Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet145/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

ADABIYOTLAR TAHLILI
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari, kamchiliklari o‘rganilgan hamda 2030-yilgacha bu jarayonda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanishida, birinchi navbatda oilaning, ota-onaning hamda uni o’rab turgan muhitning o’rni va ahamiyati katta. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalqqa Murojaatnomasida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni barpo etishda beshta xalqa ichida maktabgacha ta’lim, beshta ustun ichida esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalarning hamkorlikdagi muhim mas’uliyatli vazifalariga to‘xtalib o‘tgan edi. Shu bilan birga I.V. Grosheva, L.G. Evstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B. Nabixanova, S.V. Pak, G.E.Djenpeisova, M.R. Isxakovalar ham bu mavzu yuzasidan “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini ishlab chiqishgan. Bu dasturda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarining har biriga alohida ilmiy-uslubiy yondashilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. Bolalar bog‘lanishli nutqini o‘stirish.

  2. Bolalar lug‘atini boyitish.

  3. Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so‘zlarning gapda o‘zaro birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo‘lgan turli grammatik shakllar, qo‘shimchalardan foydalanishni o‘rgatish.

  4. Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish, ovoz-ohangni tushunish, nutqiy nafas olishni to‘g‘ri bajarishni shakllantirish.

  5. Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, dialogik va monologik nutqini o‘stirish, hikoya tuzishga o‘rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, ertak, hikoyalarni o‘rganish, kitobga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o‘rgatish.

Shunday ekan, rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda bolalar nutqini rivojlantirish har qaysi pedagog faoliyatining ajralmas qismi bo‘lishi kerak.
Muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Hozirgi zamon nutq tadqiqotchilariga tizimli yondashuv xos bo‘lib, yaxlit tizim sifatida mavjud bo‘ladigan tashqi va ichki munosabatlarning ko‘pligi hodisalarini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya).
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi. Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, E.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.).
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: “Nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar, balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir”.
K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildiradi.
Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi.
A.A.Leontev L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar. Verbalgacha bo‘lgan davr (bola hayotining dastlabki davri) yoki tayyorlov bosqichining psixologik va psixolingivistik tahlili aynan ushbu davrda nutqning muhim omillari shakllanadi, degan xulosaga kelish imkonini beradi. M.I.Lisinaning qayd etishicha, bola o‘z hayotining birinchi yilida atrofdagi kattalar bilan muloqot shaklini ikki marta o‘zgartiradi.
Birinchi shakl – yaqin kattalar bilan vaziyatli-shaxsli muloqot (2-oylarga kelib). Birinchi yarim yillik oxirida ushlashni o‘rganib olgan bola kattalar bilan muloqotning nisbatan murakkab bo‘lgan o‘zga darajasiga o‘tadi. Bu vaziyatli-amaliy muloqotdir.
Nutqning vujudga kelish bosqichi (bir yoshdan boshlab keyinga yoshning yarmigacha) bolaning atrofdagi kishilar bilan muloqotining ikki bosqichi – verbalgacha bo‘lgan va verbal bosqichlar o‘rtasidagi o‘tkinchi pog‘ona sifatida xizmat qiladi.
Mazkur bosqichning asosiy mazmunini quyidagi ikki voqea tashkil qiladi: atrofdagi kattalar nutqini tushunish vujudga keladi va dastlabki verballashuvlar paydo bo‘ladi. Har ikkala voqea ham bir-biri bilan nafaqat vaqt bo‘yicha, balki mohiyatiga ko‘ra ham uzviy bog‘liqdir. Ular kattalar bola oldiga qo‘yadigan yagona kommunikativ vazifani hal qilishning ikkita yagona usulidir. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib olishlari va ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi uch jihatga, ya’ni birgalikdagi harakat chog‘idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo‘lgan kommunikativ omilga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday holatlarning oldini olishda rivojlantiruvchi markazlardagi faoliyat orqali nutq o‘stirish katta ahamiyatga ega. Bu esa ilmiy maqola mavzusining hozirigi kundagi dolzarb masala ekanligini ko‘rsatadi.
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, “…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini o‘zlashtira olmaydi”.
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‘rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‘plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‘shishgan.
V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-60 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan. XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘ozieva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tilini o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlarining tadqiqot ob’yekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni o‘stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling