San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari)
Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu topshiriqlarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin.
Non haqida albom ishlash ( kichik guruhda ishlash)
(Rishton tuman “Shodlik” MTM)
Maqsad: Non haqida bilish, non va non mahsulotining rasmini chizish. Yangi shaklda jamoa bo‘lib ishlashni o‘rganish, albom tayyorlash va uni birgalikda bezatish.
Jihozlar va materiallar: Rangli qog‘oz, karton qog‘oz, bo‘yoq cho‘tkalar, rangli qalamlar, qaychi, yelim va yig‘ma rasmlar.
Faoliyatning olib borilishi:
Ishni rejalashtirish. Vazifalarni bo‘lib berish ( kimdir chizadi, kimdir qirqib aplikatsiya ishini bajaradi).
Ishning bajarilishi.
Umumiy ishlarni albomga yopishtirish.
Kirish qismini bezatish.
Qo‘shimcha qism: Non haqida albom ko‘rgazmasini tashkil qilish.
E’tiborga molik jihati: sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilish; do‘st mehnatini qadrlash, tasavvurni rivojlantirish, nutq va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.
Jamoat ishi: applikatsiya: transport turlari
Maqsad: mayda qo‘l motorikasi, tasavvurini rivojlantirish, estetik bezatish, jamoa bilan ishlashni bilish. O‘zining ijodini chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: rangli kartonlar, qog‘oz, yelim, stepler, ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. “Transport” mavzusida rasmlarni ko‘zdan kechirish.
2. Tasviriy san’at faoliyati noan’anaviy texnikasi bilan tanishish.
3. Rasm tanlash.
4. Bolalar bilan mavzu asosida applikatsiya ishini bajarish.
5. Tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikatsiyani bezatishi, mavzuga oid she’r yoki qo‘shiq kuylashni taklif qilishi, ko‘rgazma tashkil etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o‘rgatish.
2. Tasavvuri va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.
3. Hayot xavfsizligi saboqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |