Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet134/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
KOKAND UNIVERSITY HERALD
ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА




ISSN: 2181-1695

OAK: 01-08/1819/6

www.herald.uz



MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOG-XODIMLARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Mamasoliyeva Muhayyoxon
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA



Qabul qilindi: 24-may 2022-yil
Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil
Jurnal soni: 3
Maqola raqami: 13
DOI: https://doi.org/10.54613/001148

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari tahlil etilib, tarbiyachi-xodimlarning kasbiy kompetensiyasidagi mavjud kamchilik va muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, pedagog-xodimning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga egaligi, ularning faoliyatiga zarur bo‘lgan samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari tadqiq etilgan.



KALIT SO‘ZLAR

kasbiy kompetentlik, pedagogik mahorat, ta’lim integratsiyasi, perseptiv qobiliyat, kommunikativ qobiliyat, konstruktiv qobiliyat, gnostik qobiliyat, didaktika.






KIRISH

Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va yangilash tarbiyachi pedagoglarning o‘z ustida ishlashi, bilim, ko‘nikma, malakalarini muntazam oshirib borish yo‘lida ham o‘ziga xos talablarni belgilab beradi. Bu muhim vazifani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va pedagoglarning innovatsion kompetentliligini rivojlantirish, faolligini oshirish hamda innovatsion jarayonlarga qiziqishi va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi170.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisdagi Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi yo‘nalishlar belgilab berilgan:

  • sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg’unligini ta’minlash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;

  • pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

  • yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish.171

Bugungi kunga qadar kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyachilarning kompetentligini rivojlantirish borasida yetarlicha tadqiqot ishlarining olib borilmaganligi ham dolzarb masaladir. Chunki ta’lim muassasalarida tarbiyachining kasbiy kompetentligi rivojlantirilsa, ularning innovatsion kompetentligi tarkib topsa, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kompetentlilikni shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari o‘rgatib borilsa, tarbiyachi faoliyatining keyingi bosqichlarida bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bilan bog’liq masalalar biroz bartaraf etilgan bo‘ladi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling