Qo’qon adabiy muhitida tazkiranavislik


Download 14.48 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi14.48 Kb.
#1417800
Bog'liq
Ismoilova Gulmiraga tashqi taqriz


Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Rustamova (Ismoilova) Gulmiraning “Qo’qon adabiy muhitida tazkiranavislik” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A S H Q I Т A Q R I Z
Talaba, Ismoilova Gulmira o’z bitiruv malakaviy ishida “Qo’qon adabiy muhitida tazkiranavislik” masalasini Po’latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” tazkirasi misolida yoritib berishga harakat qilgan. Talaba ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ob’yekti va predmeti kabi masalalarnini aniq belgilab olgan.
Tadqiqot ishi kirish, uch bob va xulosani o’z ichiga oladi. Ishning birinchi bobi “Po’latjon Qayumiy va uning “Tazkirayi Qayumiy” asari haqida” deb nomlanib, talaba bu bobda adabiyot tarixida yaratilgan tazkiralarga to'xtalib o'tish barobarida asosiy e'tiborni Qo’qon adabiy muhitida XX asrda yaratilgan ''Tazkirayi Qayumiy'' asariga qaratgan. Asardagi 300 nafardan ziyod shoirlar haqida nodir ma’lumotlarni o’rganish va ularni ilmiy tadqiqot doirasiga tortish zaruratidan xususida fikrlar yuritgan.
Ishning ikkinchi bobi “Tazkirayi Qayumiy”ning tarkibi va uslubidagi o’ziga xosliklar” deb nomlangan bo’lib, talaba tazkiradagi ma’lumotlarni xarakter xususiyati, o’ziga xosliklariga ko’ra tarkibiy qismlarga ajratadi. Shoirlarning tug`ilgan joylari, ijodkorlarning tug’ilgan va yashagan joylarining geografik o’rni, shoirlarning tashqi qiyofalari, portretlarini mahorat bilan yoritib berganligi tahlil qilindi. Uning o’ziga xos jihatlarini ochib berishga harakat qilgan.
Ishning uchinchi bobi “Tazkirayi Qayumiy”dagi asar muallifning adabiy-tanqidiy qarashlari” deb nomlangan bo’lib, talaba bu bobda tazkiradagi Qayumiy domlaning shoirlarning ijodidan na’muna keltirish bilangina cheklanmaganligi, ular ijodiga o’z munosabatini bildirganligi, ijodkorning yutuqlarini aytish barobarida kamchiliklarini ham ko’rsatganligi, tahlil etilgani haqidagi masalalardagi fikrlarini o’z qarashlari bayon etishga urinadi.
Talaba bitiruv malakaviy ishdan ko’zlangan maqsadga erisha olgan, ushbu tadqiqot bitiruv malakaviy ish talablariga to’la javob beradi, deb hisoblaymiz.
Umuman olganda ushbu bitiruv malakaviy ishi to’la yakunlangan tadqiqot sifatida himoyaga tavsiya qilinishi mumkin. Ishda yutuqlar bilan birga imloviy, shuningdek texnik xatolar ham ko’zga tashlanadi. Biro q, bu kamchiliklar ishning umumiy mazmuniga putur yetkazmaydi. Shuni hisobga olgan holda tadqiqotni davlat attestatsiyasi hay’atiga himoya qilish uchun taqdim qilish mumkin deb hisoblayman.


Taqrizchi: QDPI adabiyot kafedrasi ______________________________fani o’qituvchisi ___________________________
Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling