Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Maktabgacha ta’limda ertak va hikoyalarini o’rgatish metodlari


Download 3.1 Mb.
bet28/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Maktabgacha ta’limda ertak va hikoyalarini o’rgatish metodlari:
Maktabgacha ta’limda ertak va hikoyalarini o‘rgatish o‘ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ertak va hikoyalarni o’rgatishda eng qulay metodlarni tanlash, uni to’g’ri qo‘llashni talab etadi. Chunki har bir asar janri o’ziga xos metod va usullarni talab etadi.
Maktabgacha ta’limda ertak o‘qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, ertakni sahnalashtirish, teatrlashtirish kabi metodlardan foydalaniladi; maasalan Katta guruhda A. Navoiyning “Bir kabutar” hikoyasi.
Maqsad: A.Navoiyning “Bir kabutar” hikoyasi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish orqali jonzotlarga mehr uyg’otish.
a) ta’limiy: Badiiy asar mazmunini tushunish, hikoya qilib berishga tayyorlash, bolalarning badiiy nutqini shakllantirish:
b) tarbiyaviy: bolalarda o‘zligini anglash, vatanga muhabbat, unga sodiq farzand bo’lish hissini tarbiyalash, yaxshilik va yomonlikni farqlash, bolalrga erkinlik, ozodlik, Vatan haqida ijobiy his-tuyg’ularini uyg’otish, vatanparvarikni shakllantirish, ijodiy fikrlashga o‘rgatish.
c) rivojlantiruvchi: Bolalar lug’atiga falak, tez uchar gardish, gir-gir, vayrona so’zlarini kiritish;
Kerakli jihozlar: qafas, kabutar rasm illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilib, bog’cha atrofida uchib yurgan qushlar, kabutarlarni kuzatishni aytadi, bolalar qush va kabutarlarning bog’cha tomiga, daraxtlarga o’zlari uchun in qurganlarini aniqlaydilar,ularning ovqat izlashi, yashashi, odamlardan qochmasligi erkin uchayotganini bilib oladilar.
1. Tarbiyachi A. Navoiyning “Bir kabutar” hikoyasini hikoya qilib beradi hikoyadagi bolalar uchun qiyin so’zlarni izohlaydi, bolalarga so’zlarni to’g’ri aytishni o’rgatadi, ular ma’nosini tushuntiradi, so’zlarni eslab qolishni aytadi
2. Hikoya yuzasidan suhbat o’tkazadi
3. Tarbiyachi hikoyani qayta so’zlab beradi
4. Hikoya yuzasidan berilgan savollarga javob beradilar
5. Hikoyani qismlarga bo’lib so’zlatiladi, so’ng ikki uchta bola hikoyani to’liq so’zlaydi. Bolalar hikoyani o’rganish jarayonida kabutarni, podshoni tasvirlaydilar, shu asosida ijodiy fikrlaydilar
6. Tarbiyachi hikoya asosida erkin, ozod yashash ona Vatan tushunchasini izohlaydi, bolalar ona vatan haqida she’r aytish bilan ona Vatanga muhabbatni ifoda etadilar
Hikoya yuqoridagi kabi metodda o’rgatish bolalarni ijodiy fikrlashga yordam beradi, ularda ona Vatan, yurtga muhabbat, unga sodiq farzand bo’lish hissini o’stiradi.
Shuningdek, maktabgacha ta’limda bolalarga ertak va hikoyalarni noan’anaviy metodlarda o‘rgatish muhim ahamiyatga egadir. Bunda, ayniqsa, didaktik o‘yin, qo’g’irchoq teatri, sahnalashtirish, adabiy kechalar tashkil etish bolalarda qiziqish uyg’otadi. Shuningdek, ertak va hikoya, multfilm, videofilm, teleko‘rsatuv orqali o‘rgatish ham maktabgacha ta’limda qo‘llaniladi, bolalrning ertak mazmunini oson tushunishi, asar qahramonlarning xususiyatini tez farqlashi, ertak va hikoyaning mazmuni eslab qolishlarini ta’minlaydi. Bolalarda eshitish va ko’rish orqali idrok qilish tarbiyalanadi bu esa bolalarning bilish faoliyatini oshiradi, xotirаsini kuchaytiridi, ularning aqliy faolligini oshiradi. Natijada nutqning kommunikativ vazifalari kengayadi, bolalar ertak qahramonlarining nutqini eshitish, tinglash, harakatlarini ko’rish, kuzatish bajarishi orqali erkin ijodiy fikrlashga o’rganadilar.
X.Badalovning “Qip-qizil olma” hikoyasini o‘qib berish mashg’ulotini quyidagicha tashkil etildi.
Mavzu: X.Badalov, “Qip-qizil olma”
Metod: o‘qib berish

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling