Mashg’ulotning maqsadi: Hikoyani o‘qib berish orqali uning mazmunini tushunish, savollarga javob berishga o’rgatish. Bolalarni bir-biri bilan ahil, do’st, o’rtoq bo’lishga va hech qachon qizg’anchiq bo’lmaslikka o’rgatish. Ertak va hikoyalarni tinglash orqali kitob o’qishga qiziqtirish.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: bolalar, hozir yoz fasli, hamma mevalar pishgan. Mana bu mevaning nomini bilasizlarmi?
Bolalar: Olma.
Tarbiyachi: Olmaning rangi qanday?
Bolalar: Olmaning ranggi qizil.
Tarbiyachi: to’g’ri, olmaning rangi qip-qizil ekan. Bolalar, quloq solib eshiting. Hozir sizlarga Xamid Badalovning “Qip- qizil olma” hikoyasini o‘qib beraman: hikoyani ifodali o‘qib beradi, so’ng tarbiyachi hikoyaning mazmunini so’zlab beradi.
Tarbiyachi: hikoyani eshitdingizmi? Tursunoy va Toxira opa - singil ekan-a. Toxiraning tug’ilgan kunida qo’shni bolalar Farhod, Shoira, Nigoralar kelishibdi. Ular bog’chada o’rgangan qo’shiqlarini aytib berishibdi. Ertasi kuni Toxira konfet olib chiqib bollarga ulashibdi. Ular hash- pash deguncha konfetni yeb qo’yishibdi. Vazira nima qilibdi? Ha, Vazira uyidan qizil olma olib chiqib yebdi. Toxira: men ham bitta tishlay degan ekan, u olmasini orqasiga yashiribdi. Shunda Toxiraning opasi Tursunoy uyga kirib, bir tog’oracha olib chiqib bollarga ulashibdi. Vazira sekin kelib olmadan bittasini olibdi-da tishlab yebdi kabi hikoya qilib beradi.
So’ng tarbiyachi bollarga quyidagi savollarni beradi:
Tursunoyning tug’ilgan kunida bollar nima qilishdi?
Ertasiga Toxira bolalarga nima ulashdi?
Konfetni kim hash – pash deguncha yeb qo’ydi?
Vazira uyidan nima olib chiqdi?
Vazira Toxiraga qizil olmasidan bir tishlashga berdimi?
Tursunoy tog’orachada nima olib chiqdi?
Vazira nima qildi?
Tarbiyachi bolalarning javoblarini tuzatadi, to’ldiradi. So’ng bolalr hikoyani bilganicha, tarbiyachining yordamida so’zlab beradilar. Tarbiyachi bolalarga qizg’anchiq bo’lish yomon odat ekanini, Tursunoyning qizg’anchiq emasligini, hamma narsani o’rtqolariga berishini, bolalarning Tursunoydan ibrat olishligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |