Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil


Download 17.23 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi17.23 Kb.
#1456913
Bog'liq
Untitled


Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya
nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) magistranti Tojiboyeva
Durdonaxon Mirkomil qizining “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish
belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik
darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga

Ilmiy rahbar xulosasi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida juda katta ko‘lamda va keng miqyosda olib borilgan va izchil davom etayotgan o‘zgarishlar, islohotlar samarasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, ushbu soha islohotlarining dastlabki bosqichida ikkita asosiy hujjat - O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ushbu ikki qonun ta’lim sohasini normativ tartibga solish hamda ushbu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlami qabul qilishda muhim asos sanaladi. Endilikda guvohi bo‘lib turibmizki, ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlar qonunchilik bilan ta’minlanib, davlat tomonidan qo‘llabquvvatlab kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta’lim majmuyi mavjud. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga ega. Yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali ta’lim jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablarigajavob beradigan yangi toifadagi o‘qituvchilami tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni damda yurtimizda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’miniash jarayoni rivojlanib bormoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeyi oshib, televideniye va radio ta’lim dasturlarining intellektuallashuvi ta’minlangan. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantirildi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va maTumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantirilmoqda.
Tojiboyeva Durdonaxonning “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida ona tili faninining rivojlanish tarixi, ushbu fanni yanada takomillashtirish hamda o’quvchilarga tinish belgilardan to’g’ri foydalanishning ular bilan ishlashning qulay va samarali yo’llari imiy tazda asoslab berilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi: kirish, 3 asosiy bob, 9 paragraf, har bir bob yuzasidan xulosa, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Tadqiqot ishining umumiy hajmi 80 sahifadan oshiqni tashkil qiladi.
Tadqiqotning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi yoritilgan; tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan; tadqiqotning metodologik asosi, ilmiy yangiligi, metodlari, amaliy natijalari, natijalaming ishonchliligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “O’zbek tili punktuatsiyasi asoslari” deb nomlangan bo‘lib, 4 fasldan iborat, mazkur bobda ona tili fanining asosiy maqsadi, rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, boshlang’ich sinf ona tili darslarini tashkil etish texnologiyasi, o’quvchilarda bu fan yuzasidan xosil bo’ladigan kompentensiya haqida ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, ona tili darslarida o’quvchilaming individual qiziqishlarini oshirishi, hamda kelajakda kasb tanlash bilan bog’liq bo’lgan jaayonlarga katta ta’sir ko’rsatishi haqida atroflicha mulohaza yuritilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “2-sinf ona tili darslarida tinish belgilarini o’qitish” deb nomlanib u 3 ta fasldan iborat. Ushbu bobda o’quvchilarini tinish belgilarining ahamiyati undan foydalanish metodikasi ishlab chiqarish tarixi va uning turlari bilan tanishtirish; boshlang’ich sinf ona tili darslarida sintaksis va punktuasiyasi bog’lab o’rganish haqida fikrlar yuritilgan.
Dissertatsiyaning uchunchi bobi “Sintaktik mashqlar orqali sinfda o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlili” ekspirement sifatida olingan sinflarda o’tkazilgan tajriba sinov ishlari tahlili yoritilgan.
Tojiboyeva D. tomonidan chop etilgan maqolalar dissertatsiyaning umumiy mazmunidan kelib chiqib yozilgan.
Dissertatsiyada tanlangan mavzu atrolicha yoritilganiga qaramay, unda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

  1. Imloviy, ishoraviy xatoliklar;

  2. Uslubiy va texnik kamchiliklar;

  3. Foydalanilgan adabiyotlaming betlari aniq qo’yilmaganligi;

Shunga qaramay yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodiksi (boshlang4ich ta’lim) 2-kurs magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil qizining “Boshlanglich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida dissertant ko‘zlagan maqsadiga erishgan, ilmiy yangilik yaratgan va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalami to‘liq bajara olgan. Ushbu tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyasiyasi nizom talablariga to‘liq javob beradi. Bu tadqiqot ishini “ijobiy” baho olishga loyiq deb hisoblayman.

Ilmiy rahbar:
Y.R.Odilov, O’zRFA O’zbek tili adabiyoti va folkrori instituti bo’lim boshlig’i filologiya fanlari doktori professor
Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling