Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
-rasm. Alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar inklyuziv guruhda tarbiyalanishi natijasida kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi sezilayotganligini aniqlash ko‘rsatkichi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
10-rasm. Alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar inklyuziv guruhda tarbiyalanishi natijasida kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi sezilayotganligini aniqlash ko‘rsatkichi67
Bu ko‘rsatkich inklyuziv ta’limning nechog‘lik ijobiyligini ko‘rsatdi. Ya’ni, bolaning ijtimoiylashuvi va kognitiv qobiliyatlarining rivojlanishi hamda uning boshqa tengdoshlari qatori ta’lim-tarbiya olishi kelajakda yetuk shaxs bo‘lib yetishishini ta’minlaydi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim AEBlarning yolg‘izlik iskanjasidan qutulishiga yordam beradi. Uning psixikasiga ijobiy ta’sir qilib, o‘zidagi bor imkoniyatlarni rivojlantirishga intiladi. Yengil darajadagi nuqsoni bo‘lgan bolalarda sog‘ayish holatlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilayotgan MTTlari xodimlariga berilgan “Alohida ehtiyojli bolalarga ta’lim-tarbiya berishda qaysi uslublardan foydalanish ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga yordam berdi?” – mazmunidagi savolga aksariyat holatda quyidagi javoblar olindi: Individual shug‘ullanish; Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar; Bolaga motivatsiya berish; Interfaol metodlar; Bolaga sog‘lom bolalardan farqli emasligini tushuntirish; Tadbirlar, qiziqarli o‘yinlar orqali; Qo‘shimcha shug‘ullanish; Pedagoglar hamkorlikda ish olib borishi; Mutaxassislar ko‘magi; “Menga imkon bering”, “Men bajara olaman” metodlari. Bu javoblardan xulosa qilish mumkinki, inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilayotgan MTTlarda pedagoglarning salohiyati oshib bormoqda. “Inklyuziv guruhning bola rivojlanishidagi muhim ijobiy jihatlarini sanab o‘ting” mazmunidagi savolimizga esa ko‘proq berilgan javoblar quyidagicha bo‘ldi: Bola o‘z tengdoshlari bilan teng huquqda ekanligini anglaydi, jamiyatga kirishuvi osonlashadi; Bolalar bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘ladi; Bolaning o'ziga bo‘lgan ishonchi ortadi; Mashg‘ulotlarda ishtiroki kengayadi; Bolaning holatiga e‘tibor berish; Kasallik turiga qarab choralar ko‘rish; Bola bilan individual ishlash jarayonida uni rag‘batlantirish; Sog‘lom muhitga moslashadi; Tengdoshlari mashg‘ulotlarda ko‘maklashadi; Sog‘lom bolalar orasida psixologik jihatdan ham o‘zidagi nuqsonni unutadi. Bu anketa savoli orqali respondentlar inkyuziv taʼlim muhitining bola rivojlanishidagi o‘rni va ruhiy ijtimoiylashuv jarayonini tezlashtiruvchi faktorlarini alohida taʼkidlab o‘tdilar. Inklyuziv taʼlim bola shaxsining rivojlanishi uchun unga yo‘naltirilgan taʼlim taʼsirini taʼminlashi ko‘rsatib o‘tildi. “Inklyuziv guruhdagi faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni aytib o‘ting”. Ushbu savolimizga olingan javoblar: Mutaxassis yordamiga muhtojligim; Resurs materiallar moslanmaganligi; Boladagi “o‘rtoqlarimga nisbatan orqada qolyapman”, degan qo‘rquvni yengib o‘tishiga yordam berishda qiynalganligim; Ota-onaga to‘g‘ri tushuncha berish qiyinligi; Bolaning oilaviy muhiti, bola bilan ishlashda uning ruhiyatini bilmaganligim; Texnik jihozlarning yetarli emasligi; Tashkilotga alohida soha mutaxassislari ajratilmaganligi; Maxsus rivojlantiruvchi treninglar orqali muntazam ravishda o‘qitilib bormasligimiz natijasida zamonaviy yondashuv usullarini bilmasligimiz; Sog‘lom bolalarda bulling (masxara qilish) yuzaga kelishini bartaraf etishdagi qiyinchiliklar; Nuqsonli bolalarning ijtimoiylashuvidagi adaptiv davr kechikishining ob’yektiv va sub’yektiv sabablari. Yuqoridagi javoblar mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, aksariyat mutaxassislarda bolalar bilan ishlash jarayonida kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi, bolalar psixologiyasi va maxsus psixologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligi faoliyati davomida qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Bolalardagi bulling taʼsirining paydo bo‘lishi umumiy ijtimoiy muhit buzilishi va ijtimoiy tabaqalanishga sabab bo‘lishining oldini olishda har bir bola shaxsining individual xususiyatlari va oiladagi muhitini yaqindan bilgan holda yondashish talab etiladi. Bunda esa tashkilot xodimi taʼlim va oila o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali yo‘lga qo‘ya olgan bo‘lishi, ota-onalar bilan farzandi xulqidagi o‘zgarishlarni birgalikda tahlil qilishi lozim bo‘ladi. So‘rovnoma ishtirokchilaridan “Inklyuziv guruhda faoliyat olib borishingizda qanday yordam zarur?”, deb so‘ralganida esa quyidagicha javoblar oldindi: O‘quv metodik resurslar kerak; Mutaxassis yordamiga muhtojman (defektolog-logoped, psixolog); Guruhdagi bolalar sonini kamaytish va bolalar bilan alohida ishlash uchun tarbiyachi sonini ko‘paytirsh kerak; Muntazam ravishda o‘quv seminarlar va amaliy treninglar o‘tkazish kerak deb hisoblayman; Maxsus MTTlar tiklansin; Zamonaviy didaktik ko‘rgazmali materiallar; AEBlarga ta’lim-tarbiya berish uchun yo‘riqnoma bilan ta’minlanishi kerak; Motivatsiyani oshirish va faoliyatimizdan mamnun bo‘lishimiz uchun moddiy va ma’naviy yordam berilishi; Inklyuziv ta’lim dasturini zamonaviy, innovatsion darajada yanada takomillashtirish. Jamiyatda nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o‘ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi. Har qanday jamiyatda har bir bola noyob, maxsus ehtiyojli bolalar esa boshqa bolalar singari huquq, ehtiyoj va intilishlarga ega degan dalilni idrok etish zarurati mavjuddir. Ushbu bilimlarni chuqurlashtirish, bu yo‘nalishda ish olib borish bola, oila, hamjamiyat darajasida hamma uchun muhimdir. Inklyuziv ta’limning bugungi kundagi holati, uning afzalligi va kamchiliklari qay darajadaligi hamda ushbu tizimni takomillashtirish jamiyatda qanchalik imkoniyatlar ochishi yoki bu yo‘lda qanday tahdidlarga duch kelishimizni quyidagi SWOT tahlili yordamida tasavvur qilishimiz mumkin (1-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling