Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet135/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

ADABIYOTLAR TAHLILI
Pedagogning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishni tadqiq qilish masalalari bir qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur mualliflar kasbiy faoliyatni layoqatlilik, ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda olib borganda tarbiyachining kasbiy – individual hodisa sifatidagi pedagogik madaniyatini tavsiflaydi, degan fikrni olg’a surganlar172. O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning o‘z faoliyatini amalga oshirishiga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi173.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda, ko‘pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida «kompetentlik» degan tushuncha keyingi paytlarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetensiyaviy yondashuv xorijiy adabiyotlarda o‘tgan asrning 60-yillarida shakllana boshlagan edi.
G‘arb mamlakatlarida shakllangan an’anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentligi, ta’lim tizimi esa – bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi. Xorijiy mamlakatlarda an’anaga muvofiq ishchining bilim va malakalarining o‘ziga xos xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) standartlari ishlab chiqiladi.
Pedagogikada kompetentli yondashish mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz rivojlanib boruvchi ta’lim jarayonlarida mavjud bo‘lib, ular bosqichma-bosqich shakllangan. «Mahorat», «malaka» va «salohiyat» masalalari, shu bilan birgalikda, bir qator faoliyatning birikuvi M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, V.V.Krayevskiy, G.P.Shyedrovidskiy, V.V.Davidov va boshqa pedagogika sohasi olimlarining ilmiy asarlari asosini tashkil etgan. D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik – ishda kerak bo‘lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig’indisidir», deb ta’kidlaydilar. I.V.Grishina kasbiy kompetensiyaga shaxsning o‘z professional faoliyatini qanchalik darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha ta’riflaydi:

  • “Faoliyatga bo‘lgan munosabat, unga zarurat va qiziqish, intilishlar, qadriyat faoliyatidan maqsad, o‘zining ijtimoiy o‘rnini tasavvur qilish;

  • shaxsiy o‘ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqei, kasbiy bilim, mahorat va ko‘nikmalar, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish;

  • shu asosda o‘zining kasbiy jihatdan shakllanishi va o‘sishini boshqara bilish demakdir.”174

Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayonlarini axborotlashtirish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlar respublikamiz olimlaridan: N.Аzizxodjaeva, U.Begimqulov, R.D Jo‘raev, F.Zakirova, Sh.Qurbonov, N.Muslimov, B.Ma’murov, Sh.Mardonov, Q.Olimovlar tomonidan olib borilgan.175
Tadqiqotchi D.Ermakov kompetentlikni quyidagi qator belgilar bilan xarakterlanadigan yaxlit shaxsiy ta’lim berish imkoniyati sifatida baxolaydi:

    • bilimlar operativligi va mobilligi, har bir aniq vaziyatni uning turli jihatlarini hisobga olgan holda qo‘llash va birlashtirish qobiliyati;

    • kommunikativlik qobiliyati, faoliyat doirasida boshqa shaxslar bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ya olishi;

    • o‘zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyati, muayyan faoliyatga oid bo‘lgan yangi qirralarni o‘zlashtirishga intilish.

Keltirilgan qobiliyat, sifat va fazilatlarning mavjudligi shaxsning pedagog sifatida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olish mezoni darajasida ekanligi ta’kidlanadi.176
Jumladan, M.A.Choshanov “Komponentlik – bu nafaqat bilimlarga ega bo‘lish, balki ushbu bilimlarni muntazam rivojlantirib borish, aniq vaziyatlarda qo‘llay olishga intilish, ya’ni, operativ va mobil bilimlarga ega bo‘lish, tanqidiy fikrlash, qulay samarali qaror qabul qilish hamda yolg’onni rad etish qobiliyatiga ega bo‘lishdir, deb ta’kidlaydi177.
Masalan, E.A.Texanova bo‘lajak pedagogning kasbiy komponentligini tahlil qilar ekan uning bilimi, kasbiy va hayotiy tajribasi, qiziqishlaridan foydalangan holda kasbiy pedagogik faoliyatda uchraydigan real vaziyatlarda yuzaga keladigan muammolarni hal qila olish qobiliyatini ochib beradi.178
N.Muslimov o‘z ilmiy izlanishlarida oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy vazifa sifatida ta’lim muassasalarida sog’lom ijodiy muhitni yaratish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilg’or innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, talaba yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.179
B.Xodjaev esa ta’limni modernizatsiyalash – bu davlatning ta’lim sohasidagi siyosati asosini tashkil etib, ijtimoiy va umumxalq vazifasi sifatida u yaxlit ta’lim jarayonining barcha tarkibiy qismlariga o‘zgartirishlar, yangiliklar kiritilishidir. Modernizatsiya jarayoni davlat va jamiyat, ta’lim oluvchilar va tarbiyachilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, deb izohlaydi180.
P.Lutfullaev o‘zining ilmiy izlanishlarida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida sifat va raqobatbardoshlilikni ta’minlash yo‘llari xususida to‘xtalar ekan, globallashuvni oliy ta’limda to‘xtovsiz o‘zgarish va rivojlanishning mahsuli sifatida ta’kidlaydi. Darhaqiqat, mazkur yondashuvlar o‘z mohiyati va ta’sir doirasiga ko‘ra oliy ta’lim tizimidagi akademik va tashkiliy strategiyalarni sifat menejmenti nuqtai nazaridan takomillashtirish, ta’limga kompetentli yondashuvni rivojlantirish, shuningdek kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimida sifat va raqobatbardoshlikni oshirishga, innovatsion menejmentni joriy etishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, kasbiy kompetentlik tushunchasi odatda muayyan faoliyat doirasida aniq muammolarni hal etish va vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek zaruriy tayyorgarlik darajasini ifodalovchi ijtimoiy-kasbiy mavqeni xarakterlaydi181,- deb aytib o‘tadi.
K.J.Risqulovaning fikriga ko‘ra, “Kompetensiya” u yoki bu kasb egasiga zarur bo‘lgan kasbiy qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik me’yorlar yig’indisini anglatadi. Kompetentlik esa – shaxs amaliy faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, kompetensiya me’yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir.

Kompetentlikning asosiy mezoni samarali faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bilan belgilanadi”.182


Ilxamova I.N. ijtimoiy-madaniy kompetensiya xalqaro tilshunoslik, ijtimoiy-lingvistik va madaniyatshunoslik kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi, - deb hisoblaydi. Nazariy jihatidan, kompetentsiya – bu ma’lum bir sohada samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan va o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo‘lgan shaxsning turli layoqatlari va xususiyatlarining yig’indisidir183, deb fikr bildirgan.
I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: Pedagogik mahorat deganda tarbiyachining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbi malaka va ko‘nikmalarini mukammal egallashi184, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”,- deb ta’kidlagan.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling