Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet142/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Hozirgi zamon ta’limining eng muhim muammosi – maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish va ta’lim sifatini yanada takomillashtirish hisoblanadi. Biz pedagoglarning mahoratini oshirishda nimalar to‘siq bo‘lyapti va kamchilik va muammolar qanday ekanligini tarbiyachilar o‘rtasida so‘rovnoma usuli, taqqoslash va xorij tajribasi orqali o‘rgandik. Yuqoridagi natijalarimizdan shuni ko‘rishimiz mumkinki, pedagogik mahorat integratsiyalashgan jarayondir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar maktabgacha ta’limning davlat standartlarini amalga oshirishga qaratilgan hisoblanadi. Bu quyidagi xulosalar berishimizga asos bo‘ldi:
Tadqiqotimiz natijasida juda ko‘p muammolarni o‘rgandik va muammoli vaziyatlarga quyidagicha javob va takliflar bermoqchimiz:

  • AKT va chet tilini o‘rganish uchun majburiy kurslar tashkil qilinishi kerak;

  • oliy toifali pedagoglar bilan o‘rta maxsus pedagoglarning oylik maoshini taqsimlash, ya’ni oliy toifali yuqoriroq maosh olishi, o‘rta maxsus esa kamroq maosh olishi kerak;

  • MTT xodimlarining komponentligini oshirishga qaratilgan xalqaro va Respublika miqyosidagi treninglarda ishtirok etib, sertifikatlar olishi, amaliy tajribani o‘z faoliyatiga tatbiq etishini ochiq mashg’ulotlar orqali ko‘rsatib borishini joriy qilish lozim;

  • turli seminar treninglar, online va offline kurslar tashkil qilish kerak

  • Uslubiy qo‘llanmalar, metodik manbalar bo‘yicha qulay adabiyotlar yaratish lozim;

  • malaka oshirish kurslariga jalb qilish kerak;

  • Har bir MTTda resurs bazalari yetarli darajada bo‘lishi kerak;

  • MTT xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovini tashkil qilish kerak;

  • MTT onlayn tarzda munozara klublarini joriy qilish kerak;

  • respublikaning eng zo‘r MTT tarbiyalanuvchisi ko‘rik-tanlovini joriy etish;

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, hozirgi kunda MTTda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy kompetensiyasi o‘rta darajada bo‘lib, bu ko‘rsatkich bugungi kun avlodi tarbiyalanuvchilari uchun qoniqarli emas. Yangi avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash uchun tarbiyachilardagi kasbiy kompetensiyani yuqori darajada rivojlantirish, ularga motivatsiyalar berish, yetarlicha shart-sharoitlar yaratilishi zarur.


Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling