Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI FAOLIYAT ORQALI BOLALARNING NUTQINI TAKOMILLASHTIRISH Mansurova Madinaxon
- MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi
- KALIT SO‘ZLAR
RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI FAOLIYAT ORQALI BOLALARNING NUTQINI TAKOMILLASHTIRISH Mansurova Madinaxon Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
KIRISH “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturida MTTning maqsad va vazifalari quyidagicha belgilangan: bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish202. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sifatli ta’limiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan: “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, dasturning to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir: Til va nutq markazi (nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar). Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi (qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari). San’at markazi (rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami). Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz (guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar). Ilm-fan va tabiat markazi (tabiat, atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari). Ushbu markazlar tarbiyalanuvchilar uchun muhim o‘rin kasb etadi, chunki bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Tarbiyachi esa ularga yordamchi sanaladi. Bu esa bolalar nutqi, erkin fikrlashi, jismoniy va ijtimoiy bilish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o‘yin hisoblanib, rivojlantiruvchi markazlarda undan unumli foydalanilmoqda. Bunday mashg‘ulotlar orqali bola o‘rgatilgan bilim, ko‘nikmalarni xotirasida tez va mustahkam saqlaydi. Biz ilmiy ishimizda rivojlantiruvchi markazlar faoliyati orqali kichik yoshli bolalarning nutqi takomillashtirilishiga alohida e’tiborni qaratdik. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlar rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi “Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari”, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish orqali nafaqat bolaning so‘z boyligi oshiriladi, balki uning muloqot qobiliyati rivojlantiriladi, undagi bilish jarayonlari, shu jumladan, tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi203. Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan: bolalar hayotidan hikoyalar; bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar; suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi; bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar204. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng asosiy vazifalaridan biri bu “maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ona tilida nutq o‘stirish ishlarini yo‘lga qo‘yish205”dir. Konsepsiyada aytilishicha, ona tilini o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling