Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu xulosalarga asoslangan holda tadqiqot jarayonida olingan asosiy natijalar quyidagilardan iborat
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bolalarga ertak va hikoyalarni oʼqib berish, kitobga boʼlgan qiziqishini shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasiga katta taʼsir koʼrsatadi. Bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi, qisqa mazmuni sodda va yosh hususiyatldriga mos boʼlishi kerak, chunki bu yoshdagi bolalar hali olam nima ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun ularga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, doʼstlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloq toʼgʼrisida boʼlgani maʼqul. Ushbu xulosalarga asoslangan holda tadqiqot jarayonida olingan asosiy natijalar quyidagilardan iborat: 1. Tajriba sinov natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlikka mehr uygotishga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik adabiyotlar organilib, nazariy jihatdan asoslangan va talimiy faoliyat mavzuli rejasining turli xildagi dasturidan foydalanildi. 2. Faoliyat jarayonida ertak mazmuniga mos rasm, korgazmalilik, o’yinchoq, illyustratsiyalardan foydalanishi, stol teatri, qogirchoq teatri va boshqa teatr va sahnalashtirish ishlari olib borilildi. 3. Bundan tashqari maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar vositasida kitobxonllikka mehr uygotishda «Ilk qadam» o’quv dasturi asosida «Ta’limga yetaklovchi ertaklar», «Bolajonlar uchun she’rlar toplami» metodik qollanmalarini multimedia asosida elektron resurslardan foydalanildi. 4. Ertak va hikoyalar bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qildi, u bola nutqni rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. 5. Tadqiqot asoslangan ertaklar”, “Men yoqtirgan she’r” va “Tasvirdagi ertak” kabi innovatsion texnologiyalarning takomillashtirilishi ulardan maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishda kutilgan natijalarga erishish mumkinligi isbotlandi.jarayonida “Ko‘p qismli asar”, “Ertak (hikoya, she’r)ni yakunla”, “Savollarga 1. Bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi, avval eslatib o‘tganimizdek, bu yoshdagi bolalar hali atrof-olam nima ekanligini yaxshi anglamaydilar. Shuning uchun ularga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, do‘stlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloqiy va taʼlimiy bo‘lgani maʼqul. 2. Bola ertak mazmunini o‘zlashtirib olishi uchun, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda bolalarning til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. 3. Kitob, tilni rivojlantirish omili sifatida foydalaniladi, shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalarga taqdim etiladigan ertak kitoblarimiz rasmli, yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi, hajmi qisqa va mazmuni sodda bo‘lishi lozim. 4. Har bir MTT larida kutubhona burchaklari tashkil qilinishi, bolalarni oyida 2-marta kutubxonalarga sayrga olib chqishni va kitobxonlik tadbirlari o’tkazib turilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling