Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Inkyuziv ta’lim berishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra yondashuv


Download 3.1 Mb.
bet42/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

12-rasm. Inkyuziv ta’lim berishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra yondashuv68

Xuddi shu sababdan jamiyatda inklyuziv ta’limga nisbatan noxolis munosabat mavjud. Ba’zi hollarda bu muammo AEBlarni o‘qitish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik jihatdan tayyor emasligi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning maxsus qobiliyatlari, o‘quv dasturlari, maxsus didaktik, tuzatish va rivojlantiruvchi jihozlarga moslashtirilishini talab qiladi.



Bundan tashqari, ta’lim muassasalari xodimlari rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim va ijtimoiy integratsiyalashuviga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, ijtimoiy-psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatishning maqbul amalga oshirilishiga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanishi kerak. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv guruhlar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlarining yetishmasligi eng katta muammolardan biridir. Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muammosi murakkab, munozarali, lekin u haqiqatan ham zaruriy ijtimoiy jarayondir, chunki uni hal qilish juda ko‘plab odamlarga manfaat keltiradi.
Inklyuziv taʼlimga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Ushbu jarayonda har bitta inklyuziv guruhda faoliyat olib boruvchi pedagoglarga maxsus mutaxassislar (defektolog-logoped, psixolog, surdopedagog, tiflopedagog, tibbiyot xodimi) doimiy ravishda yaqindan ko‘mak berishi lozim. Ushbu xodimlar o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni oladilar:




13-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi mutaxassis majburiyatlari69

Psixolog metodist bilan hamkorlikda inklyuziv guruh pedagoglarining jismoniy va ruhiy rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida individual rivojlantiruvchi dasturlar asosida, korreksion yordamni amalga oshirishi, erishilgan yutuqlari va muammolari yuzasidan monitoring o‘tkazishi mumkin. Monitoring quyidagi tartibda o‘tkaziladi:



  • psixologik diagnostika o‘tkazish va tahlil qilish;

  • jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan mashg‘ulot jarayonida olib borilayotgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarining samaradorligini aniqlash;

  • tarbiyachining kasbiy mahoratini aniqlash;

  • bolalarning psixologik rivojlanish dinamikasi, xotira, diqqat va tafakkurini aniqlash;

  • bilim olish jarayonida bolalarning malaka va ko‘nikmalari qay darajada rivojlanishini kompleks ravishda aniqlash.

  • Psixologik monitoring quyidagi kriteriyalarga tayangan holda o‘tkaziladi:

  • ta’lim-tarbiya faoliyatining qay darajada shakllanganligi;

  • rivojlanish dinamikasi;

  • qiziqish motivatsiyasi;

  • emotsional xususiyati (faolligi, hayajonlanishi, bezovta bo‘lish darajasi);

  • mashg‘ulot jarayoniga bolaning emotsional holati ta’sirining rivojlanish dinamikasi;

  • shaxsiy sifati (o‘z-o‘zini baholash);

  • muloqotga kirishishi;

  • tasavvur qilish qobiliyatining rivojlanish darajasi.

Psixologik monitoring o‘tkazishda uni amalga oshirish tartibini aniq rejalashtirish lozim. Monitoringni bir nechta bosqichda o‘tkazish rejalashtiriladi va har bir bosqichda aniq vazifa belgilanadi. Ushbu jarayonda har bir tarbiyalanuvchining yoshi, imkoniyati, qobiliyati, individual xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. Monitoring o‘tkazish jarayonida TPPK (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya)da ishtirok etuvchi mutaxassislar, psixolog, tibbiyot xodimlari, tarbiyachi, ota-onalar, yordamchi tarbiyachilar, defektologlar va MTT rahbariyatining ishtirok etishlari ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling