Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Segregatsiyadan inklyuziyaga


Download 3.1 Mb.
bet37/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

3-rasm. Segregatsiyadan inklyuziyaga o‘tish bosqichlari60


TADQIQOT NATIJALARI
Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish uchun turli xil zamonaviy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

907 nafar alohida ta’limga muhtoj bolalar umumta’lim tizimiga qamrab olindi. Loyihadan foydalanayotgan bolalarning umumiy soni 1500 ga yetdi.

27 ta tajriba maktabi va 27 tabolalar bog‘chasi jalb etildi.



Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning 1350 nafar a’zosi va professor-o‘qituvchilari inklyuziv ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitildi.

O‘zbekiston ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni joriy etish uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 3 ta o‘quv moduli ishlab chiqildi va tasdiqlandi..



1-jadval
Yevropa ittifoqi: “O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim loyihasi”61
Mamlakatimizda 2014-2016-yillardan boshlab Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi doirasida Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Ushbu tadqiqotni takomillashtirish va inklyuziv ta’limning qamrovini yanada kengaytirish uchun o‘z tadqiqotimizni amalga oshirdik. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari o‘rtasida anketa-so‘rovnoma usulidan foydalangan holda joriy holat yuzasidan ma’lumot yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik. Shuningdek, SWOT tahlili yordamida zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim ta’lim turi bo‘lgan inklyuziv ta’limning afzalliklari va kamchiliklari, imkoniyatlari hamda to‘siqlarini tahlil qilishga erishdik. Ushbu metodlar yordamida inklyuzivlikning qanchalik muhimligi va ta’lim tizimida to‘g‘ri qo‘llash borasida ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Kuzatish usuli orqali esa pedagoglarning ushbu ta’lim tizimidagi salohiyatlarini baholadik.
Mavzu doirasida Respublika MTTlari pedagoglari o‘rtasida AEBlar inklyuziv ta’limini takomillashtirish va masala yuzasidan joriy holatni bilish maqsadida onlayn va oflayn anketa-so‘rovnoma tashkil qilindi. Ijtimoiy so‘rovnomada 225 respondent ishtirok etdi.
Oflayn so‘rovnoma Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tinglovchilari hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar 2-DMTT, 48-DMTT xodimlarida orasida o‘tkazildi. Oflayn so‘rovnoma ishtirokchilarining 100 nafari tarbiyachi, 25 nafari esa MTT direktorlari. Onlayn so‘rovnoma 100 nafar respondentlarni qamrab olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda (facebook: “Maktabgacha ta’lim/Дошкольное оброзование” guruhi va telegram: “Respublika MTT ilg‘or tarbiyachilari” guruhlarida) tashkil qilindi. Ushbu tadqiqotda quyidagi natijalar qayd etildi:
Y uqoridagi rasmdan tarbiyachilarning inklyuziv ta’lim haqida tushunchasi yetarli darajada emasligi ma’lum bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu inklyuziv ta’lim hududlarda keng targ‘ib qilinmaganligi va tarbiyachilarning qonuniy xabardorligi past darajada ekanligini bildiradi. Pedagoglarning inklyuziv ta’lim tizimi bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirish uchun maxsus treninglar tashkil qilinishi, qabul qilingan qator qonuniy hujjatlar bo‘yicha rahbariyat tomonidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning ta’lim tashkilotlarida inklyuziya bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda tarbiyachilarni kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiq.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling