Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR INKLYUZIV TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Absamatova Iroda
- MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi
- KALIT SO‘ZLAR
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR INKLYUZIV TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Absamatova Iroda Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
KIRISH Har bir davlatning istiqboli ta’lim darajasi va sifati bilan belgilanadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida bolalarni ilk yoshdanoq sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish va ularni jamiyatga ijtimoiylashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimiga inkyuziyaning kirib kelishi ta’lim jarayonidagi tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shubhasiz, Alohida ehtiyojli bola (AEB)larga ta’lim-tarbiya berish muammosi zamonaviy o‘zbek jamiyatidagi eng dolzarb masalalardan biridir. Ularning barcha tengdoshlari bilan bir qatorda umumiy maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya olishiga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Inklyuziya tushunchasi zamonaviy ta’lim tizimiga Madlen Uillning ta’lim siyosatidagi ishlari asosida kiritilgan.45 Inklyuziv ta’lim tajribasini qo‘llagan dastlabki rivojlangan davlatlardan biri Italiyadir. Italiyada inklyuziv ta’lim siyosati 1970-yillardan buyon qo‘llaniladi. Shu kunga qadar nogiron va boshqa maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni individuallashtirish va shaxsiylashtirish huquqini kafolatlaydigan qonunchilik amalda bo‘lib kelmoqda.46 Shu jumladan, dunyo miqyosidagi yetakchi davlatlarda ham inklyuziya o‘z samarasini bermoqda. O‘zbekistonda ham jismoniy va ruhiy rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalarning teng huquqli sharoitda yashashi, barcha tengdoshlari qatori ijtimoiy jamiyatda faoliyat yuritishi, o‘zlarining imkoniyat va qobiliyatini rivojlantirishlariga ko‘maklashish maqsadida xalqaro miqyosda keng targ‘ibot va tashviqot ishlari amaliyotga joriy qilinib, inklyuziv taʼlim siyosati bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning daslabki yillarida (1992-yil 9-dekabr) BMTning «Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya»si ratifikatsiya qilinib, O‘zbekiston Konstitutsiyasida alohida o‘rin egallashi inklyuziyaga qo‘yilgan ilk qadamlardan biri bo‘ldi. Shundan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi va UNESCO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda rivojlanishda turli nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash borasida islohotlar amalga oshirila boshlandi. 2007-yilda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu muhim hujjat ijtimoiy himoyaga muhtoj va alohida ehtiyojli bolalarning huquqlarini kafolatlashda qonuniy asoslardan biri bo‘ldi. 2009-yilda esa hukumatimiz “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani imzoladi. Shu asosda ularning mehnat qilish, sog‘ligini saqlash, ta’lim olish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish huquqlari ta’minlandi. Taʼlim sohasida olib borilayotgan katta islohotlarning amaliy qadamlaridan yana biri Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilganligidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi yangi taʼlim vazirligining asosiy vazifalari orasida O‘zbekistonda o‘zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot (MTT)lari tarmog‘ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha taʼlim bilan to‘liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich taʼminlash hamda bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilishga e’tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda, maktabgacha yoshdagi AEBlarning ta’lim-tarbiya olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi quyidagi qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi: 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori; 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori; 2019-yil 13-maydagi MTT faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Qo‘shma turdagi MTTlarida uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar tashkil qilindi va ularga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab kiritilishi tasdiqlandi. Quyidagi statistik ma’lumotlar ham masalaning nechog‘lik dolzarbligini ifodalaydi: 2020-yil holatiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha rasmiy tarzda 101 ming nafar 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar ro‘yxatga olingan. 101 ming imkoniyati cheklangan bolaning 80 ming nafari bemalol maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki maktabga bora oladi. Taʼkidlash lozimki, nogironligi boʻlgan bolalarning aksariyat qismi, yaʼni 65 ming 869 nafari oʻz oilasida ota va onalar qaramogʻida parvarishlanmoqda.47 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining inklyuziv ta’limini takomillashtirish o‘quv jarayoni davomida bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek, bilimlar, muhim hayotiy ko‘nikmalar, jumladan bolalarning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatishni ta’minlaydi. Erta yoshdan inklyuziyani ta’lim tashkilotlarida qo‘llash bolalarda mehr-oqibat hissini shakllantirishga ko‘maklashadi hamda AEBlar katta bo‘lgani sari nuqsonlarini unutib, bor imkoniyatlaridan foydalanadi va rivojlanishga intiladi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling