Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari) (Rishton tumanidagi “Nilufar” nomli MTM)


Download 3.1 Mb.
bet152/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari) (Rishton tumanidagi “Nilufar” nomli MTM)
Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig‘ishi va bo‘laklarga ajratishi mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko‘chadan topilgan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun foydalaniladi. Buni xonadagi markazda yoki tabiat bag‘rida o‘tkazsa ham bo‘laveradi. Yana bu markazda tarbiyachi tajribalar o‘tkazishi ham mumkin. Masalan: “Kamalakni qog‘ozda aks ettiramiz”. Buning uchun bir martalik qog‘oz va rangli qalamlar kerak bo‘ladi.
Olovning xususiyatlari”
Maqsad: Olovning foydasi va xavfliligini biladi. Olov bilan ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rganadi.
Jihoz va materiallar: “Olov foydali – olov xavfli” mavzusida syujetli rasmlar. “Olovda nima yonadi” didaktik o‘yini.
Faoliyatning borishi:

  1. Olovning tashqi ko‘rinishini rasmlarda ko‘rish va tasvirlab berish (rangi, hajmi v.b.)

  2. Kartochkalar bilan ishlash: yonayapti – yonmayapti.

  3. Bajarilgan ishni tushuntirib berish.

  4. “Yonayotgan olov” tasvirini pazllarda yig‘ish.

Qo‘shimcha: kislorodsiz rasmlarda tajribadagi kislorodsiz olovni o‘chirishni kuzatadilar.
Nimaga ahamiyat berish lozim:
Tajriba o‘tkaza olish; qoidani biladi va unga amal qiladi; hayot xavfsizligi saboqlari.
Suvning xususiyatlari”
Maqsad: suvning ajoyib xususiyatlari bilan tanish. Suvdan foydalanishni biladi. Suv bilan tajriba o‘tkazadi. O‘t o‘chiruvchilar faoliyatida suvning ahamiyati bilan tanishadi.
Jihoz va materiallar: suv, qum, sham, gugurtlar, mavzu bo‘yicha illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Yong‘indan yordamchi sifatida suvning xususiyatlari bilan tanishish;

  2. Tarbiyachi bilan ish; olovni o‘chirish (yongan shamni suv yordamida o‘chirish.

  3. Xulosa chiqariladi.

Qo‘shimcha: kislorodsiz rasmlarda tajribadagi kislorodsiz olovni o‘chirishni kuzatadilar.
Nimaga ahamiyat berish lozim: tajriba o‘tkaza olish; qoidani biladi va unga amal qiladi; hayot xavfsizligi saboqlari, faol bo‘lmagan bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish, emotsional holati, hayot xavfsizligi asoslari.
Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” asarida: “Men bolalar “Alifbe”ni ochib, birinchi so‘zni hijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim”, deb ta’kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ilm-fan va tabiat markazidagi mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor bolalarni atrof-olam, tabiatdagi hodisalarning mohiyatini anglab yetishlariga qaratilganining guvohi bo‘ldik. Bolalarning lug‘at boyligi ham o‘rganilayotgan mavzu doirasida oshib boradi.

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling