Mazkur masala bo‘yicha Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev o‘z nutqlarida: «Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi», deb ta’kidlaydilar


SMSlarini ishlab chiqish va tanlash bizningcha ko‘p rejali bo‘lishi kerak. U ham nazariy, ham tajriba sinov tadqiqotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. SMSlarini tanlash tizimli yondashuvlvrga tayangan bo‘lishi kerakki, unda SMS lariga malum fizik-kimyoviy va funktsional xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab tizim sifatida ko‘rish imkoniyati bo‘lsin. Bu xususiyatlarni ishlovda qatnashishi ishlov berish shartlariga bog‘liq.
SMSlarining kimyoviy tarkibini tanlashdagi samaradorlikning o‘sishini nazariy va tajriba sinov jixatlarini ko‘rib chiqamiz. Zamonaviy SMSlari murakkab ko‘p komponentli kopozittsiyalardan tashkil topgan

1-rasim, Sovutish-moylash suyuqligini optimal tarkiblarini tanlash.
YAngi yog‘li SMSlari eski yog‘ paketiga qaytarilmas qo‘shimchalar, yani yangi markani texnologik va ishlovchanlik xususiyatlarini belgilovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan olinadi. Suv asosli SMSlari tarkibida neft yog‘lari, zanglashni susaytiruvchi, emulsiya xosil qiluvchi, eyilishga qarshi, edirilishga qarshi, yuvuvchi, bakteriya xosil qiluvchi, ko‘pikka qarshi, bog‘lovchi moddalar bo‘ladi. SMSlari optimal tarkibi ishlab chiqarish texnologiyasiga qanchalik bog‘liq bo‘lsa, xom ashyoning tabiatiga shunchalik bog‘liq bo‘ladi. Masalan, turli neft konlaridan olingan neftlar asosida tayorlangan yog‘li SMSlarining bir gurux komponentlari tarkibi jixatidan, texnologik xususiyatlari natijasi sifatida molekulalar strukturasi bir biridan farq qiladi.
Ayrim komponentlar bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi mumkin, lekin texnologik xususiyatlari jixatidan olinish usuliga bog‘liq ravishda ular bir biridan keskin farq qiladi. Masalan, yog‘li SMSlari tarkibiga ishlov berishning oxirgi uslubi uchun oleinli kislota yoki uning tuzlari 3% kontsentratsiyasi qo‘shiladi. Nashir etilgan ishlarda belgilab o‘tilganki, suniy oleinli kislota, tabiiysiga nisbatan kamroq samara beradi, masalan po‘lat detallarga eng so‘ngi ishlov berishda.[2]
Mexanik ishlov berishning turli operatsiyalari uchun SMSlarini tanlashda bajariladigan operatsiyalar xarakterini va asbob va detallar materiallari bilan aloxida komponentlarning tasirlashuvini inobatga olish zarur. Agarda qoralama va oqlama ishlov berishlar aloxida aloxida stanoklarda amalga oshirilsa, qoralama operatsiyalar uchun suvli SMSlarini, oqlamaga yog‘ligini qo‘llagan maqul. Qoralama ishlar ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadi, shuning uchun SMSlarining sovitish qobilyatlari o‘ta muxim, agar boshqa texnologik ko‘rsatkichlar ruxsat etilgan chegaralarda bo‘lsa. Oqlama ishlar uchun yog‘li SMSlarini qo‘llagan maqul, chunki yaxshi yog‘lash qobilyati yuqori texnologk xarakteristikalarni ta’minlaydi: ishlov berilayotgan yuzaning g‘adir budirligi pasayadi, temperaturaning kichik o‘zgarishlari xisobiga qoldiq kuchlanish pasayadi. Kesish yuzalaridagi qo‘shimchalarning adsorbtsiyasi ishlov berilayotgan yuza energiyasini pasaytiradi, uning plastikligini oshirib ishlanuvchanligini yaxshilaydi. SMSlarining kimyoviy aktiv komponentlari adsobtsiyasi ishlov beriluvchi metal kesiluvchi qatlamni sinishini kesish yuzasidagi kichik yoriqchalar osonlashtiradi. Bundan malum bo‘ladiki, bu effekt, kichik qlinlikdagi strujkalarni ajratganimizda aniqroq namoyon bo‘ladi, ya’ni abraziv ishlov berishda.
Xulosalar
1.Qator ishlov beriluvchi materiallar SMSlarini tanlashda malum bir chegaralarni o‘rtaga tashlaydi.
2.Po’lat materiallariga ishlov berishda aktiv muxitli SMSlarini qo‘llash detalga xam keskichga xam foydali ekanligi isbotlandi;
Ilmiy rahbar: Nabiyev Bekzod Ne’matjonovich
Adabiyotlar
1.Иноземцев Г.Г. Проектирование металлорежущих инструментов: Учеб. пособие для вузов по специальности «Технология машиностроение, металлорежущие станки и инструменты». – М.: Машиностроение, 1984. – 272с.
2.Кирсанов С.В. Режущий инструмент: Учебник для вузов 2-е изд. Доп. М.: Машиностроение, 2005. 528с.
3.Н.Сахаров и др. Металлорежущие инструменты: Учеб. пособие для вузов по специальности «Технология машиностроение, металлорежущие станки и инструменты». М.: «Машиностроения», 1989. 323с.
4.Колесов И.М. Основы технологии машиностроения: Учебник для машиностроительных вузов. – М.: Машиностроение, 1997. – 592с


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling